Doimiy modaga o‘rnashib qolgan soch turmaklari. Hozirda har qanday soch
turmagini modellashtirishda hajm asosiy o‘rin tutmoqda.
Paxmoq bezakdor yol
modada saqlanib kelmoqda. Shuning uchun lok bilan qotirilgan kuchli gajaklar,
80-yillarda modaga kirib kelgan «ot dumi», hajmli bog‘lamlar, oddiygina tashlab
yuboriladigan sochlar, peshana yoki engakka to‘plab qo‘yiladigan soch turmaklari
dolzarbligicha qolmoqda. Peshanagajak haqida alohida to‘xtalish zarur, boisi unga
bo‘lgan ehtiyoj o ‘zgarmay qoldi. Uzun soch, shuningdek, qoshlarigacha
peshanani yopib turadigan to‘g‘ri va qalin peshanagajak modada saqlanib turibdi.
Uzun sochga ishlov berish. Har yili bahor kelishi bilan kishida o‘zgarishga xohish
paydo bo‘ladi, bu tashqi ko‘rinishga ham taalluqlidir. Kishi uzun qish uyqusidan
uyg‘onib, insonlar olamiga yangicha qiyofa bilan chiqishni xohlaydi.
Sochni yangicha turmaklash tashqi qiyofani o‘zgartirishning eng sodda usuli.
Uzun sochlarni qirqish va o‘rniga qisqa sochlarga ega bo‘lish — bu, ayniqsa, uzoq
yillar uzun soch bilan yurganlar uchun biroz noqulay va qiyin ish hisoblanadi.
Lekin bu qadam butunlay yangi, yoqimli qiyofaga ega bo‘lishga imkon beradi.
Soch turmagi qanday tanlanadi? Yozda butunlay o‘zgarishga, chiroyli va
maftunkor ko‘rinishga xohish uyg‘onadi. Yangi soch turmagi tashqi ko‘rinishni
o‘zgartirishga yordam beradi. Uyning o‘zida taroqlar va fen yordamida
sartaroshning yordamisiz o‘z-o‘ziga modabop soch turmagini qilib olish mumkin.
Ayollar
oynaga qarab, sochini qanday turmaklash haqida o‘ylanib qoladi.
Kompyuter imkoniyatlarini yaxshi bilganlar tegishli dasturni topib o‘z fotosini
qo‘yish orqali u yoki bu soch turmagi mos kelishi yoki kelmasligini aniqlab oladi.
Modani yoqtiradigan qizlar doim sartarosh bilan maslahatlashadilar, undan o‘zini
«chiroyli qilib qo‘yishni» iltimos qiladilar.
O‘ziga ishongan shaxslar o‘zining tashqi ko‘rinishini plastik jarroh sifatida tahlil
qilib, yaxshi tanlangan soch turmagi orqali chiroyliroq va yoqimliroq ko‘rinishi
uchun nimaga qanday tuzatish kiritishni darhol sezib oladi. Modellashtirish
jarayoni Obraz ustida ishlashning birinchi bosqichida modelyer o‘zining
fantaziyasi va tafakkuriga oziqa berib boyituvchi zamonaviy jamiyat hayoti,
tarixiy o‘tmish, badiiy adabiyot asarlari, kino, teatr san’ati, boshqa mualliflarning
modaga tegishli tavsiyalari va hokazo turli ijodiy manbalariga murojaat qiladi. Bu
manbalardan olingan ayrim tasavvurlar modelyer ongida fikrning paydo bo‘lishiga
va amalga oshiruviga olib keladi. Amaliy bezak san’atida kompozitsiya asosiga
qo‘yilgan badiiy element motiv deb yuritiladi. Motiv xususiyati, uning manbalari
ko‘pincha soch turmagining badiiy yechimini belgilab beradi.
Modelyer-sartarosh
kompozitsiya ustida ishlayotib m a’lum badiiy obraz yaratishga intilishini,
ko‘pincha soch turmagi libosga nisbatan tobe munosabatda bo‘lishini hisobga
olib, libosdagi qaysidir detal soch turmagi kompozitsiyasi ustida ishlashga turtki
bo‘lib qoladi. Masalan, libosning baland yoqasi soch turmagini shakllantirishdagi
yetakchi g‘oya bo‘lib qolishi mumkin. Modelyerga kompozitsiya ustida ish
boshlashi bilanoq sochlarning pastki qismi yuqoriga ko‘tarilib turishi m a’lum
bo‘ladi va bu obrazli mazmunni ifodalash uchun shakl izlash yo‘nalishini belgilab
beradi. Bunday yo‘nalishdagi ish modelyer-sartaroshga dastur texnologiyasini
aniq tasavvur qilishga
imkon beradi, ya’ni fikrni bevosita amalga oshirishga olib
keluvchi yumushlar ketma-ketligi ma’lum bo‘lib qoladi.