Elektr zanjir
Zanjir so'zi bir necha bo'laklardan tashkil topgan qismlarning ulanishi (yig'ilishi) ma'nosini beradi. Elektr zanjir ham bir necha qismlardan iborat bo'ladi.
Tok manbai, elektr lampochka va kalitni bir-biri bilan o'tkazgich orqali ulaylik (37-a rasm). Kalit elektr lampochkani o'chirib-yoqish uchun kerak bo'ladi.
Elektr lampochka iste'molchi hisoblanadi. Xonadonimizdagi radio, televizor, muzlatgich, elektr isitgichlar ham elektr iste'molchilardir.
Tok manbai, o'tkazgich (ulovchi simlar), elektr iste'molchi va kalit eng sodda elektr zanjirini tashkil etadi.
Zanjirda elektr toki hosil bo'lishi uchun u berk bo'lishi kerak. 38-a rasmda elektr zanjirida kalitning ulangan holati, ya'ni zanjirning berk holati keltirilgan.
Odatda, elektr zanjir chizma tarzida tasvirlanadi.
Elektr zanjirdagi ele-mentning ulanish usullari tasvirlangan chizmalar elektr sxema deb ataladi. 37-b rasmda ochiq zanjirning va 38-b rasmda berk zanjirning elektr sxemalari tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |