faoliyatga yetarli sur’atda tayyorlanmagan edilar: maktablarda o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishlari
yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan edi.
O‘rta maktablarni tamomlaganlarni maxsus kasbiy tayyorlarligini oshirish maqsadida texnikumlar
soni ko‘paytirildi va shu texnikumlar qoshida to‘liq o‘rta ma’lumotli kishilarni qabul qiladigan bo‘limlar
ochildi. Bu bo‘limlarga o‘qish muddati 2—3 yil qilib belgilandi. Mehnat zahiralari tizimida o‘rta maktab
negizidagi texnika bilim yurtlari ochila boshladi. Bu texnika bilim yurtlari 1—2 yillik o‘qish muddati bilan
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berishi kerak edi.
Urushdan keyingi yillarda 1943 yilda ochilgan ishchi va dehqon yoshlari maktablari (kechki va
smenali) tarmog‘i birmuncha kengaytirildi.
1951—55 yillarga mo‘ljallangan beshinchi besh yillik rejada politexnika ta’limiga katta o‘rin
berildi. Shu munosabat bilan ittifoqdosh respublikalarning Ta’lim vazirliklari o‘quv rejalari va dasturlarini
qayta qurib, politexnika ta’limini oshirish to‘g‘risida maktablarga ko‘rsatmalar berdilar.
1957—58 o‘quv yilidan boshlab ba’zi pedagogika oliy o‘quv yurtlarida boshlang‘ich maktab uchun
oliy pedagogika ma’lumotiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tayyorlashga kirishildi va buning uchun maxsus
fakultetlar tashkil etildi. Lekin urushdan keyingi yillarda hamda mavjud jamiyatni rivojlantirish jarayonida
respublika maktablarida hamma narsa risoladagidek olib borildi deyish xato bo‘lar edi. Chunki o‘tgan
davrlar chuqur tahlil qilinganda qator kamchiliklar borligini ko‘rish mumkin. Chunonchi, ko‘pgina
maktablarda o‘quv-tarbiya ishlarining sifati davlat standarti talablariga yetarlicha javob bera olmas, bir
sinfda ikki yil qolgan o‘quvchilar soni hamon ko‘p, o‘quvchilarning maktabni tashlab ketishlari esa tobora
ko‘payayotgan edi. Ko‘pgina maktablarning moddiy-texnika bazasi tipovoy talablariga javob berolmasdi,
maktablarda matematika, fizika, rus tili va chet tili fanlarida dars beradigan malakali o‘qituvchilar
yetishmas edi, yetti yillik umumiy majburiy ta’limni amalga oshirish va o‘rta ta’limni rivojlantirish
borasidagi ishlarda ham muayyan nuqsonlar yo‘q emas edi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish o‘sha kunning
birinchi galdagi vazifasi edi.
Boshlang‘ich maktabda to‘rt yillik boshlang‘ich ta’limdan uch yillik boshlang‘ich ta’limga o‘tish
amalga oshirildi.
To‘liqsiz yetti yillik o‘rta maktab tashkil etilib, umumiy majburiy sakkiz yillik ta’lim maktabiga
aylantirildi.
Sakkiz yillik maktabni tamomlagan o‘quvchilar quyidagi o‘quv yurtlarida o‘qishlari mumkin edi.
Ular: 1) To‘liq umumiy ta’lim o‘rta maktablarida (IX—X sinflarda); 2) o‘qish muddati uch-to‘rt yillik
bo‘lgan texnikumlarda; 3) hunar va umumiy ta’lim bilimlarini birgalikda beradigan hunar-texnika bilim
yurtlarida hamda 4) ishchi va qishloq yoshlari maktablarida.
1959—1975-yillarda respublikada internat-maktablar, maxsus maktablar va kuni uzaytirilgan
guruhlar tarmog‘i rivojlandi va ularda tarbiyalanuvchilarning soni o‘sdi; jismonan nuqsonli bolalar uchun
maxsus maktablar tashkil qilindi; pedagog xodimlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmog‘i
kengaytirildi.
70—80-yillarda O‘zbekiston maktablarida ahvol sifat jihatidan o‘zgarmay qolaverdi. Ularning
moddiy-texnik bazasi yaxshilanmadi. Ammo maktablar, o‘quvchilar soni yildan-yilga ortib boraverdi.
Masalan, O‘zbekistonda 1945—46-o‘quv yilida jami 4525 maktab bo‘lib, ularda qariyb 998 ming o‘quvchi
o‘qigan bo‘lsa, 1970—71-o‘quv yilida respublikaning umumiy ta’lim maktablari soni 7072 taga,
o‘quvchilar soni esa 3 mln.164 ming kishiga yetdi... 1970—1980-yillarda xalq ta’limi uchun davlat
tomonidan ajratilgan mablag‘ 11% dan 8% ga kamayib ketdi... 5% dan ortiq maktablarda issiq ovqat
bufetlari tashkil etilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: