Tolipov Jasurbekning “Tarixiy geografiya“


MT13_ARABLARNING O’RTA OSIYONI ISTILO QILISHI



Download 470,31 Kb.
bet18/36
Sana18.07.2022
Hajmi470,31 Kb.
#823097
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
Tolipov Jasurbek Tarixiy Geografiya-2

MT13_ARABLARNING O’RTA OSIYONI ISTILO QILISHI
REJA:

  1. O’rta Osiyoga arablar istilosi va uning oqibatlari.

  2. Arablar zulmiga qarshi Movarounnaxr xalqlarining kurashi.

  3. O’lkada islom dinini yoyilishi.

VI asrning o‘rtalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan qabi la, urug‘larning hayot tarzi qoloq bo‘lib, ularning mutlaq ko‘pchiligida ibtidoiy-patriarxal tuzum munosabatlari hukm surgan. Ko‘chmanchi badaviy oilalari, urug‘lari o‘z chorva mollari uchun yer-suv, o‘tloq qidirib keng sahrolar bo‘ylab kezib yurganlar. Faqatgina yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va Janubiy Yamanda arab qabilalari, asosan, o‘troq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan edi. Ayniqsa, Hijozning bosh shahri – Makka xalqaro karvon savdosining muhim markazi hisoblangan. Makkalik quraysh qabilasi savdogarlarining turli mintaqalar bilan bog‘langanligi, savdo-tijorat va hunarmandchilik ishlarining kuchayib borishi pirovardida tarqoq arab qabila, urug‘larini birlashtirish va markazlashgan kuchli davlat tuzishda yetakchi o‘rin egallashiga imkoniyat yaratdi. Makka aholisi tevaragida ko‘chmanchi arab qabilalarining birlashuvi jarayoniga turtki bergan yana bir muhim omil – bu shu yerlik quraysh qabilasining hoshimiylar urug‘idan chiqqan payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) nomi bilan bog‘liq holda keng yoyila boshlagan islom dini va ta’limoti bo‘ldi. Muhammad binni Abdulloh (570–632) hayotining oxirlariga kelib 630-yilda ko‘p sonli arab qabilalarining islom bayrog‘i ostida birlashuvi negizida yagona davlatga asos soldi. Muhammad (s.a.v.) 632-yilda vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr Siddiq xalifa deb e’lon qilindi. Shu tariqa, Arab xalifaligi tashqil topdi. 
VII asrning ikkinchi yarmiga kelib xalifalik e’tibori O‘rta Osiyo yerlarini bosib olishga qaratildi. 651-yilda arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar, so‘ngra Amudaryogacha bo‘lgan qilindi. Arablar bu hududlarni Xuroson, deb ataydilar. Bu viloyat arab xalifasi tomonidan tayinlanadigan noib orqali boshqarilgan. Noib qarorgohi Marvda joylashgan. Arablar Amudar yodan shimoldagi boy viloyatlarni istilo etishga tayyorgarlik ko‘rdilar. Bu yerlarni arablar Movarounnahr, ya’ni daryoning narigi tomoni, deb ataganlar.1
Vatanimiz sarhadlarida arablar istilosi jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilganligini ta’kidlab o‘tmoq joiz. Uning birinchi bosqichi VII asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda ayrim arab lashkarboshilari qo‘shini Amudaryo atrofidagi hu dudlarga bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu yerlarning boyliklarini talab, ma’lum o‘ljalarni qo‘lga kiritib, ortga qaytganlar. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – bu hududlarni yaqin kelajakda bosib olishga tayyorgarlik ko‘rish edi. Masalan, arab lashkarboshilari Ziyod ibn Abuso‘fiyonning 654-yilda Maymurg‘ga, 667-yilda Chag‘oniyonga, 673-yilda uning o‘g‘li Ubaydulla ibn Ziyodning Amudaryodan o‘tib Poykand, Romiton yerlarini egallashi, so‘ngra Buxoro hukmdorini yengib, o‘z foydasiga sulh tuzib, katta xazina, boyliklarni qo‘lga kiritishi va nihoyat, 675–676-yillarda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo‘shin tortib kelishi va mahalliy hukmdorlarni yengib, katta boylik va ko‘p sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi bular O‘rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar edi. O‘lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Xususan, 705-yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O‘rta Osiyo hududlarini uzilkesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707-yilda Amudaryodan o‘tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy aholi qarshiligini yengib shaharni qo‘lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, Nasaf ham og‘ir janglar bilan fath etiladi. 710-yilda Qutayba mahalliy hukm dorlarning o‘zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, Sug‘dning bosh shahri – Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko‘rdi. Shu orada Xorazm shohi Chag‘on o‘z o’lkasi Nurzod boshchiligida ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, 711-yilda yordam so‘rab Qutay baga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib Xorazmga yurish qildi. Qo‘zg‘olon bostirildi, Nurzod o‘ldirildi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmadi. Aksincha, u o‘z mustaqilligini yo‘qotib, xalifalikka tobe bo‘lib, qoldi. Chag‘onning qo‘shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etildi. 712-yilda Qutayba Samarqandga hujum qildi. Bu paytda Samar qand hukmdori G‘urak edi. G‘urak arab qo‘shinlariga qarshi jang qildi, ammo kuchlar teng bo‘lmaganligi sababli taslim bo‘ldi. Qutayba bilan G‘urak (710–737) o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan u arablarga bir yo‘la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham hisobiga boj to‘lash, 30 ming baquvvat yigitlarni qul o‘rnida berishi ko‘zda tutilgan edi.1
Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi – Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida berildi. Uning tub aholisi esa o‘z joyidan mahrum etildi. Arab qo‘shini 713-yil da Sirdaryo orqali yurish boshlab O‘rta Osiyoning sharqiy hududlarini egallashga kirishdi. Qutayba shu yurishi davomida Choch viloyati, Farg‘ona vodiysini egallaydi, ko‘p o‘tmay, o‘lkaning bosh qa hududlari ham birin-ketin ishg‘ol qilindi. Shu tariqa, qirg‘in-barot janglar oqibatida arablar Movarounnahr deb nom bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlandi. Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va zo‘ravonlik o‘tkazdilar. Xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan noyob moddiy va ma’naviy boyliklar, talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir kitoblar, qo‘lyozmalar yondirildi. Zardushtiylik va buddizm dinining ko‘plab ibodatxonalari, muqaddas qadamjolari kunpayakun etildi. O‘lka aholisini islomlashtirish jarayoni g‘oyat murakkab kechgan. Arab ma’murlari ko‘p hollarda zo‘rlik va kuch ishlatish yo‘li bilan mahalliy xalq vakillarini islomni qabul qilishga undaganlar. Islom dini va uning ruknlarining mahalliy xalq orasida yoyilishini nihoyatda qiyin, murakkab kechgan. Bu jarayonda behisob qurbonlar berilgan. Arablarning o‘zlarini xo‘jalar, sahobalar, sayyidlar, oqsuyak lar deb atab, mahalliy xalqqa nisbatan mensimaslik bilan qarashlari ham mahalliy aholida ularga nisbatan nafrat tuyg‘usini kuchaytirgan. Arablarning o‘z yurtlaridan ko‘p minglab qabila, urug‘larni O‘rta Osiyoga ko‘chirib keltirib eng yaxshi joylarga joylashtirish, mahalliy oilalarni o‘z yer-mulkidan mahrum etishlari ham ularga qarshi ommaviy noroziliklarning kuchayib borishiga sabab bo‘lgan. Masalan, dastlabki paytlarda quraysh qabilasining 5 mingdan ziyod aholisi Samarqandga joylashtirilgan. Buxoro, Marv, Poykand va boshqa shaharlarda ham masjid va madrasalar qurish bahonasi bilan yerli aholi chetga surib chiqarilib, ularning yerlariga ham arab qabilalari joy lashtirilgan. Buning asl sababi shundaki, bosqinchilar bu begona hududda kuchli ijtimoiy tayanch nuqta yaratish yo‘li bilan o‘z hukmronligini kuchaytirishga uringanlar. Arablarning Vatanimiz hududida yurgizgan zo‘ravonlik va mustamlakachilik siyosati, shubhasiz, yerli aholi turli ijtimoiy qatlamlarining keskin norozililgiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida arablar hukmronligi davomida o‘lkaning turli hududlarida xalq g‘alayonlari yuzaga kelib, alangalanib bordi.
O‘rta Osiyoda arablarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari
♦ Sug‘diyonada 720–722-yillarda G‘urak va Devashtich boshchiligida.
♦ Samarqand, Buxoro, Xuttolonda 725–729-yillarda.
♦ Tohariston va Sug‘dda 736–737-yillarda.
♦ Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligida 747–750-yillarda.
♦ Muqanna qo‘zg‘oloni 776–784-yillarda.
♦ Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni 806–810-yillarda.

Download 470,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish