To‘lov balansi- ma’lum bir vaqt mobaynida chorak, yarim yil, bir yil va h k



Download 19,12 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi19,12 Kb.
#564854
Bog'liq
iqtisod-5mavzu


To‘lov balansi– ma’lum bir vaqt mobaynida (chorak, yarim yil, bir yil va h.k.) bir mamlakat va unda ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar, jismoniy shaxslar va davlat idoralarining boshqa mamlakatlardagi korxonalar, jismoniy shaxslar va davlat idoralari bilan amalga oshirgan barcha iqtisodiy operatsiyalarini o‘zida aks ettiruvchi statistik hisobotdir. Masalan, tovar va xizmatlarni eksport yoki import qilish, boshqa bir davlatga kredit berish yoki jalb etish, kredit bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish, xalqaro pul o‘tkazmalari, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha xalqaro savdolar va boshqalar shular jumlasidandir. Ushbu hisobot mamlakat tashqi iqtisodiy holatini tahlil qilish va unga oid pul-kredit, valyuta siyosati kabi makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun muhim statistik asos vazifasini o‘taydi.

Toʻlov balansi — bir mamlakatdan boshqa mamlakatlarga toʻlovlar koʻrinishidagi pul mablagʻlari harakatini aks ettiradigan jadval, roʻyxat. Toʻlov balansi muayyan muddat davomida mamlakat chet ellarga toʻlagan va xuddi shu davr mobaynida mamlakatga chet eldan tushgan toʻlovlar summalari nisbatini tavsiflaydi. Toʻlov turkumiga tashqi qarz, uning foizi, chetdan olingan (import) tovarlar va xizmatlar haqi, xorij investitsiyalari, xorijda diplomatik ishlarni, iqtisodiy aloqalarni yuritish xarajatlari, fuqarolar va qoʻshma korxonalarning chet elga pul oʻtkazmalari va boshqa kiradi. Chetdan keladigan tushumlar boshqa davlatlar qaytargan qarzlar, ularning foizi, xorijdagi korxonalar va tashkilotlardan oʻtkazilgan foyda, eksport qilingan tovarlar va xizmatlar haqi, boshqa yurtlik fuqarolar, korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, xalqaro yoki mintaqaviy tashkilotlar oʻtkazgan puldan iborat boʻladi. Chetga berilgan toʻlovlarga nisbatan chetdan kelgan toʻlovlar koʻp boʻlsa Toʻlov balansi faol hisoblanadi (Toʻlov balansi saldosi ijobiy). Bunday hodda mamlakatga valyuta koʻproq oqib keladi, uning valyuta fondi oʻsadi, aks hodda Toʻlov balansi passiv boʻlib, valyuta chiqib ketadi va valyuta fondi qisqaradi (Toʻlov balansi saldosi salbiy) Toʻlov balansining muhim qismini tovarlar va xizmatlar eksport va importi — savdo balansi tashkil etadi

Har qanday mustaqil davlat o’z puliga ega va bunday pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi o’zining nomi va ma'lum bir muomala tarixiga ega.


Ushbu kursimizni o’rganishda doim pul va valyuta atamalariga murojaat etishga to’g’ri keladi. Shu sababli boshidanoq pul va valyuta qanday kategoriyalar, ikkalasi ham bir narsami yoki har xil narsa ekanligini aniqlab olish zarur. Iqtisodiy nazariyadan biz "pul" nima ekanligini yaxshi bilamiz. Valyuta ham pul, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo’lavermaydi. Agarda muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozorida davlatlar o’rtasida pul (muomala, to’lov va jamg’arish vositasi) sifatida ishlatilsa, ya'ni pulning funksiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi.
Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Yapon "ienasi" va boshqa shu kabilar.
Muayyan bir davlatning milliy puli - uning milliy valyutasi bo’ladi. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa - xorijiy valyutalardir. Masalan, AQSh "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Fransiya "yevro", Yapon "ienasi", Turkiya "lira"si va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar O’zbekiston Respublikasida xorijiy valyuta bo’ladi, o’z navbatida O’zbekiston "so’m"i bu davlatlar uchun xorijiy valyuta bo’lib hisoblanadi.
Har bir suveren davlat o’z pul birligiga ega bo’lib, faqat shu mamlakatdagina bu pul birligiga muayyan ne‟matlarni sotib olish mumkin. Boshqa mamlakatlarning ham o’z pul birliklari mavjud va faqat shu davlatlarda ular qonuniy harakatda bo’ladi. Qolgan barcha boshqa valyuta deb nomlanuvchi pullar maxsus nazorat ostida amal qiladilar.
Valyuta munosabatlari - tashqi savdo, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik, xorijga kredit hamda qarzlarni berish va olish, valyuta va valyuta aktivlarini sotib olish bilan bog‘liq bitimlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan, valyuta bilan bog‘liq munosabatlardir.


Xalqaro savdo — bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Download 19,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish