9-BOB
ZAHARLI O’SIMLIKLARDAN ZAHARLANISH
Zaharli o’simliklardan zaharlanish xollari zaharli xayvonlardan zararlanishga
qaraganda ancha ko’proq uchraydi. O’simliklarning mevasi, ildizi, urug`i, poyasi va
boshqa qismlari zaharli bo’lishi mumkin. O’simlik zaharlari odam organizmiga
asosan og`iz orqali tushadi, shuning uchun ham toksik gastroenterit birinchi navbatda
rivojlanadi. Zaharlar oshqozon va ichakning shilliq qavatiga qo’zg`atuvchi ta`sir
ko’rsatishi oqibatida qorinda og`riq, ko’ngil aynash, qusish, ich ketish alomatlari
kuzatiladi. Patomorfologik belgilar oshqozon va ichak devoriga qon quyilishi
ko’rinishida (gemorragik gastrit, enterit) yuzaga chiqadi. Ko’pchilik o’simlik
zaharlari qonga ingichka ichakning quyi bo’limlarida so’riladi.
Dalada qishda qolib ketgan yoki ko’karib chiqqan kartoshka tarkibida solanin
alkoloidi ko’pligi sababli yaqqol dispeptik o’zgarishlarni chaqiradi. SHunga o’xshash
ko’rinishlar ovqatga ham oq no’xot, shuningdek xom yong`oq ishlatilganda ham
kuzatiladi. Zaharli changlarga ega o’simliklardan yig`ilgan asalari asali ham toksik
bo’lishi mumkin. Bunday asalni istemol qilganlarning tana harorati oshadi, qusadi va
ichi ketadi, allergik toshmalar toshishadi .
Nerv tizimining shikastlanishi ko’pchilik zaharli o’simliklardan zararlanishda
etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Markaziy nerv tizimi funktsiyasining buzilishi
atropinga o’xshagan sindromlar (yurak o’ynashi, og`iz qurishi, kuz qorachig`ining
kengayishi, so’lak ajralishini to’xtashi, bronxlarning bo’shashishi, ichak tonusi va
qisqarishining kamayishi, terni chiqmay qo’yishi) yuzaga chiqadi. Intoksikatsion
psixoz karaxtlik va koma bilan birgalikda kuzatiladi.
Tarkibida yurak glikozidlari bo’lgan o’simliklar (misol uchun angishvona gul)
yurak o’tkazuvchanligi va ritmining buzilishiga olib keladi.
Ayrim o’simliklar tarkibida «jigar zaharlari» bo’lib, jigar funktsiyasini ishdan
chiqaradi. Bunday bemorlarda jigarning kattalashishi kuzatilib, teri sarg`ayadi,
gemorragik toshmalar toshadi. Zaharli o’simliklar orasida zaharli qo’ziqorinlar
alohida ahamiyatga ega, ular jigar va buyrakka zaharli ta`sir ko’rsatadi.
Qichitqi o’t toksik dermatitni chaqiradi, shunday bo’lsada ayrim xollardan
tashqari bunday ko’rinishdagi zararlanish ishsiz yo’qoladi.
O’simlik zaharlaridan o’tkir zaharlanishda ekzogen toksikozga qarshi kurash
usullari qo’llaniladi. Birinchi navbatda, o’z vaqtida organizmning ekstren
detoksikatsiyasi, simptomatik terapiyasi o’tkazilishi lozim.
Og`iz orqali zaharlanganda kasalxonaga borguncha oshqozonni zont orqali
yuvish va oshqozonga 80-100mg aktivlangan ko’mirning suv bilan yuborish katta
ahamitga ega, chunki ko’pchilik o’simlik zaharlari sorbtsiyalanish xususiyatiga ega.
YUrak zaharlari bilan zaharlanganda (ritm va o’tkazuvchanlikning yaqqol
buzilishlarida)
gemosorbtsiya
elektrostimulyatsiya
bilan
birgalikda
ishlatiladi.Gemosorbtsiya barcha og`ir zaharlanishlarda qo’llanilishi shart, chunki
bunday zaharlar yirik yoki og`ir molekulali bo’lib, biologik muhitdan sorbent
yordamida yaxshi tozalanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
59
Simptomatik davo choralari a`zolar funktsiyasini ta`minlab turishga asoslangan
bo’lib, ayrim hollarda antidot terapiyasi ham ishlatiladi.
O’simlik zaharlari bilan zaharlanganda 1-2 stakan osh tuzi qo’shilgan iliq suv
(0,5 choy qoshiq osh tuzi 1 stakan suvda eritiladi) va qayt qilinadi. Bu muolaja 3-4
marta qaytariladi. Sorbent sifatida 8%-100gr qotgan non yoki karbolen (4-5 tabletka)
ishlatish mumkin. Keyin ichni suruvchi ingliz tuzi eritmasi ( 30 gramm magniy sulfat
100ml suvda eritilib) beriladi.
O’simlik zaharlari bilan o’tkir zaharlanishni oldini olish uchun quyidagi
qoidalarga amal qilish kerak: notanish o’simlik va qo’ziqorinlarni, dalada qolib
ketgan kartoshka, don, loviya, no’xotlarni ovqatga ishlatmaslik, uyda vrach ruxsatisiz
o’simliklardan tayyorlangan damlama va qaynatmalarni ishlatmaslik, vrach buyurgan
dori vositalarining miqdorini o’zboshimchalik bilan oshirmaslik, bolalarga qo’ziqorin
va rezavorlarni terishga ruxsat bermaslik, odam o’z sog`ligini «ajoyib o’simliklar»ni
davo sifatida ishlatadigan tabiblarga ishonmasliklari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |