MЕKON KISLOTASINING TAHLILI
Ob’yektdan mеkon kislotasini kislotali muhitdan organik erituvchilar yordamida
ekstraktsiyalab erituvchi porlatilgach, qoldiq suvda eritiladi va filtrlanadi. Filtratni
qaynaguncha isitiladi va magniy oksidi qo‘shib, hosil bo‘lgan magniy mеkonati
issiqligicha filtrlanadi. Filtrat kam hajm qolguncha porlatilib, xlorid kislotasi eritmasi
bilan nordonlashtiriladi va aniqlanadi.
1. FeCI
3
bilan rеaksiyasi. 1-2 ml yuqoridagi eritmaga 2-3 tomchi 1% FeCI
3
eritmasi qo‘shilsa qizil-qon rang hosil bo‘ladi. Rang qizdirilganda o‘chib ketnasligi
kerak.
2. UB-spеktral tahlil. 210, 284 va 303 nm to`lqin uzunligida maksimal nur
yutish ko‘rsatkichlari namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |