1. Zaxiriddin Muhammad Bobur
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek xalqining yirik mutafakkiri, davlat arbobi, o‘zbek mumtoz
adabiyotinint ko‘zga ko‘ringan vakili, tarixchi, olim, shoir va tarjimondir. U temuriylar avlodidan bo‘lib,
Hindistonda «Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi» deb nom olgan davlatning asoschisi hisoblanadi.
Bobur 1483 yili Andijonda tug‘ildi. Uning bolalik yillari mana shu yerda o‘tdi. Uning otasi
Umarshayx temuriylar sulolasiga mansub bo‘lib, o‘sha davrda Farg‘ona viloyatida hokimlik qilar edi.
Bobur saroy muhitida tarbiyalandi, yoshligidanoq ilm-fanga mehr qo‘ydi, ayniqsa, adabiyot va tarix bilan
qiziqa boshladi.
Umarshayx vafotidan keyin Bobur 12 yoshda taxtga o‘tirib, davlatni boshqarish ishi bilan
shug‘ullana boshlaydi.
U 1530 yilda Agrada vafot etdi. Keyinchalik uning hoki Qobulga keltirib dafn etildi.
Bobur o‘zbek adabiyoti, tarixi, gsografiyasi, falsafasiga katta hissa qo‘shgan mutafakkirdir. U
yoshligidan boshlab ijod bilan shug‘ullandi, lirik she’rlar yozdi. Uni butun jahonga tanitgan asari
«Boburnoma»dir. «Boburnoma» juda qimmatli adabiy-tarixiy asar bo‘lib, u XV asr oxiri va XVI asrning
30-yillarigacha bo‘lgan murakkab tarixiy voqealarni o‘z ichiga oladi. Bobur ushbu asarda Movarounnahr,
Afg‘oniston, Xuroson va Hindistondagi siyosiy voqealarga batafsil to‘xtaladi. Unda o‘zaro urushlar, taxt
uchun kurashlar, xalq ahvolining yomonlashuvi va boshqa voqealar bayon qilinadi. Shuningdek, Bobur
Andijon, Samarqand, Kobul va Dehlidagi o‘z faoliyatiga ham to‘xtaladi. «Boburnoma» asari geografiya
xaqida ham qimmatli ma’lumot beradi. Adib ushbu asarda «shuncha ko‘p geografik nomlar, kishilar nomi,
hayvonot va o‘simliklar nomini keltiradiki, bularning hammasi uning noyob xotira quvvatiga ega
bo‘lganini isbot qiladi. Bobur chst el tillaridagi kishi va gsografik nomlarni mumkin qadar aslida qanday
bo‘lsa,shunday berishga harakat qiladi». (O‘zbek sovet ensiklopediyasi, 2-jild, Toshkent, 1972, 296-bet).
Yuqoridagi asardan tashqari, Bobur aruz vazni va qofiyaga bag‘ishlangan «Mufassal» nomli asar
yozgan, huquqshunoslikka oid uning «Mubayyin» risolasi ham ma’lum, musiqaga bag‘ishlangan «Musiqiy
ilmi» nomli kitob ham bitgan. Shuningdek, Bobur Xoja Ahrorning «Volidiya» risolasini fors-tojik tilidan
o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Bobur g‘azal, ruboiy, masnaviy va boshqa janrdagi she’rlarida o‘z o‘tmishdoshlari Umar Xayyom,
Hofiz, Navoiylarning eng yaxshi an’analarini davom ettirdi.
U insonparvar shoir bo‘lib, inson va uning erkini, baxtini kuyladi, ishq-muhabbat, vafodorlik,
mehru shafqat haqida so‘z yuritadi.
Bobur ma’rifatni xalq orasiga yoyishga, ilm va jamiyat ravnaqi yo‘lida xizmat qildirishga intildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |