To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot


Moliyaviy qo‘yilmalar (investitsiyalar)ni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda qo‘llaniladigan ma’lumot manbalari



Download 1,15 Mb.
bet79/107
Sana31.05.2022
Hajmi1,15 Mb.
#622497
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107
Bog'liq
Audit TOPLAM 60 soat 1213

Moliyaviy qo‘yilmalar (investitsiyalar)ni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda qo‘llaniladigan ma’lumot manbalari

Moliyaviy qo‘yilmalarni auditorlik tekshiruvda foydalaniladigan axborot manbalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:





  1. moliyaviy qo‘yilmalarni buxgalterlik hisobida aks ettirish va soliq-qa tortishni, hamda auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishni tartibga soladigan me’yoriy hujjatlar;

  2. buxgalteriya hisobotlari;

  3. korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i;

  4. moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga oladigan sintetik va analitik hisob registrlari;

  5. moliyaviy qo‘yilmalarni aks ettiradigan dastlabki hujjatlar.

Korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i bo‘yicha auditor qu-yidagilar bilan tanishishi mumkin:





  1. boshqa korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etishdan olingan daromadlarni oddiy yoki operatsion faoliyatdan olingan daromadlar qatori-da tan olish;

  2. moliyaviy qo‘yilmalarni aks ettirish uchun foydalaniladigan ishchi schyotlar rejasi;

  3. qo‘llaniladigan buxgalteriya hisobi shakli va korxona buxgalteriya-sida tuziladigan hisob registrlari ro‘yxati;

  4. moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga olish bilan bog‘liq dastlabki huj-jatlarning hujjatlar aylanishi (hujjatlar aylanish grafigi) bilan;

  5. korxonaning moliyaviy qo‘yilmalari, qarz shartnomalarini ras-miylashtirishga ruxsat etilgan shaxslar ro‘yxati; moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga olish uchun korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari;

Buxgalteriya hisobining yagona jurnal-order shaklidan foydalanadigan korxonalarda jurnal-orderlar qo‘llanilib, ularda hisobga qabul qilingan dastlabki hujjatlardagi axborotlar to‘planadi va muomalalar aks ettiriladi.

Moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga olishda kompyuter dasturlaridan foydalanilganda schyotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlarining bosma-dan chiqarilgan yozma nusxasining ma’lumoti tuziladi.

Moliyaviy qo‘yilmalarning analitik hisob registri sifatida «Qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish daftari» tavsiya etiladi.

Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha muomalalar quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi: ta’sis shartnomasi (boshqa korxonalar ustav kapitaliga investitsiyalar qilishda), qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasi, qarz shartnomasi, depozit jamg‘arma uchun shartnoma, qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish shartnomasi, oddiy shirkat shartnomasi (hamkorlikdagi faoliyat shartnomasi) va boshqalar. Auditor ushbu ko‘rsatilgan shartnoma-lar qoidalarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq muomalalarni tartibga soladigan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga mos kelishini tek-shirishi lozim.

Moliyaviy qo‘yilmalar auditida ma’lumot manbasi sifatida foydala-niladigan dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: qimmatli qog‘ozlarni qa-bul qilish-topshirish dalolatnomasi, hamkorlikdagi faoliyatga qo‘shiladi-gan ulushni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, umumiy ishni yurituvchi hamkor tomonidan mulklarni qabul qilish to‘g‘risidagi avizo, pul shakli-dagi ulushlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi to‘lov-topshiriqnomasi va bank ko‘-chirmasi (naqd pulsiz hisob-kitoblarda) yoki kassa chiqim orderi va kassa kirim orderining kvitantsiyasi (naqd pullik hisob-kitoblarda), qimmatli qog‘ozlar qiymatini to‘lash uchun beriladigan mulklar (aktivlar)ni rasmiy-lashtirish schyot-fakturasi va nakladnoyi, qimmatli qog‘ozlar va qat’i hi-sobda turadigan blankalarning inventarizatsiya ro‘yxati va boshqa huj-jatlar.





Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish