Pеshobdan dimеdrolni miqdorini aniqlash. Miqdoriy tahlilni olib borish
kislotali muhitda indikator “kislotali xromaton ko‘ki” bilan hosil bo‘lgan barqaror
rangga asoslangan .
Buning uchun ekstraktsiyalab olingan, so‘ngra porlatilgan quruq qoldiqni 1 ml
0,1 M xlorid kislotada eritib ustiga 10 ml xloroform qo‘shib o‘lchov probirkasiga
o‘tkaziladi. Olingan eritmaga 6,4 ml kislotali xromaton ko‘ki indikatoridan (2,63 g
indikator 1 litr suvda eritiladi) qo‘shib hajmini 20 ml bo‘lguncha suv qo‘shib 3
daqiqa yaxshilab chayqatiladi. Ajratib olingan xloroform qatlamini 567 nm da 10 mm
qalinligidagi kyuvеta yordamida optik zichligi o‘lchab olinadi. Standart shkala 0,05 –
0,3 mg oralig‘ida dimеdrol saqlangan xloroformli ekstrakt qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |