Tok toʻgʻrilagich oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantiruvchi qurilma. Asosiy qismi ventil. Ventilning turiga qarab, kenotronlp, gazotronln, tiratronli, simobli, yarim oʻtkazgichli, elektr kontaktli



Download 0,51 Mb.
Sana26.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#705601
Bog'liq
Infokomunikatsiya tizimlarining elektr ta\'minoti 1-Mustaqil ish




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


INFOKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARINING ELEKTR TA’MINOTI


fanidan


Mustaqil ish

Bajardi:Turg’onboyev Botir Ziyadulla o’g’li


Kompyuter injiniringi ta’lim yo‘nalishi

PSI009-guruh guruh


Qabul qildi: k.o’qituvchi. F.M.Qodirov


Toshkent 2022


MAVZU: Bir taktli uch fazali to’g’irlagich sxemasi
Reja:


  1. To‘g‘rilagich nima ?

  2. Bir taktli to’g’irlagichlar

  3. Toʻgʻrilagich sxemasi



Toʻgʻrilagich , tok toʻgʻrilagich — oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantiruvchi qurilma. Asosiy qismi — ventil. Ventilning turiga qarab, kenotronlp, gazotronln, tiratronli, simobli, yarim oʻtkazgichli, elektr kontaktli; bir va uch fazali, bir va ikki yarim davrli T.larga boʻlinadi. T. avtomatika, telemexanika va radioapparatura hamda yuqori quvvatli sanoat qurilmalarini oʻzgarmas tok bn taʼminlashda ishlatiladi.
O‘zgarmas tokning nominal kuchlanishi – to‘g‘rilangan kuchlanishning texnikaviy talablar asosidagi o‘rtacha qiymati. Odatda filtrgacha kuchlanish U0 va filtrdan keyingi kuchlanish (yoki uning alohida qismlaridagi) – U. Shu to‘g‘rilagich oziqlantirishi kerak bo‘lgan qurilmalarga zarur kuchlanishning qiymati bilan belgilanadi.
To‘g‘rilangan nominal tok I0– to‘g‘rilangan tokning o‘rtacha qiymati,

ya‘ni uning tarkibidagi texnikaviy talablar asosidagi o‘zgarmas qismi. Shu to‘g‘rilagich oziqlantirishi kerak bo‘lgan qurilmalar barcha zanjirlarining natijaviy qiymati bilan belgilanadi.

Tarmoq kuchlanishi Utarmoq – to‘g‘rilagich ulangan o‘zgaruvchan tok tarmog‘i kuchlanishi. Bu kuchlanishning maishiy tarmoq uchun standart qiymati – yo‘l qo‘yiladigan 10%dan ortmagan tebranishlar bilan 220 volt.
Pulsatsiya – to‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanish yoki tokning o‘zgaruvchan qismi. Bu to‘g‘rilagichning sifat ko‘rsatkichidir.
Pulsatsiya chastotasi – to‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanish yoki tok tarkibidagi eng keskin ajralib turgan garmoniklarning chastotasi. Eng oddiy bitta yarim davrli to‘g‘rilagichning pulsatsiya chastotasi oziqlantiruvchi tarmoq chastotasiga teng. Ikkita yarim davrli, ko‘priksimon va ikkilantiruvchi kuchlanish to‘g‘rilagichlarida pulsatsiya chastotasi oziqlantiruvchi tarmoq chastotasining ikki baravariga teng.

Pulsatsiya koeffitsiyenti – to‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanish ѐki tok tarkibidagi eng keskin ajralib turgan garmonik amplitudasining kuchlanish yoki tokning o‘rtacha qiymatiga nisbati. Pulsatsiya koeffitsiyenti filtr kirishida (p0%) va filtr chiqishida (p %). Filtr chiqishida pulsatsiya koeffitsiyentining yo‘l qo‘yiladigan qiymati yuklamaning xarakteriga qarab belgilanadi.


Filtratsiya koeffitsiyenti – (silliqlash koeffitsiyenti), bu filtr kirishidagi pulsatsiya koeffitsiyentining filtr chiqishidagi koeffitsiyentga nisbati kc = p0/p. Filtr ko‘p zvenoli bo‘lganda Filtratsiya koeffitsiyenti ayrim zvenolar filtratsiya koeffitsiyentlarining ko‘paytmasiga teng.
To‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanishning tebranishi (nostabillik) – o‘zgarmas tok kuchlanishishining nominalga nisbatan o‘zgarishi. Stabilizatorlar bo‘lmaganda kuchlanish tebranishi tarmoq kuchlanishi o‘zgarishlari bilan aniqlanadi.
Toʻgʻrilagichlar uchun yuklamada sarf boʻladigan P0=U0I0 tok quvvati qiymatini bilish muhim. Lekin, toʻgʻrilagich tarmoqdan isteʻmol qiladigan oʻsha P0 quvvat , toʻgʻilagich sxemasiga bogʻliq boʻladi. Shuning uchun biz transformatordan foydalanish koeffitsiyenti КТР, transformator birlamchi va ikkilamchi choʻlgʻamlaridan foydalanish koeffitsiyentlari К1 va К2 haqida gapiramiz, chunki ular toʻgʻrilagichlarning iqtisodiy va energetik koʻrsatkichlarini aniqlaydi.

n1 n2 ga teng emas, u holda bu koeffitsiyentlar kuchli farq qiladi. Taqqoslash uchun bu koeffitsiyentlarni turli toʻgʻrilash sxemalari uchun koʻrib chiqamiz.


Taqqoslashlardan koʼrinib turibdiki, bir taktli toʼgʼrilagichlarda transformatorning ikkilamchi choʼlgʼami birlamchi choʼlgʼamga qaraganda yomon ishlatiladi, chunki bu transformatorlarda oʼzakning majburiy magnitlanishi mavjud. Bundan tashqari, agar n2>n1 boʼlsa, bu ham ikkilamchi choʼlgʼamlardan foydalanishni yomonlashtiradi. Koʼpriksimon sxemalarda oʼzakning majburiy magnitlanishi yoʼq, shuning uchun transformatordan va uning choʼlgʼamlaridan foydalanish koeffitsientlari bir xil. Bundan tashqari, koʼpriksimon ikki taktli sxemalarda ventilga qoʼyiladigan teskari kuchlanish ikki marta kichik boʼladi. Lekin, ularning kamchiligi koʼp ventillar sonidan foydalanishdir.



Toʼgʼrilash qurilmasi sxemasini tanlashda uning ekspluatatsion xususiyatlari va unga xarakterli boʼlgan toklar, kuchlanishlar, quvvatlar miqdoriy munosabatlari hisobga olinadi, chunki ular butun qurilmaning narxini, hajmini va ogʼirligini belgilaydi.
Turli sxemalarni nisbiy baholash barcha sxemalar uchun bir xil sharoitlarda olib boriladi. Shungacha biz toʼgʼrilagichni yoʼqotishlarsiz va aktiv yuklamada koʼrib chiqdik, toʼgʼrilash sxemalarnida yuklamaning boshqa turlarida tok va kuchlanishlar munosabatlari oʼzgaradi.
Toʼgʼrilash sxemalarining qoʼllanilish sohalari ruxsat etiladigan pulьsatsiyalar koeffitsienti, ventillar soni va transformatordan qanchalik yaxshi foydalanish orqali aniqlanadi.
Bir fazali bir taktli sxema soddaroq, yuklamada katta pulьsatsiya koeffitsenti ruxsat etilsa 15 Vt gacha chiqish quvvatlarida qoʼllaniladi. Uning afzalligi oddiyligi, elementlarning kamligi va transformatorsiz ishlash imkoniyati hisoblanadi. Kamchiliklari esa ft.k.ch pulsatsiya chastotasining kichikligi va KP pulsatsiya koeffitsientining kattaligi hisoblanadi.
Bir fazali koʼpriksimon sxema toʼgʼrilanadigan kuchlanish nisbatan katta boʼlmagan va yuklama toki esa katta boʼlgan hollarda 300 Vtgacha quvvatlarda qoʼllaniladi. Uning afzalliklariga pulьsatsiyalarning oshirilgan chastotasi, transformatordan yaxshi foydalanish, transformatorsiz ishlash imkoniyati, kamchiliklarga esa diodlar sonini koʼpligi (chunki bunda ketma−ket ulangan diodlarda kuchlanishning pasayishi ortadi) kiradi.

Bir fazali ikki taktli oʼrta nuqtali sxema kichik yuklama toklarida va yuqori toʼgʼrilanadigan kuchlanishlarda (koʼpriksimon sxemaga qaraganda U2 kuchlanishning bir xil qiymatlarida u 2 marta katta boʼladi), lekin kichik quvvatlarda (50Vt gacha) qoʼllaniladi. Bu toʼgʼrilash sxemasining avfzalliklariga diodlar sonining kamligi, pulьsatsiyalarning oshirilgan chastotasi, yuqori toʼgʼrilash kuchlanishi kiradi. Sxemaning kamchiliklariga transformatordan yomon foydalanish, uning tuzilishining murakkabligi, dioddagi yuqori teskari kuchlanish kiradi.


Oʼzgarmas tokning yetarlicha katta qiymatlarida koʼp fazali toʼgʼrilash sxemalardan foydalanish maqsadga muvofiq boʼladi. Oʼrtacha quvvatli toʼgʼrilagichlarda asosan uch fazali bir taktli Mitkevich sxemasi qoʼllaniladi. Uning afzalligi pulьsatsiyalarning kichik qiymati va katta chastotasi, ochiq diodda kuchlanishni pasayishining kichikligi kiradi, shuning uchun bu sxema kichik kuchlanishlarni toʼgʼrilashda qoʼllaniladi. Kamchiliklariga esa transformatordan yomon foydalanish, transformator oʼzagida majburiy magnitlanish mavjudligi, dioddagi katta teskari kuchlanish kiradi. Oʼzgarmas tokning katta quvvatlarda uch fazali ikki taktli Larionov sxemasi qoʼllaniladi. Uning afzalliklariga transformatordan yaxshi foydalanish, transformatorda majburiy magnitlanish yoʼqligi va transformator choʼlgʼamlarini istalgan sxemada ulash imkoniyatining borligi kiradi. Kamchiliklariga esa diodlar soni koʼpligini kiritish mumkin.
Murakkabroq toʼgʼrilash sxemalari juda kam qoʼllaniladi, chunki bunda ularning chiqish parametrlari sezilarli yaxshilanmaydi, harajat esa koʼp talab qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar




  1. Stantsiya va podstantsiyalarning elektr qismi. O’quv qo’llanma. Q.R. Allaev, I.H. Siddikov va boshq. O’z.ROO’MTV – T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2016. 304b.

  2. Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti (o’quv qo’llanma). M.S. Sapayev, F.M. Qodirov, U.T. Aliyev. O’z.ROO’MTV, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012 – 264 b.



  1. uz.wikipedia.org

  2. hozir.org

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish