Elektrostansiyalarning quvvatini tanlash.
Gidroelektrostansiyalarni tanlashda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va aholini suv bilan ta’minlash hisobga olinadi. Shuning uchun to‘g‘onlar qurilganda suvni tejash masalalari va suv ostida qolib ketadigan yerlar hamda inshootlar hisobga olinadi. Issiqlik elektrostansiyalarning quvvatini tanlashda 15—20 yillar mobaynida iste‘molchilarning ko‘p ayib borishi, quvvatning maksimal ravishda ishlatilishi va elektroenergiyani masofadagi iste‘molchilarga yetkazib berishi uchun 10— 15 % yo‘lda yo‘qolib ketadigan quvvat hisobga olinadi. Hamma iste’m olchilarning belgilangan umumiy quvvati tokopriyomniklarning o‘rnatilgan quvvati deb ataladi. Elektrostansiyaning bir yilda ishlab chiqargan elektroenergiyasini kilovatt-soatlarda uning (generatorlarning) quvvatiga kilovattlarda nisbati elektrostansiyaning yil mobaynida quvvatidan foydalanilgan soatlari hisoblanadi. Elektrostansiyalarning quvvatidan bir yilda 6000—7000 soat foydalaniladi. Qolgan vaqtda uskunalar ta’mir qilinadi. Agarda elektrostansiya yaxshi ishlab tursa, yozda ta ‘mirlanadi, chunki iste‘molchilar bu vaqtda kam elektroenergiya oladi.
Elektroenergiyani uzatish.
Zamonaviy elektrostansiyalarni suv manbalari, ko‘mir va gaz zahiralari bor joylarda quriladi, chunki bu zahiralarni iste‘molchilar bor yerga olib borishdan elektroenergiyani masofaga uzatish arzon va qulaydir. Elektroenergiyani uzoq masofadagi iste‘molchilarga uzatib beradigan qurilmalarni elektroenergiya uzatish liniyalari deb ataladi. Masalan, Sirdaryo GRESidan Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga hamda Toshkentga elektroenergiyani 500 ming voltli elektroenergiya uzatish liniyalari orqali uzatiladi. 110 kilovoltli liniyalar elektroenergiyani iste‘molchilarga taqsimlab berishi uchun ishlatiladi. Uning uchun 110/35 kV transformator podstansiyalari quriladi. Bu transform atorli podstansiyalarda 110 k ilovoltli kuchlanishni 35 kilovoltli kuchlanishga aylantirib beriladi. Transformatorlar iste’m olchilar yashash joyiga o‘rnatilib, undagi 35 kilovoltli kuchlanish 6-10 kilovoltli yoki 0,4 kilovoltli kuchlanishga aylantirib beriladi. 110 kilovoltli kuchlanishga ega bo‘lgan liniyalar qishloq joylaridan o‘tgan bo‘lsa, bu kuchlanishni 0,4 kilovoltli kuchlanishga aylantirib beradigan transformator butkalari o‘rnatiladi. 110 ming voltli kuchlanishni 6-10 yoki 0,4 kilovoltga aylantirib beradigan transformator punktlarini ushbu qodlanma muallifi yaratgan. Hozirda bunday transformatorlar respublikamizning turli viloyatlarida ishlatilib kelinmoqda. Toshkent metrosini elektroenergiya bilan ta’minlashda 110 kilovoltli kabel liniyalari qo‘llangan. Kabellarning har birining ichida katta bosimda transformator moyi ushlab turiladi. Bunday qurilma 1984-yildan beri ishlaydi. Agarda. bunday liniya Toshkent shahrida qo‘l lanilmaganda, uylarni buzib, yerning ustidan 110 ming voltga ega bo‘lgan elektr uzatish liniyalarini qurish kerak bo‘lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |