operatsiyalar natijasida joriy hisoblar qoldig’ining summasi kapital harakati hisobvaraq va
rezerv miqdorining o’zgarishi nolga teng bo’lishi kerak.
Umumiy balans taqchilligi mamlakatga xorijiy valuta oqimining ko’payishiga, profitsiti
esa uning kamayishiga olib keladi.
Mamlakat umumiy balansida taqchillik mavjudligi uning Markaziy bank faoliyati bilan
bog’liq. Agar Markaziy bank xorijiy valutani sotib olmagan va sotmagan bo’lsa, u valutalar
almashuv kursini to’lov balansi taqchilligi yoki ijobiy qoldig’ini bartaraf qilish darajasida
avtomatik ravishda belgilashi mumkin. Kapital harakati balansining ijobiy qoldig’i joriy
qoldiq operatsiyalarini moliyalashtirish, aksincha, joriy operatsiyalar aktiv kapital harakati
balansi taqchilligini moliyalashtirayotgan bo’lar edi.
To’lov balansini tuzishda quyidagi qoidalar qabul qilingan:
–
Eksportdan olinadigan daromadlar va xorijdan keladigan,to’lanadigan
foizlar
to’lovlaridan daromadlar joriy operatsiyalar hisobvarag’idan «plus» ishora bilan
belgilanadi.
–
Importga to’lovlar va xorijiy majburiyatlar bo’yicha foizto’lovlari joriy operatsiyalar
hisobvarag’ida «minus» ishora bilan belgilanadi.
–
Xorijliklarga moliyaviy talablarning o’sishi, xorijliklaroldidagi majburiyatlarning
kamayishi va kapitalning chiqib ketishi kapital harakati balansida «minus» ishora bilan
belgilanadi.
–
Xorijliklarga
moliyaviy
talablarning
kamayishi
va
xorijliklaroldidagi
majburiyatlarning ko’payishi kapital harakati balansida «plus» ishora bilan belgilanadi.
Ba’zan statistik hisob-kitoblardagi har xilliklar ham to’lov
balansining nollik natija
olmasligiga sabab bo’lishi mumkin. Agar xalqaro bitim alohida belgilanganda, unda
moddalar sabablarga ko’ra balanslashgan (tenglashgan) bo’lishi mumkin. Lekin bitimlar
amalga oshirilishiga qarab balansda aks ettiriladi. Balans tuzish bilan shug’ullanayotgan
mutaxassislar aksariyat hollarda savdo (eksport va import) oqimlarini va kapital oqimlarini
(qolgan dunyoga nisbatan haqiqiy moliyaviy talablarning o’zgarishi)
alohida hisobga
oladilar. Ular xalqaro tovar oqimlari to’g’risida bojxona xizmatlaridan hisobotlar, moliya
bozorlaridan – talablarni o’zgarganligi to’g’risida va xorijliklar oldidagi majburiyatlar
to’g’risida hisobotlar oladilar. Lekin ko’plab savdo-moliya bitimlari ayrim hollarda bu
hisobotlardan tashqarida qolib ketadi, chunki bu bitimlarning soni ko’p
va ularning
barchasini hisobga olish qiyin. Ba’zan bu bitimlarni yashirish hollari (pullarni yashirish,
noqonuniy pullarning kelib tushishi, shubha tug’diruvchi holatlarni berkitish yoki
soliqlardan qochish) ham uchrab turadi. Mazkur sabablarga ko’ra to’lov balansida maxsus
modda mavjud (xatolar va tushirib qoldirilganlar). Unda
joriy operatsiyalar hisob
raqamidagi teng summa va kapital harakati balansi aks etgan, lekin qarama-qarshi belgi
bilan va hisob raqamlardagi barcha moddalar xususan, «Xatolar va tushirib qoldirilganlar»
moddasi nollarga tenglashtiriladi. Odatda, bu moddadagi ko’rsatilgan summalar katta emas
va o’zgarmasdir.
Agar «Xatolar va tushirib qoldirilganlar»ning summasi tez o’sib ketsa, to’lov balansini
tuzayotganda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining hisobotlari to’liq
taqdim
etilganligidan, nazorat sust olib borilayotganligidan va kapital chiqimi yoki kirimining to’liq
ro’yxatdan o’tkazilmayotganligidan dalolat beradi.
Misol uchun AQShda o’tgan oxirgi o’n yillikda «Xatolar va tushirib qoldirilganlar»
moddasi «+» belgisi bilan berilgan. Juda ko’p mutaxassislar buni xorijliklar AQShga o’z
aktivlarini joylashtirayotganligidan dalolatdir, deb xulosa qilishmoqda. Lekin ko’p hollarda
kerakli tashkilotlarga bu haqda xabar berishmaydi. Natijada, ko’rsatib o’tilgan kapital
oqimlari past bo’lib chiqadi, kapital harakati balansida muhim hisob-kitoblar chetda
qolishiga olib keladi.