Mug'lar va ijrochilik san’ati
Otashparastlik va uning muqaddas kalomi «Avesto»ni o'rganish bilan shug'ullangan olimlarning ko'pchiligi undagi barcha marosimlar, udumlarning teatr tomoshasiga o'xshab ketishi, maxsus tashkil qilinishi, sahnalashtirilishi va ijro etilishi haqida yozadilar. Chunonchi, 1903-yilda 7. A. Ragozin shunday degan: «Qurbonlik marosimida otashparastlar ommasi ishtirok etgan. Ular ibodat harakatlarining muayyan qoidalariga qat ‘iy anial qilishlari, shuningdek, duolarni о'z vaqtida, lozim mutanosiblik bilan (garmoniya) va muayyan pardalar registrda, ovozlarning zarur ohanglari va pardalarini to'la saqlagan holda kuylashlari talab qilingan». Marosim qonun-qoidalaridan har qanday chekinish shakkoklik hisoblangan. Faqat qurbonlik marosimida emas, boshqa marosimlar va bayramlarda ham shunday qilingan bo'lsa kerak. Mazkur masala bo'yicha o‘z fikrini bildirgan M. Rahmonov: «murakkah qo'shiq va xorlardan tashkil topgan «Avesto», undagi qator mifologik qahramonlar maxsus ijrochilarni taqozo etgan bo ‘lib, ibodatxonalarda, maxsus maydonlarda zardo'shtiylik bilan bog'liq marosimlar teatr tomoshalari singari ijro etilgan. Milra, Anaxita kabi ma’budlar esa jonli insoniy qiyofalarda gavdaiantirilgan», deb hisoblaydi. Ozarbayjon teatrshunosi M. Allaxverdiyevning fikr- mulohazalari ham e’tiborga molik. Uning yozishicha. drama san’atining ildizlari «Avesto»da jo bo'lgan: monolog va dialog, xor va yakkaxonlik, raqs, badiiy so‘z, sahnaviy timsoL «Gotlar, - deb yozadi M. Allaxverdiyev, - rnusiqa jorligida rechitativsimon ijro etilib, zardo "shtiy mifologiyasining turli syujeilarini aks ettirgan. «А vesto»ning boshqa qismi « Yasiv» ho ‘lib, и ham sahna unsurlariga serob va qurbonlik marosinilariga bag‘ishlangandirn. A. O. Makovelskiy va A. M. Aslanovlar o‘z tadqiqotlarida «Gotwiarning kuylangani haqida yozadilar: «Qasidalar и zamonlarda kuylangan, buni ikkinchi o'zagi «vak» - kuylash degan ma’noni bildiruvchi «mantaravaka» degan so’zdan ham bilib olsa bo'ladi. Mantaravaka deb, gotlarning ijrochilariga aytilgan». A. O. Makovelskiy mantaravakalarning ovozlarini tongda qichqiradigan xo'roz ovoziga qiyoslaydi. Ular shu qadar baland ovoz bilan «Gotwiarning duo- afsunlarini, rivoyatlarini kuylashgan ekan.
Mazkur fikr-mulohazalar. garchi umumiy bo‘lsa-da. biz uchun muhimdir. Shunga tayangan holda «Avesto» qasidalari va duolarining qay darajada ijro etilgani va sahnalashtirilganini bilib olishimiz mumkin. Bunda, avvalambor, «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan qismlari ishonchli manba bo'lib xizmat qiladi. Zotan, bayramlar, marosimlar. tomoshalar. sahnaviy timsollar - hammasi «Avestowdan oziqlanadi. Olimlar zardo'shtiylikning paydo bo'lishi va tarqalishini Mug* degan qabila biian bog'lab taiqin etadilar. Mug'lar shu dinni saqlovchi va targ‘ib qiluvchi bo'lishgan. I. M. Dyakonovning fikricha. mug'lar aslida Turondan kelib chiqqan, keyinchalik Kaspiy dengizi janubrog'ida, so'ngra Midiyada yashaganlar. Bora-bora, umuman, zardo‘shtiylik dinining bilimdonlari, targ'ibotchilari, marosimlarini uyushtiruvchilar ham shu nom biian atalgan. Qadimiy ajdodlarimiz bo'lmish saklar. massagetlar. skiflar, boxtarlar, so‘g‘diylar, xorazmiylar orasida ham mug'lar alohida hurmat-ehtiromga sazovor bo'lishgan. Ular «Avesto» duolari. qasidalari, rivoyatlarini yoddan yoqimli qiroat qilish. va’z aytish, haoma deb ataladigan ilohiy may tayyorlash va saqlash. olovxonalarni toza saqlash, marosimlami tartibli o'tkazishda ibrat bo'lishgan. Bugina emas. Zardo'shtiylik amalda bo'lgan qariyb barcha mamlakatlarda mug'lar kohinlikdan tashqari qozi, tabib va olim vazifalarini ham bajarganlar. Ular hatto sartaroshlik ham qilishgan.
Bir so'z biian aytganda, mug'lar har tomonlama qobiliyatli kishilar bo'lishgan. Ayniqsa. marosimlar va turli ommaviy yig'inlar, tomoshalarni uyushtirish, o'tkazish ulardan tashkilotchilik, san’atkorlik qobiliyatlariga ega bo'lishni talabetgan. Buninguchun o'tkiraq), kuchli xotira, savlat, ta’sirchan ovoz, ilhombaxsh kayfiyat, jozibali harakat va nigohlar. boshqa timsollarni gavdalantirish mahorati zohir bo'lib turishi o'z-o'zidan ma’lum. Otashgohlar qoshida bunday iste’dodli mug'laming butun-butun to'dalari qaror topgan. To'dalardagi mug'lar orasida ma’lum darajada ixtisoslashish ro'y bergan: so'z ustalari, kuylovchilar, o'yinchilar, turli qiyofalarda chiquvchi o'ziga xos aktyorlar alohida-alohida toifalarga bo'lingan.
Yunon olimlari Herodot. Platon. Plutarx, Strabon va boshqalaming tadqiqotlari tufayli «mug'» so'zi «magus» shaklida yozilgan va aytilgan. Keyinroq Ovro'poda paydo bo'lgan «mag», «magistr» tushunchalari. Sharqqa qaytib kelgan «ma’jus» iborasi ana shundan.
Tarixchilarning guvohlik berishicha, Iskandar Zulqarnayn zardo'shtiylami o'z dinidan voz kechishga majbur etib, mug'larning kiyimlarini. marosim ashyolarini, otashgohlarini yondirgan ekan. Buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy o'zining«Iskandarnoma» asarida bu fikrni tasdiqlaydi. Otashgohlardan haydalgan mug'lar xalqlar orasiga kirib olib, baribir o'z faoliyatlarini davom ettiraverganlar. Teatrshunos M. Allaxverdiyevning yozishicha, mug‘larning bir qismi chinakam san’atkorlarga aylanishgan va, hatto yunon aktyorlari bilan birga rasmiy sahna tomoshalarida ishtirok etishgan.
Zardo'shtiylik yunonlar hukmronligidan keyin yana ming yil Turonda yetakchi din sifatida faoliyat ko'rsatgan. Mug'lar har sohada o‘z mahoratiarini yanada oshirganlar.
Zardo'shtiylikka nisbatan qaqshatqich zarba arab istilochilari tomonidan berildi. Abu Rayhon Beruniy: «Qutayba ibn Muslim al- Bohiliy xoraztnliklarning kotiblarini о 'Idirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz bo 'lib qolib, о ‘z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo'ldilar», deb yozgan. Shubha yo'qki, Beruniy tilga olgan shahid kotiblar - mug'lardir. Boshqa o'rinda Beruniy bu fikrni yanada aniqroq ta’kidlaydi: «Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini о ‘rgangan va bilimini boshqalarga о ‘rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo‘q qilib yuborgan edi». Ammo mug'larning uncha-muncha qismi Turonning ayrim joylarida hunarlari va tuslarini o‘zgartirgan holda jon saqlaganlar va xufyona bo‘lsa-da, o‘z ishlarini davom ettirgan bo'lsalar kerak.
Oxirgi olov uylarini mug'ul bosqinchilari buzishgan. «Xuddi shu vaqtda, — deb yozadi M. Boys. - menimcha. so'nggi muqaddas kitoblarning katta kulliyotlari, shu jumladan, sosoniylar «Avesto»sining barcha nusxalari yo'qolgan».
Lekin oddiy zardo‘shtiylar u yer-bu yerda. yoddan bo‘lsa-da, o'z diniarini, urf-odatlarini saqlab kelganlar. Mumtoz adabiyotda qo‘llanib kelingan «mug‘ dayri - mayxona, xarobat». degan iboralar ularning quvg'inda yurganiga guvohlik beradi. Temur, Temuriylar va ulardan keyingi davrlarda ham mug'lar, asosan, may tayyorlovchi, ziyofat va bazmlarda bayt hamda alyorlar bilan may quyib beruvchi soqiy, quvnoq va sehrgar kishilar sifatida tilga olinadi. Chunonchi, Alisher Navoiy asarlarida «mug1», «pin mug'on», «mug'bacha», «mug* dayri», «nag'mai mug'ona» degan so'z va tushunchalar kolp uchraydi.
Zardo'shtiylik diniy hukmron mamlakatlarda yil - o‘n ikki oy, har qaysi oy va undagi har bir kun ma’lum bayramlar, marosimlar, hayitlar, udumlar bilan ta’minlangan. Zardo'shtiylar taqvimi jamoalar, xalqlar, fuqarolarning hayoti va mehnat jarayonlarini muayyan tartibga solib, idora qilib tursa, bayramlar. marosimlar, tomoshalar ularga ruhiy oziq berib turgan. Turgan gapki, san’at, shu jumladan, xalq tomoshalari ham zardo'shtiylik ta’limoti ta’sirida bo‘lgan, «Avestowdan oziqlangan, odatdagi taqvim, mavsumiy va davlat bayramlari doirasida faoliyat ko'rsatgan. Ming-minglab san’atkorlar kunning besh vaqtiga, goh haftaning yetti kuniga (buni Axuramazdaning yetti kashfiyoti deb ham tushunish mumkin), yilning o'n ikki oyiga, shuningdek, ilohlarga. shohlarga, qahramonlarga, tarixiy yoki favqulodda ro'y bergan voqealarga bag‘ishlab. xilma- xil bayramlar, marosimlar, ma’rakalarga atab maxsus kuylar, qo'shiqlar, raqslar, yallalar, sahnaviy tomoshalar yaratganlar. Shu asosda musiqada, raqsda, asotirlar va ularning timsollarini namoyon qilishda, ya’ni teatr san’atida turkumlik paydo bo'ladi.
«Avestowning bilimdoni va mohir ijrochisi o'z ijodida zardo'shtiylik ta’limotidan oziqlangan, zardo'shtiylarning ilohlarini, qahramonlarini kuylagan, mardumlarning bayramlari, marosimlarini o'z kuylari, qo'shiqlari, zamzamalari, qiroatlari bilan bezagan. Musiqa so'zlarini «Zand Avesto», «Yasht» va «Yasnowlardan oladi va qisman o‘zi to'qiydi. Gap shundaki. nainki Borbad, balki Xusrav Parvez saroyida xizmatda bo'lgan mingga yaqin sozanda, navozanda, raqqos, qo'g'irchoqboz, muqallid, zandxonlarning aksariyati, shu jumladan, o'z davrida butun Sharqda shuhrat qozongan Sarkash, Nakiso, Sarkab, Bomshod, Ozodvori changi, Gesui Navogarlar birgina imperiya poytaxti Taysafunda emas, Marv, Gurganj. Samarqand, Buxoro, Kesh, Nusay va boshqa shaharlarda ham o'z san’atlarini namoyish etganlar.
Bu davrda Movarounnahrdagi viloyatlarda ham turli tomosha san’atlarining maktablari shakllangan edi. Tojik olimi Asqarali Rajabning yozishicha: «Samarqand raqs maktabi, soya teatri, shirinkoru masxarabozlari, masalan, faqat sosoniylar saltanatiga daxldor bo‘lib qolmasdan, balki Xitoy, Hindis ton, Turonda ham katta shuhrat qozongan».
Ma’lum bo'lishicha, Borbad raqs san’atiga ham katta e’tibor berib, mavsumiy marosimlarda, bazmlarda ijro etiladigan o'nlab raqs kuylari bastalagan va ularni o'zi tuzgan raqs guruhlariga o'rgatgan. lining «Survochik» - «Bazimoro» silsilasidagi raqslarini xotin- qizlardan tuzilgan dastalar ijro etib, Xuroson va Movarounnahrda ham shuhrat qozonganlar.
Umuman, eramizdan avvalgi VII asrdan eramizning VII asrigacha zardo'shtiylik bilan bog'liq mavsumiy bayramlarda sozandayu navozandalarning san’ati bilan bir qatorda teatrlashgan namoyishlar, zandxonliklar, kulgili o'yinlar va raqslar katta o'rin egallagan. Ko'pincha bunday o'yin va raqslar bir-biri bilan mazmunan va badiiy o'yg'unlashgan turkumlarni tashkil etgan. Ayniqsa, Navro'z va mehrjon bayramlarida o'ynaladigan ko'plab o‘yin va raqslar yaratilgan bo'lib, shular ichida «Rasonvochik» nomli marosim raqslari, «Varzvochik» nomli maishiy raqslar butun bir silsilalardir.
Bunday raqslar Sug'diyonada, Xorazmda, Farg'ona vodiysida, Toshkent vohasida ham ko‘p ijro etilgan. «Olov uylari» o'yinlari, mavsumiy marosimlarda o'ynaladigan va «Avesto» ijrochiligi bilan bog'liq o‘yin va namoyishlar, bazm raqslari, maqom o'yinlari, qayroq va zang bilan ijro qilinadigan o'yinlar, kamon, qilich, pichoq, kaltak va mash’alalar bilan o'ynaladigan jangovar raqslar, hayvonlarning muqallidlari, doira va surnay raqslari, qarsak usullari bilan olib boriladigan o'yinlar ijro san’ati jumlasidandir. T.Qilichevning yozishicha, Xorazmda bizning davrimizgacha yetib kelgan «Maqom ufori» nomli turkum raqslar bo'lib, yetti qismdan iborat: «Norim- norim», «Sadr norim-norim», «Orazibon», «Qovrui», «Ш». «Go'sfand». Bular hamon ijro san’atining namuna darajasida shakllanishiga asos bo'lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |