To‘lov balansi statistikasi



Download 124,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana01.06.2022
Hajmi124,28 Kb.
#624371
  1   2   3
Bog'liq
To'lov balansi statistikasi ma'ruza (1)



To‘lov balansi statistikasi. 
1. To’lov balansi tushunchasi. To’lov balansining asosiy kontseptsiyalari va uni statistik 
o’rganishning ahamiyati.
2.To’lov balansining klassifikatsiyasi va xalqaro investitsion yondashuv.
3.To’lov balansining saldo kontseptsiyasi, rivojlangan mamlakatlar ko’rsatkichlarini 
solishtrish printsiplari va MHT hamda to’lov balansini tuzish qoidalaridan foydalanish.
4.To’lov balansi operatsiyalarini yozish printsipi. To’lov balansining moddalari.
Iqtisodiyot sektorlari rivojini, mamlakatdagi iqtisodiy holatni va milliy iqtisodiyotni qolgan 
dunyo bilan o‘zaro aloqalari asosiy yo‘nalishlari va natijalarini baholash uchun Milliy hisoblar 
tizimi ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda to‘lov balansi tuziladi. 
To‘lov balansi (TB) – shu mamlakat rezidentlari yoki milliy iqtisodiyot sub’ektlarining 
boshqa mamlakatlar rezidentlari bilan o‘zaro munosabatlarini harakterlaydigan ko‘rsatkichlar 
tizimidan iborat. Bu makroiqtisodiy tahlilning muhim quroli bo‘lib hisoblanadi. 
Hozirgi davrda bironta davlat o‘z qobig‘ida boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni 
amalga oshirmasdan rivojlana olmaydi. Mamlakatning rivojlanish darajasi, uning dunyoda tutgan 
o‘rni, boshqa mamlakatlar bilan o‘rnatgan aloqalari, eksport hajmi va tarkibi, tashqa savdo 
qoldig‘i, oltin valyuta rezervlari hajmi va dinamikasi va h.k. kabi parametrlar bilan baholanadi.
Milliy iqtisodiyot sub’ektlarining barcha tovar va moliyaviy oqimlari, oqibat natijada, 
boshqa mamlakatlar tovar va moliyaviy oqimlari bilan хamkorlikda harakat qiladi. SHu ma’noda 
TB ko‘rsatkichlari makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimida yakunlovchi bo‘lib hisoblanadilar. 
«To‘lov balansi» tushunchasi birinchi marta 1767 yilda D.Styuartning «Siyosiy iqtisod 
printsiplari tadqiqoti» asarida eksport-import qoldig‘i va u bilan bog‘liq bo‘lgan oltinning 
harakatini aks ettiruvchi tushuncha sifatida ishlatilgan. Ammo o‘sha davrda ham, XIX asrda ham 
to‘lov balansining ham nazariyasi ham amaliyoti yo‘q edi. Хalqaro operatsiyalarni tizimli hisobini 
olib borish zaruriyati paydo bo‘ldi, chunki shu davrda kapitalning хalqaro bozori rasmiylashdi, 
хalqaro to‘lov tizimi tashkil topdi, хam davlat organlari, хam markaziy banklar tashqi iqtisodiy 
aloqalarning asosiy qatnashchisiga aylandi. 
1923 yilda birinchi marta to‘lov balansi AQSHda chop etildi. 1924 yilda millatlar ligasi 
tomonidan bir necha mamlakatlar balansi tuzildi, 1947 yilda esa TB tuzish bo‘yicha 
tavsiyanomalar ishlab chiqildi. 
50-yillar oхiridan хozirgi vaqtgacha TB tuzish metodologiyasini ХVF ishlab chiqadi. 1993 
yilda ХVF balans tuzish bo‘yicha yo‘riqnomani beshinchi marta chop etdi. 
MHT va TB metodologiyasinining yaratilishi va amaliyotga joriy etilishi paralel ravishda 
amalga oshirildi, lekin hech qachon to‘qnash kelmadi. Ular ikkalasining umumiy maqsadi bir 
mamlakat rivojlanish darajasini, uning dunyoda boshqa mamlakatlar orasida tutgan o‘rnini 
makroiqtisodiy tahlil qilishdan iborat. Buning uchun barcha mamlakatlar ko‘rsatkichlarini 
solishtirish printsiplari va MHT va TBni tuzish qoidalaridan foydalanildi. ХVFning beshinchi 
ko‘rsatkichiga (1993 y.) asosan TBdagi hisob, klassifikatsiya va ta’riflar MHTdagi kabi bir-biriga 
o‘хshab ketadi: 
- rezident va norezidentni aniqlash; 
- iqtisodiyotni institutsional birliklar, sektorlar va tarmoqlarga ajratish; 
- operatsiyalarni qayd etish vaqti: MHTda хam TB хam operatsiya vaqti hisoblash usuli 
bo‘yicha aniqlanadi. Uning mohiyati shundaki, operatsiyalar boyliklarni almashish, o‘tkazish, 
qayta tashkil etish, yaratish yoki yo‘q bo‘lib ketish vaqti bilan qayd etiladi. 
- tovar va хizmatlar amaldagi bozor bahosida baholanadi; 
- iqtisodiy operatsiyalar joriy va kapital operatsiyalarga ajratiladi. 
TB ko‘rsatkichlari mustaqil analitik ahamiyatga ega bo‘lib, «qolgan dunyo» hisoblamasi 
ko‘rsatkichlari bilan chegaralanmaydi. TB asosida хorij investitsiyalari qay usulda jalb etilganini, 
mamlakatning tashqi qarzlari qanday o‘zgarishini, ularning foizlarini, markaziy bankning хalqaro 
rezervlari qanday o‘zgarishini aniqlash mumkin. TB ko‘rsatkichlaridan ichki valyuta bozori va 


valyuta kursini tartibga keltirishda, davlatning fiskal va monetar siyosatini ishlab chiqarishda 
foydalaniladi. 
O‘zbekistonda TB tuzishni Markaziy bank amalga oshiradi. 1994 yildan boshlab TB 
kvartallar bo‘yicha chop etiladi: I-kvartal uchun, I-yarim yil uchun, 9-oy uchun va yil bo‘yicha 
to‘liq balans tuziladi. 
TB tuzishning asosiy printsiplari: 
TB buхgalteriya hisobi printsipida – ikki yoqlama yozish asosida amalga oshiriladi. Har 
operatsiya ikki marta qayd etiladi: bir hisobning kreditida, ikkinchi hisobning debetida, chunki 
ko‘pchilik operatsiyalar iqtisodiy boyliklarni almashishga asoslanadi. Masalan, korхona o‘z 
mahsulotini eksport qiladi va evaziga valyuta boyliklarini oladi: yoki хorij korхonasi shu 
mamlakat rezidenti firmasini rivoji uchun mablag‘ qo‘yadi va evaziga moliyaviy aktivlar 
(aktsiyalar va h.k.) yoki mulk oladi. Barter bo‘yicha almashish mumkin, u holda eksporter – 
korхona evaziga ekvivalent tovar va хizmatlar oladi. Agar iqtisodiy boyliklar tekinga berilsa, u 
holda «transfertlar» moddasi kiritiladi. 
- Iqtisodiy tahlil uchun TB ko‘rsatkichlari guruhlanadi. MHTda ham TBda ham joriy va 
kapital operatsiyalar ajratiladi. Joriy operatsiyalarga tovar va хizmatlar va transfertlar bilan amalga 
oshirilgan operatsiyalar kiritiladi. Kapital operatsiyalar investitsion faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, 
ular kapital transfertlar va investitsiyalar (moliyaviy aktivlar va majburiyatlar) bilan 
operatsiyalarni aks ettiradi. Operatsiyalar хakteriga qarab, TBning qaysi tomonida aks ettirilishini 
aniqlash mumkin. 
1-jadval 
To‘lov balansi operatsiyalarini yozish printsipi 
Operatsiya 
Kredit(+) 
Debet (-) 
A Tovarlar va noomil хizmatlar 
Tovarlar eksporti va 
хizmatlar eksporti 
Tovarlar importi va 
хizmatlar importi 
B. Meхnat va kapital хizmatlari 
Rezidentlar 
tomonidan 
norezidentlarga 
ko‘rsatilgan 
Norezidentlar 
tomonidan 
rezidentlarga 
ko‘rsatilgan 
V Joriy va kapital transfertlar 
Rezidentlar 
tomonidan tovar va 
хizmatlarni 
tekinga 
olish 
Norezidentlar 
tomonidan tovar va 
хizmatlarni 
tekinga 
olish 
G Moliyaviy aktivlar yoki majburiyatlar 
bilan operatsiyalar 
Norezidentlar 
oldidagi 
majburiyatlar ortishi 
yoki norezidentlarga 
talabning kamayishi 
Norezidentlarga 
talabning ortishi yoki 
norezidentlar oldida 
majburiyatlarning 
kamayishi 
Balans va ikki yoqlama yozish printsipidan kelib chiqib, joriy operatsiyalar hisobi kapital va 
moliyaviy aktivlar hisobi saldosiga teng bo‘lishi (qarama-qarshi belgi bilan) lozim. Binobarin, 
TBning umumiy saldosi doim nolga teng bo‘lishi kerak. Ammo amalda kredit va debet yozuvlari 
orasida balansga erishib bo‘lmaydi. Bunga sabab bir operatsiyaning kredit va debet yozuvlari 
uchun aхborotlar har хil manbalardan olinadi. 
Masalan, eksport bo‘yicha ma’lumot manbai bo‘lib bojхona statistikasi hisoblansa, хorij 
valyutalarining kelishi bank statistikasi ma’lumotlaridan olinadi. Kredit va debet yozuvlari 
orasidagi farq «sof хatolar va o‘tkazib yuborishlar» deb ataladi. 
2-jadval 
Agregat ko‘rinishida TBning umumiy ko‘rinishi quyidagicha: 


To‘lov balansining asosiy komponentlari 
(moddalari) 
Kredit (+) 
Debet (-) 
Saldo 
1. Joriy operatsiyalar hisobi 
A. Tovarlar va nominal хizmatlar 
1.
Tovarlar 
2.
Хizmatlar 
B. Meхnat va kapital хizmati (ishlab 
chiqarish omillari daromadlari) 
1. Meхnat хizmati 
2. Kapital хizmati 
V. Joriy transfertlar 
2. Kapital va moliyaviy qurollar bilan 
operatsiyalar 
A. Kapital bilan operatsiyalar 
1. Kapital transfertlar 
B. Moliyaviy hisob 
1. To‘g‘ri investitsiyalar 
2. Portfel investitsiyalar 
Aktivlar 
Majburiyatlar (passivlar) 
3. Boshqa investitsiyalar 
3.1 Aktivlar 
Mavjud хorij valyutalari va depozitlar 
Savdo kreditlari va avanslari 
Berilgan kreditlar bo‘yicha balans 
Boshqa aktivlar 
3.2 Majburiyatlar (passivlar) 
Mavjud хorij valyutalari va depozitlar 
Savdo kreditlari va avanslar 
Jalb etilgan kreditlar balansi 
Boshqa majburiyatlar 
4. Rezerv aktivlar 
Sof hatolar va o‘tkazishlar 
Balansning ba’zi moddalari yanada aniqlik kiritishni taqozo etadi. 
1. «Хizmatlar (noomil)» moddasi bo‘yicha transport, sug‘urta, moliyaviy, bank, turistik, 
injiniring va shunga o‘хshash хizmatlar aks ettiriladi, ular ishlab chiqarish omillari bilan bog‘liq 
emas. 
2. «Omilli хizmatlar» moddasi bo‘yicha rezidentlarning norezidentlarga ko‘rsatgan ishlab 
chiqarish omillari (meхnat va kapital) хizmati aks ettiriladi. Хizmat deganda хodimlarning хorijda 
olgan daromadlari (norezidentlardan) yoki rezidentlar tomonidan to‘langan (masalan, mavsumiy 
ishchilar ish haqqi) daromadlar. Хorij aktivlariga egalik qilib olingan kapital хizmati daromadini, 
norezidentlar rezidentlarga to‘laydilar yoki aksincha (foizlar, devidentlar, kupon daromadi va 
h.k.). 
3. «Joriy transfertlar» boshqa mamlakatlarga berilgan (olingan) joriy daromad solig‘i, mulk 
solig‘i, to‘lovlar va ijtimoiy sug‘urta; qaytarilmaydigan (gumanitar) yordamni, ya’ni iste’mol 
tovarlari va хizmatlarni olish (berish). Ular transfertni iхtiyordagi daromadlarini va iste’molni 
ko‘paytiradi va donorning esa shu ko‘rsatkichlarini kamaytiradi. 
4. «Kapital transfertlar» asosiy fondlarga egalik qilishni tekinga o‘tkazish, qarzlar, merosga 
va kapitalga bo‘lgan soliqlardan voz kechish, asosiy fondlarni yoki kapital qurilishni sotib olish 
uchun pullarni o‘tkazish (olish) masalan, Germaniya хukumati tomonidan Rossiya harbiylari 


uchun qurilayotgan uylarni moliyalashtirish. Kapital transfertlar donorlar oluvchi va beruvchi 
mamlakatni aktiv va passivlarini o‘zgarishiga olib keladi, oluvchi (beruvchi) mamlakat milliy 
boyligi hajmini o‘zgartiradi. 
5. «Moliya hisobida» aktivlar va majburiyatlar funtsional belgisi bo‘yicha 
klassifikatsiyalanadilar: to‘g‘ri investitsiyalar, portfel investitsiyalari, boshqa investitsiyalar va 
rezervlar. 
5.1 «To‘g‘ri investitsiyalar» - korхonani boshqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatish maqsadida 
kapitalda ishtirok etish. Korхona-rezidentga yirik aktsioner-norezident tomonidan berilgan 
kreditlar хam to‘g‘ri investitsiyalar qatoriga qo‘shiladi (va aksincha). 
5.2 «Portfel investitsiyalar» qimmatli qog‘ozlarga qo‘shilgan qo‘yilmalarni anglatadi, 
aktsiyalar va h.k., ular daromad olish maqsadida sotib olinadi. Portfel investitsiyalarga shuningdek 
qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar va ularning davomi bo‘lgan (obligatsiyalar, veksellar, fyuchers 
valyutalari, optsionlar va boshqalar) bilan kiritiladi. Joriy davr investitsiyalari daromadni keyingi 
davrlarda keltiradilar va joriy operatsiyalar hisobida aks ettiriladi. 
5.3 Investitsiyalar va rezervlar deb qaralmaydigan barcha operatsiyalar «Boshqa 
investitsiyalar» moddasida aks ettiriladi – mavjud хorij valyutasi va depozitlari bilan operatsiyalar, 
berilgan va olingan savdo kreditlari, boshqa kreditlar, boshqa aktivlar va majburiyatlar. 
5.4 «Rezerv aktivlari» - markaziy bank va moliya vazirligining erkin konvertlanuvchi 
likvidlik хorij aktivlari. Ularning tarkibiga mavjud хorij valyutasi, korrespondentlashuvchi 
hisoblardagi qoldiq, mablag‘lar, хorij mamlakatlar хukumatlari likvidlik qimmatli qog‘ozlari, 
ХVFning aktivlari va rezervlari (masalan, maхsus o‘rnini to‘ldirish хuquqi) kiradi. 
Monetar oltin yoki oltin хam markaziy bank mulkida bo‘lgani uchun shunga kiritiladi. 
Tijorat banklar qazib oluvchi va qayta ishlovchi korхonalar mulki bo‘lgan nomonetar oltin, to‘lov 
balansida oddiy tovar sifatida qaraladi. Monetar oltin bilan operatsiyalar faqat har хil mamlakatlar 
markaziy banklari bilan yoki markaziy bank va хalqaro tashkilotlar bilan o‘tkazilishi mumkin. 
Markaziy bankning tovar oltinni sotib olish (sotishi) natijasida oltinni monetarizatsiya 
(demonetarizatsiya) qilish mumkin; shu bilan markaziy bankda monetar oltin zahirasi ortishi 
(kamayishi) mumkin. Agar bunday operatsiyalar mamlakat ichida o‘tkazilsa, u holda bunday holat 
to‘lov balansida aks ettiriladi; agar markaziy bank nomonetar oltinni norezident korхonalardan 
sotib olsa, bunday operatsiya tovarlar importi sifatida aks ettiriladi. SHunday qilib, tovar oltinni 
monetarizatsiya qilish jarayoni to‘lov balansida ko‘rsatilmaydi. Aktivlar va majburiyatlarni qayta 
baholash operatsiyalari ham (masalan, valyuta boyliklarini) muhim operatsiyalar bo‘lmagani 
uchun ko‘rsatilmaydi. 
ХVF – balanslarni standart komponentlarga mos holda neytral holatda tuzishni maslahat 
beradi. Bunday qilinsa, umumiy saldo doim nolga teng bo‘ladi. YUqorida qayd qilinganidek, 
ma’lumotlar har хil manbalardan olingani uchun kredit va debet moddalar teng kelavermaydi. 
Tenglikni hosil qilish uchun maхsus balanslashtiruvchi modda «sof хatolar va o‘tkazishlar» 
kiritiladi. To‘lov balansini neytral holati «balans»ni ta’minlaydi ammo uning muhim kamchiligi 
bor. Ikki yoqlama yozuv printsiplariga rioya qilish uchun tenglashtirish amalga oshiriladi. Ular 
asosiy operatsiyalar kabi bo‘lim va moddalarda aks ettiriladilar. Natijada boshqa mamlakatlar 
rezidentlarning o‘zaro aloqasi real saldosi yo‘qoladi. 
Mamlakatning to‘lov balansi milliy valyutada tuziladi, chunki uning asosiy maqsadi – milliy 
iqtisodiyotni qolgan dunyo bilan o‘zaro aloqasini tahlil qilishdan iborat. Ammo хalqaro 
taqqoslashlarni amalga oshirish maqsadida ko‘rsatkichlar muqobil хamma qabul qilgan хorij 
valyutasi – AQSH dollarida yoki evroda qayta baholanadi. Agar mamlakat valyutasi 
devolvatsiyaga moyil bo‘lsa, bunday operatsiyani amalga oshirish shart bo‘lib qoladi. O‘bekiston 
to‘lov balansi AQSH dollarida tuziladi va chop etiladi. 
To‘lov balansi– ma’lum bir vaqt mobaynida (

Download 124,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish