5.Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy
Xoja Abdulholiq G‘ijduvoniy keyinchalik Xojagonlar (Naqshbandiya) tariqatiga asos soladi. Xoja
Abdulxoliq G‘ijduvoniy 1103 yilda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tavallud topgan. Xoja
boshlang‘ich ta’limni G‘ijduvonda olgach, Buxoroga kelib, Yusuf Hamadoniyga shogird tushadi. Xoja
Abdulxoliq G‘ijduvoniy Yusuf Hamadoniy qo‘lida ta’lim olib, “zikri dil” (“Xufya usuli bilan zikr
aytish”)ga ijozat bo‘lgach, ushbu sulukka o‘tadi.
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy ma’lum tahsilni olib, tariqat peshvosi darajasiga yetgach Xojagon
(keyinchalik Naqshbandiya) tariqatining mohiyatini belgilovchi va mazkur ta’limotning asosiy aqidalari
hisoblanagn talablarni yaratadi.
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy 1220 yilda (ba’zi manbalarda 1174 yil ko‘rsatiladi) vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |