Kassa va kassa operatsiyalarini auditi
Markaziy bank xuzuridagi tashkilotlarning (Axborotlash-tirish Bosh
markazi, Bank kolleji va “Davlat belgisi” maxsus ishlab chiqarish birlashmasi
fabrikalari) kassasi audit qilinayotganda obe’ktga kelgan zaxoti, kassir va bosh
(katta) buxgalterning ishtirokida zudlik bilan audit qilinadi. Amalda bo’lgan pul mablag’lari, pul hujjatlari va qat’iy hisobda turadigan blankalar buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari bilan qiyoslanadi. Kassa naqd pul qoldiqlari, hamda kassada mavjud
boshqa boyliklar auditi bevosita muassasaning bosh hisobchisi va kassiri
ishtirokida amalga oshirilib, boshqa xodimlarning kassaga kirishi takiklanadi.
Xazinada audit o’tkazilayotgan paytda barcha kassa operatsiyalari tuxtatiladi
va kassa qoldig’i hisoblanishidan avval kassirdan u barcha naqd pul va jamiki pul
mablag’larini bergani to’g’risida tilxat olinadi. Agar kassirning so’nggi kassa
hisobotida ko’rsatilmagan pul operatsiyalari bo’lsa, kassirning kassa hisoboti
auditor va bosh buxgalter xuzurida tuziladi.
Auditor tomonidan kassa naqd pul qoldiqlarini sanash bilan birga kassa
chidamli seyf, yong’inga karshi va ogoh moslamalari bilan jixozlanganligiga, kassa
ish kuni oxirida muxrlanib' qo’riqlash posgiga topshirilishi nazoratdan o’tkazilib, bu haqda dalolatnomada qayd etish lozim.
Amaldagi pul mablag’lari, qimmatbaho qog’ozlar sinchiklab
tekshirilganidan keyin alohida dalolatnoma tuziladi.
Kassa va kassa operatsiyalarini audit qilishda auditor quyidagilarni aniqlashi
zarur:
a) kassa operatsiyalari kirim-chiqim orderlari bilan rasmiylash-tirilishi, o’z
vaqtida va to’g’ri tuzilishi, pul qabul qilingan va berilgan sanalar, hamda shuning
asosi ko’rsatilishi, chiqim hujjatlarida tegishli imzolari borligi;
b) bank hujjatlarini yoki ish haqiga doir hisob-kitoblar bilan bog’liq
hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo’lgan buxgalter yoki boshqa bir hisobchi
xodim kassir vazifasini bajarmayotgani;
v) deponentdagi summalar bankka to’liq va o’z vaqtida topshirilishi,
kassadagi naqd pul kundalik qoldig’ining bank belgilab bergan limitiga rioya
qilinishi va ular but saqlanishi qanday ta’minlangani;
g) kassirning moddiy javobgarlik haqida kassa operatsiyalarini o’tkazish
to’g’risidagi nizomga muvofiq belgilangan shaklda tuzilgan majburiyatnomasining
mavjudligi;
d) kassa hujjatlari audit o’tkazilayotgan davr bo’yicha to’liq tekshirishdan
o’tkaziladi. Kassa hujjatlarini tekshirilishi birdaniga kassa, hamda moliya
tartiblariga rioya qilinishi tekshirilishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |