2. To’lov balansini tuzish tartibi Xalqaro iqtisodiy aloqalar natijasini baholash va ko’lamini hisoblashga urinishlar XIV
asr oxirlariga to’g’ri keladi.
XX asr boshlarida AQSH va Angliyada to’lov balansini tuzish usullari keng rivojlandi.
1923-yilda AQSHda 1922-yilgi ko’rsatkichlar natijalari bo’yicha to’lov balansini tuzish va
uni e’lon qilishga urinish bo’lgan. 1943-yili amerikalik iqtisodchi X.Leri AQSHning 1919-
1939-yilgi to’lov balansini tuzdi. Uning asosida ikkinchi Jahon urushidan keyin to’lov
balansi tuzildi. 1946-yildan boshlab chorak va yillik to’lov balanslari hisobotlari AQSH
savdo vazirligi jurnalida chop etila boshladi.
1947-yili BMT hujjati sifatida to’lov balansi sxemasi yaratildi. U XVFning to’lov
balansini tuzish shakllari va tamoyillarini ishlab chiqishga asos bo’ldi. XVF «to’lov balansi
bo’yicha qo’llanma» chiqarib, rivojlantirishni davom ettirdi. Ular o’z sxemalarini
universallashtirishga harakat qilishdi, chunki bu rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar
balanslarini solishtirish imkonini beradi. Joriy ma’lumotlarni qayta ishlab, XVF ekspertlari
ularga aniqliklar kiritadi. Norasmiy ma’lumotlardan foydalanadi, to’lov balanslari
moddalarini qayta guruhlashadi va boshqa ishlarni bajarishadi. Bu tekshirilayotgan
jarayonni ko’lami to’g’risida fikr yuritish imkonini beradi.
XVF qo’llanmasiga binoan to’lov balansi moddalari tasnifi.
A. Joriy operatsiyalar * Tovarlar
Xizmatlar
Investitsiyalardan daromadlar
Boshqa xizmatlar va daromadlar
Xususiy bir tomonlama o’tkazmalar
Rasmiy bir tomonlama o’tkazmalar Jami A: joriy operatsiyalar balansi.
B. To’g’ri investitsiyalar va uzoq muddatli kapital
To’g’ri investitsiyalar Portfel investitsiyalar
Boshqa uzoq muddatli kapital
Jami: AQV (AQSHning bazis balansi konsepsiyasiga muvofiq)* *
C. Boshqa uzoq muddatli kapital.
D. Xato va hisobga olmaydigan qismlar
Jami; AQVQSQD (AQSH likvidlik konsepsiyasiga muvofiq)* E. Balanslovchi moddalar.
Oltin-valuta rezervlarining qayta baholanishi
SDRning taqsimlanishi va ishlatilishi
Oltin-valuta rezervi harakati
F.
Qoldiqni qoplashning favqulodda manbalari.
G.
Xorijiy rasmiy qo’mitalarning valuta rezervlarini tashkiletuvchi majburiyatlar.
Jami: A+V+S+D+E+F+G (AQShning bazis balansi konsepsiyasiga muvofiq)*
N. Rezervlarning yakuniy o’zgarishlari.
Oltin
SDR
XVFning rezerv holati
Xorijiy valuta
Boshqa talablar
XVF kreditlari
To’lov balansi sxemasi oldingi paragrafda keltirilgan to’lov balansining tarkibiy qismlari
valuta harakati bo’yicha to’lov balansi valuta tushumi va valutalar chiqimi yoki xarajati
ifodalanishni ko’rsatadi. Xalqaro valuta fondining ko’rsatmasiga asosan aksariyat davlatlar
to’lov balansini ikki asosiy yo’nalish bo’yicha: joriy operatsiyalar balansi va kapital bilan
moliyaviy operatsiyalar (kapital harakati) balansini tuzadilar. Bu balanslar aktiv yoki passiv
qoldiq bilan yakunlanishi mumkin.