Savol - 5
“Agent Jonni Inglish” filmining reklama afishalarida bosh qahramon xarakterini ko‘rsatuvchi uchta ta'rif berilgan. Dastlabki
ikkitasi hamma bosh qahramonlarga ishlatiladigan siyqasi chiqqan ta'rif: u qo‘rquvni bilmaydi, u arazlash (xafa bo‘lish)
nimaligini bilmaydi
Diqqat savol: Bosh qahramon rolini Rouen Atkinson ijro etganligini hisobga olib, uchinchi toping?
Javob: U hech narsani bilmaydi
Savol - 6
Bundan sakkiz asr muqaddam Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish joyida, tik yonbag‘irli tepalikda rus knyazi
Yuriy Dolgorukiy buyrug‘i bilan kichik yog‘och qal’a quriladi. O’sha davrlarda Rusda bunday kichik qal’a-shaharchalar ko‘p
bo‘lgan. Aynan mana shu shaharcha va ana shu qal’a shonli va buyuk tarixga ega bo‘lishi o‘sha paytlarda hech kimning
hayoliga kelmagan
Diqqat savol: U qal’a-shaharcha qanday nomlangan?
Javob: Kreml
Savol - 7
Bu so‘z arab tilida “yuk ko‘taruvchi” degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bu so‘z qaysidir ma’noda to‘g‘ri bo‘lishi
mumkin. Lekin bu so‘z deyarli umumman boshqa ma’noni anglatadi
Diqqat savol: Bu qanday so‘z?
Javob: Vazir
Savol - 8
Fransuzlar uchun ovqatning sifati muhim, inglizlar uchun odamning ovqatlanish paytida o‘zini tuta bilishi muhim
Diqqat savol: Ho‘sh endi aytingchi, bu borada nemislarni nima qiziqtiradi?
Javob: Dasturxonga tortilgan taomlarning soni
Savol - 9
FIAT, PEJO, RENO, SHEVROLE. Bu so’zlarni avtomobil markalari ekanligidan tashqari ham bir umumiylik birlashtirib
turibdi
Diqqat savol: Siz menga bu so’zlardagi o’sha umumiylikni topib aytasiz
Javob: Oxirgi harfi “T” bilan tugaydi. (FIAT, PEGOUT, RENAULT, CHEVROLET)
Savol - 10
Akatsiya barglari tanin zaharli moddasini ishlab chiqaradi. Odatda barglarda uning miqdori juda kam bo’ladi, lekin agar bu yoki
xatto qo’shni daraxt barglarining soni me’yordan kamayib ketsa, barglardagi tanin miqdori keskin oshib ketadi
Diqqat savol: Nima uchun bunday bo’ladi?
Javob: Ushbu barglarni yeyayotgan antilopalarni zaharlash uchun
Izoh: Shundan keyin ular barglarni yemay qo’yishadi va tabiiyki, akatsiya o’z barglarining sonini
me’yorigacha tiklab oladi
Savol - 11
Shvetsiy kõchlrid trnsprtlr 1967 yil 3-sentybr kuni 10 dqiqg tõxttib turildi. Keyin yn xrkt dvm etdi
Diqqat savol: 1967 yil Shvetsiy kõchlrid nim sdir bõlgn ?
Javob: Butun Shvetsiy buyich trnsprtlr hrkti õng tmng õtdi .Y’ni rul õng tmng õtdi v õz-õzidn xrktlnish hm õzgrdi
www.zakovat-savollari.com - Eng sara savollar to'plamlari
Do'stlaringiz bilan baham: