To‘lqin fazasini qayd qilish va uni qayta tiklashning yuqorida yassi to‘lqin misolida ko‘rib chiqilgan metodi golografiya deb ataladi. Grekchadan tarjima kilganda «golografiya» so‘zi «to‘la yozuv» degan ma’noni bildiradi, ya’ni bu nomda qabul qilgich sirtidagi to‘lqiniy maydon xaqida to‘la ma’lumotni qayd qilish imkoniyati ta’kidlangan. Interferension manzara (qora dog‘lar) tushirilgan fotoplastinka gologramma deyiladi. Albatta, bu maqsadda yorug‘likning boshqa qabul qilgichlari xam qo‘llaniladi, biroq fotografiya usuli texnik jixatdan yaxshi ishlab chiqilgan va shu tufayli boshqa usullardan ko‘ra ko‘prok qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |