3-jadval
Joriy operatsiyalar balansi
Tushum
Chiqim
1.
Tovarlar va xizmatlar eksporti
2.
Transfertlar:
–
chet eldagi investitsiyalardan
tushum
–
mazkur davlatdagi chet el
fuqarolarga to’lovlar (pensiya,
aliment, sovg’alar, pul o’tkazmalari
va b.)
3. Chet eldan moliyaviy yordam
1.
Tovarlar va xizmatlar importi
2.
Transfertlar:
–
mamlakatdagi chet el
investitsiyasidan kelgan
daromadlarning to’lanishi
–
chet elliklarga transfert
to’lovlari – rezidentlarning chet
eldan aktivlar sotib olinishi
3. Chet elga moliyaviy yordam
Joriy operatsiyalar qoldig’i +
Joriy operatsiyalar qoldig’i –
Kreditga sotib olingan tovarlar bu yerda aks ettirilmaydi. Savdo balansining aktivligi
yoki passivligi iqtisodiy ahamiyatga ega va uning talqini davlatlarning jahon xo’jaligida
tutgan o’rni, hamkorlar bilan aloqalari xarakteri va umumiy iqtisodiy siyosatiga bog’liq. Bir
qator sanoati rivojlangan mamlakatlar (Yaponiya, Germaniya va boshqalar) uchun savdo
balansining aktiv qoldig’i xorijda ikkinchi iqtisodiyotni yaratish uchun qo’llaniladi.
To’lov balansining passiv qoldig’i, odatda, davlatning jahon xo’jaligida mavqeyi zaif
ekanligini bildiradi. Bu hol valuta tushumlarining tanqisligini sezayotgan rivojlanayotgan
mamlakatlar uchun ayniqsa xosdir. Sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun bu boshqacha
ma’no kasb etishi mumkin. Masalan, AQSHning savdo balansidagi taqchillik murakkabroq
tovarlarni ishlab chiqarayotgan uning xalqaro raqobatchilarining (G’arbiy Yevropa,
Yaponiya, Gonkong, Tayvan, Janubiy Koreya va boshqalar) bozorda faol oldingi o’rinlarni
egallashi bilan bog’liq, deb tushuniladi.
– xizmatlar va tijorat xarakteriga ega bo’lgan to’lovlar balansi. Bu balansda quyidagi
operatsiyalar bo’yicha yuzagi keladigan to’lovlar va tushumlar summasi aks ettiriladi.
1.
Xorijiy davlatlarda diðlomatik va savdo vakolatxonalarini ochish va ularni saqlash.
2.
Xorijiy davlat hududida harbiy qismlarni saqlash.
3.
Sport aloqalari.
4.
Madaniy aloqalar.
5.
Xalqaro kreditlarga foiz to’lash va foiz olish.
6.
Pul o’tkazmalari.
7.
Ilmiy texnika aloqalari.
8.
Yuk tashish va jo’natish.
9.
Boshqa to’lovlar va tushumlar.
Hozirgi kunda G’arbiy Yevropada 10 mln dan ortiq xorijlik ishchilar mavjud. Ular asosan
Turkiya, Germaniya, Portugaliya kabi davlatlarning fuqarolaridir. Bu emigrant
ishchilarning 80 %i Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya kabi mamlakatlarda ishlaydi.
Ular ishlab topgan pullarining bir qismini o’z davlatiga jo’natib turadi.
Bu balans mamlakat nafaqat tovar eksport qilishdan, balki transport, brokerlik, sayyohlik,
ilm-fan sohasida va boshqa sohalarda boshqa davlat jismoniy va yuridik shaxslariga turli
xizmatlar ko’rsatishdan va boshqa davlatlar turli subyektlarining xizmatlaridan foydalanish
mumkinligidan dalolat beradi. Xizmatlar balansida shu xizmatlar bo’yicha valuta tushumlari
va chiqimlari hisobga olib boriladi.
Mamlakat savdo balansida salbiy qoldiqqa ega bo’la turib, xizmatlar balansida ijobiy
qoldiqqa ega bo’lishi mumkin va aksincha.
Transfert to’lovlari aholi va davlatlarning pul o’tkazmalari, turli hadya va sovg’a-
in’omlarni o’zida aks ettiradi va shu jarayonlar bo’yicha mamlakatga kelib tushuvchi va
mamlakatdan chiqib ketuvchi valutalar oqimini o’zida mujassamlashtiradi. Bu bo’limga
yana turli pensiya, stiðendiya, nafaqa kabi to’lovlar, xalqaro yordam, grantlar, subsidiya
kabilar ham kiradi.
Kapital bilan moliyaviy operatsiyalar balansi – kapital (qarz, investitsiya, kredit) ning
mazkur davlatdan chet elga va aksincha chet eldan mazkur davlatga harakatini ifodalaydi.
Bu balans moddiy va moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish bilan bog’liq kapital oqimini
aks ettirib, u uzoq muddatli investitsiyalar (to’g’ri va portfel investitsiyalari), qisqa muddatli
mablag’lar migratsiyasini ham o’z ichiga oladi.
To’lov balansida to’g’ri va portfel investitsiyalar turkumiga kiritilmagan boshqa
investitsiyalar, rezervlar, bo’naklar, muddati o’tgan to’lovlar xalqaro valuta fondlarining
uzoq muddatli kreditlari ham o’z ifodasini topadi. To’lov balansini tuzish jarayonida barcha
tuzilgan bitimlar, kapital yoki xizmatlar sohasida baholar va vakolatlarning bir xilmasligi,
turli xato va tashlab ketishlarga yo’l qo’yishga olib kelish mumkin. Shu sabab to’lov
balansida «Xato va tushib qolishlar» degan modda mavjud bo’lib, unda statistik xatolar,
qayd etilmagan operatsiyalar inobatga olinadi.
Odatda, bu modda summasi har yili barqaror, minimal miqdorda bo’ladi. Agar uning
miqdori sezilarli darajada bo’lsa, u holda bu:
–
to’lov balansini tuzish uchun taqdim qilingan tashqi iqti-sodiy aloqalar, savdo
bo’yicha hujjatlarda xatolar mavjud ekanligidan;
–
yoki ro’yxatdan o’tmagan kapital oqimi mavjud ekan-ligidan dalolat beradi.
To’lov balansining ikki asosiy qismi: joriy operatsiyalar va kapitallar xarajati balansi bir-
biri bilan uzviy bog’liq. Joriy operatsiyalarning taqchilligi tovarlar va xizmatlarni eksport
qilish tovarlar va xizmatlarni import qilishni to’lashga yetarli emasligini ko’rsatadi. Bu
taqchillik chetdan yordam (qarz) olish yo’li bilan yoki chetga moliyaviy yoki moddiy
aktivlarni sotish yo’li bilan moliyalashtiriladi. Oxirgi jarayon esa kapitallar harakati
balansida o’z ifodasini topadi va aksincha, birinchi balansning ijobiy qoldiqqa ega bo’lishi
chetdan moliyaviy va moddiy aktivlar sotib olish, ya’ni ikkinchi balans bo’yicha pul
mablag’lari chetga chiqib ketishini o’zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |