MT21_MUSTAMLAKA DAVRIDAGI O’RTA OSIYO TARIXIY GEOGRAFIYASI.
REJA:
1. Turkiston axolisi.
2. Agrar siyosat (Er- suv siyosati)
3. Sanoatning bir tamonlama rivojlanishi.
Imperator Aleksandr II ning topshirig'iga ko`ra 1882-1884 yillarda Turkiston o`lkasi taftish qilingan. F.Girsning ma`lumot berishicha Turkistonda umumiy 2,406,000 kishi istiqomat qilgan. Shundan 1,200,000 kishi erkaklar bo`lgan. XX asr boshiga kelib esa o`lka axolisi 7,464,100 kishiga etgan. Buxoro amirligida 2,236,437 kishi, Xiva xonligida esa 640 ming kishi yashagan.
Turkiston istilosidan so`ng bir qator qonunlar, shu jumladan, 1886 yilgi "Turkiston o`lkasini boshqarish to`g'risida" gi nizom er egaligidagi Yangi o`zgarishlarini boshladi. Nizomning mazmuni quyidagicha edi:
1.Yer davlat mulki, deb e`lon qilindi. O`troq aholiga jamoa bo`lib foydalanish uchун berildi. Kuchmanchi chorvadorlarga esa jamoa bo`lib foydalanish uchun cheklanmagan muddatga berildi. qisqasi, barcha erlar davlat ixtiyoriga o`tkazildi.
2.O`troq yerlar vasiqalar, qozilar qarorlariga qaramasdan amalda undan foydalanayotgan odamniki, deb belgilandi. Shu sababli ijaradagi erlar undan foydalanayotgan kishilar ixtiyoriga (merosiy foydalanish uchun) berildi. Bunday qarorning sababi Chorizm mahaliy feadallar bilan kurashda keng halq ommasiga tayanish edi.
3. Vaqf yerlari ilgaridek qoldirildi, lekin ayrim hollarda uni davlat ixtiyoriga o`tkazish mumkinligi, belgilandi.
4. Sobiq imtiyozli shaxsiy er egalaridan davlat mulki hisobida soliq olinadigan bo`ldi.
5. Shahardan tashqarida Rus aholisi uchun ajratish taqiqlandi.
6.Yevropaliklar uchun (ruslar uchun ham ) mahaliy aholiga qarashli erlarni sotib olish mutloq taqiqlandi. Ushbu qonun 1890 yillar oxirigacha o`z kuchida bo`ldi ?!
Turkistondagi er-suv soatida rus dvaryanlari va burjuaziyaning bir-biriga qarama-qarshi fikrlari mavjud edi: davlat ixtiyoridagi Kreposmnoy dehqonlar va erkin er egasi bo`lgan dehqon. Maslahatchi Gerts boshchiligidagi taftish kamissiyasi yakunlarida Turkiston, umuman Rossiya uchun erkin er egalari mavjudligi foydali ekanligi aytilgan. Lekin, imperator, vazirlar va Kengash a`zolari ko`proq dvaryanlar manfaatlarini ko`zlab, ish tutganlar. Erlarning jamoalarga biriktirilishi Bilan soliq yig'ishda "doiraviy javobgarlik" joriy etildi. Bunda soliq birmaqbir jamoadan oshkor edi. Uning yana bir afzallik tomoni to`lanmagan soliq uchun jamoadosh to`lashga majbur bular edi. Sudxo`rlar ham bundan oqilona foydalanar edi. Soliq yig'ishda boylarga ozroq, kambag'allarga to`g'ri kelishi to`g'risida xujjatlar saqlanib qolgan.
Chor Rossiyaning Turkistondagi er-suv isloxatining yana bir xususiyati kuchirish siyosatidir. 1886 yilgi nizomdagi "bo`sh davlaterlari" bu siyosat uchun ayni muddao bo`ldi. 1875- 1890 yillarda (15 yil davomida) Turkistonga 1300 ta oila kuchib kelib 19 ta rus qishlog'i tashkil topdi. 1891-1892 yillardagi Rossiyadagi ocharchilik ommaviy kuchishga sabab bo`ldi. 1892 yildan esa o`zboshimchа kelganlarga ham er uchastkalari berishga ruxsat berildi. Rossiyada dehqonlar harakatidan xavfsiragan pomeshchiklar ham rus mushuklarining kuchib kelishiga (siyosat chirog'ining) qarshilik qilmas edi. XX asr boshlariga kelib Turkistonlagi rus aholisining soni 197.420 taga etdi. Ularning aksariyati hozirgi qozag'iston va qirg'iziston xududlariga to`g'ri kelar edi.
Turkistondan Rossiyaga olib chiqib ketila boshlangan xom Ashe asosan paxta va pilla edi. 1885 yili paxta maydoni 41.4 ming tanobni tashkil etgan bo`lsa, 1915 yilga kelib bu ko`rsatkich 541.9 ming tanobga etdi (13 barobar o`sdi). 1884 yildan boshlab Rossiya sanoati uchun zarur bo`lgan paxtaning "Amerika" navi ekila boshlandi. 1889 yili shu Navli paxta 50 ming tanobga ekilgan bo`lsa 1895 yili 100 ming tanob, 1901 yili esa 174026 tanobga ekildi. XX asrning boshlarida paxtachilik Turkiston sanoati va qishloq xujaligi yalpi mahsulotining 40% ni, don 37% ni tashkil etdi. 1915 yili Turkistondan Rossiyaga olib chiqib ketilayotgan paxta 2.426.298 pudga etdi. 1905 yili bu ko`rsatkich 566.878 pud edi, xolos.
O`lkasa sanoatning xunarmandchilik sohasi saqlanib qolgan bo`lib ular, asosan, uy - ruzg'or buyumlari yasash, tayyorlash bilan band edi. Masalan, kigiz, na`mat, duradgorlik, egar-jabdug', qaychi, pichoq, bolta, tesha, ketmon . . . kabi temirchilik, shoyi, bo`z, atlas to`qish, do`ppichilik, kalish, mahsi tayyorlash kabi to`qish, ishlov berish hunarmandchiligi, rangli metallardan uy ro`zg'or buyumlari tayyorlash va zargarlik, Samarqand, Maarg'ilon, qo`qon, Andijon, Buxoro shaharlari hunarmandchilik rivojlangna shaharlar hisoblanar edi. XIX asrning ikkinchi yarmida rus sanoati maxsulotlarining kirib kelishi hunarmandchilikni inqirozga olib keldi. Shu davrdan boshlab o`lkada paxtani qayta ishlash bilan sa`noat vujudga kela boshladi. Paxta tozalash yog', sovun pishirish korxonalari shular jumlasidandir. Birinchi paxta tozalash zavodi 1874 yili Toshkentda qurildi. 1880 yili Andijonda, 1881 yili Kattaqo`rqonda shunday zavod qurildi. 1880-1914 yillar mobaynida 220 ta paxta tozalash zavodlari qurildi. 1913 yili Buxoro Amirligida 26 ta, 1917 yili Xiva xonligida 36 ta paxta tozalash zavodi bo`lgan. O`lkada qurilgan paxta tozalash zavodlarining egalarining ko`pchiligi rus sanoatchilari edilar. Yog' ishlab chiqaruvchi dastlabki zavod 1884 yili qo`qon va Toshkentda 1897 yili Kattaqo`rg'onda qurildi. Yog' zavodlarining ko`pchiligi keyinroq Farg'onada qurilgan. XX asr boshlariga kelib monopol birlashmalar vujudga kela boshladi. 1915 yil holida 5 ta firmani birlashtirgan "Beshbosh" savdo-sanoat shirkati vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |