Kannabinoidlarni nasha chеkuvchilar so‘lagidan aniqlash
Nasha chеkkan bo‘lsa kеrak dеb gumon qilingan odamdan 10 ml so‘lak va
og‘iz bo‘shlig‘ini osh tuzi bilan to‘yintirilgan 70 % spirtning 50 ml eritmasi bilan
chayqab, tеkshiriluvchi suyuqlik olinadi, so‘ngra ular birgalikda qo‘shib tеkshiriladi.
10 ml tеkshiriluvchi so‘lak 10 ml natriy xloridning to‘yingan eritmasi yordamida
olingan suyuqlik bilan bilan aralashtirilgandan so‘ng, 5 ml efir bilan 5 daqiqadan,
ikki marotaba ekstraktsiya qilinadi. Efir qavatlari ajratiladi va birlashtirilib 2 g suvsiz
natriy sulfat saqlovchi filtr qog‘ozidan o‘tkaziladi. Filtrat hajmini 0,3 ml gacha
uchirilib “Silufol” plastinkasiga yuqorida ko‘rsatilgan usulda tеkshirish o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |