Tohir Rossiyaga borib noqonuniy diniy tashkilot a’zolari targ‘iboti ta’siriga uchrab O‘zbekistonga qaytdi



Download 25,42 Kb.
Sana28.05.2022
Hajmi25,42 Kb.
#613825
Bog'liq
Din oraliq kazus


Kazus
Tohir Rossiyaga borib noqonuniy diniy tashkilot a’zolari targ‘iboti ta’siriga uchrab O‘zbekistonga qaytdi. U oila davrasida vatanini tark etib ketib, Qur’on va sunnat dasturilamal bo‘lgan mamlakatlardan biri bo‘lgan Suriyaga borish har bir musulmon zimmasida farz ekanini aytdi. Otasi esa O‘zbekiston chin ma’noda musulmonobod bir yurt ekanini ta’kidladi. Tohir bu yerda barcha ayollar hijob o‘ramasligi, soqol kabi sunnat amalarni bajarish, jamoat joylarida namoz o‘qish taqiqlanganini va eng asosiysi mamlakat boshlig‘i diniy ulamo bo‘lishi zarurligini aytib o‘tdi. Otasi bu borada farzandiga qanday dalillar keltirishni bilmay qoldi.

Javob
Yuqoridagi kazusimizga javob berishdan oldin biz davlat va din o‘rtasidagi munosabatga alohida va batafsil to‘xtalib o‘tishimiz lozim.


Bugungi zamonaviy dunyoda jahon tan olgan davlatlarning deyarli barchasi boshqaruvning demokratiya ko‘rinishini tanlashmoqda.Bunday ko‘rinishdagi davlatlarda xalq manfaatlari yetakchi o‘ringa chiqib ularning huquq va erkinliklari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Shu qatori din ham insonlarning shaxsiy ehtiyoji sifatida baholanib, ularga e’tiqod erkinligi taqdim etilgan. Demokratik yoki umuman rivojlangan davlatlarda din davlatdan ajratilgan hisoblanadi. Bunda davlat din ishlariga yoki aksincha, din davlat ishlariga aralashmagan holda mustaqil ravishda faoliyat olib boradi. Zamonaviy dunyo uchun bu yo‘l tabiiy holat deb qaraladi.
Bilamizki, diniy qarshlar har bir insonda turlicha shakllangan bo‘ladi. Shu sababli ham bugungi kunda din borasida yakdil fikr shakllanmagan. Mashhur faylasuf Senega aytganidek: “Din xalq uchun haqiqat, faylasuflar uchun yolg‘on, siyosatchilar uchun manfaatli”. Aynan shu sababli ham har bir davlat diniy masalalarga alohida, jiddiy tarzda e’tibor qaratishga harakat qiladi.
Rivojlanayotgan dunyoda din va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning alohida modellari ajratib qo‘yilgan. Bular: separatsion, identifikatsion va kooperatsion modellardir. Biz hozir aynan shu uch model haqida ozroq tushuncha berib o‘tishga harakat qilamiz.
Separatsion model – bu turdagi modelda din davlatdan ajratilgan holda faoliyat olib boradi. Bu model bugungi kundagi eng ommabop model deb atsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki yuqorida aytib o‘tganimizdek juda ko‘p davlatlar din borasida aynan shu model asosida ish ko‘rishni afzal biladilar. Bu modelni tanlagan davlatlarda fuqarolarning o‘zlari xohlagan dinga e’tiqod qilishi, yoki bo‘lmasa hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi kafolatlanadi. Shu jumladan, vatanimiz O‘zbekiston ham aynan ushbu model asosida diniy munosabatlarni tartibga solib boradi
Navbatdagi model bu – identifikatsion modeldir. Bunday modeldagi davlatlarda biror-bir din davlat dini darajasiga ko‘tariladi. Davlat boshqaruvi diniy qoidalar asosida bajariladi. Davlat boshlig‘i hamda diniy ulamo bir inson bo‘ladi. Uning hokimiyati daxlsiz deb e’lon qilinadi. Davlat ishlari diniy qoidalar asosida yuritiladi. Bu kabi davlatlarga Saudiya Arabistoni, Eron, Isroil kabi davlatlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Din va davlat munosabatlarini tartibga solishning so‘nggi modeli – Kooperatsion model. Bu tipdagi davlatlarda din davlatdan ajratiladi, ammo ma’lum bir sohalarda davlat va din o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib boradi. Bunday davlatlar sirasiga Germaniya, Belgiya kabi davlatlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Biz ko‘rib chiqayotgan kazusimizda ham aynan din va davlat munosabatlari haqida, shuningdek davlatning dinga nisbatan munosabati haqida bahs boradi. Ma’lumki vatanimiz O‘zbekiston yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, separatsion modelni tanlagan. Konstitutsiyamizning 31- moddasida aytilganidek, “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlar majburan singdirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi1. Bundan ko‘rinib turibdiki, bizning mamlakatda hech qaysi din davlat dini emas. Tohirning aytgan fikrlariga to‘xtaladigan bo‘lsak. Uning otasi Tohirga dalil sifatida birinchi navbatda konstitutsiyaning aynan shu moddasini keltirishi mumkin hamda o‘rinlidir. Agarda Tohir aytganidek siyosat davlatimiz tomonidan olib boriladigan bo‘lsa, birinchi navbatda demokratik tuzumga zid bo‘lib qolishi mumkin. Shuningdek, yurtimizda 130 dan ortiq millat va elatlarning mavjud ekanligi, ularning e’tiqodi turlicha bo‘lishligi ham bir qator muammolarni yuzaga keltirib chiqaradi.
Yuqoridagi kazusimizda Tohirning yurtimizda ayollarning hijob o‘ramasligi, erkaklarning esa soqol qo‘ymasligini iddao qilganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Vaholanki, bugungi kunda mamlakatimizda yuqoridagi iddaolar bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, yaqin-yaqingacha jamoat joylarida ibodat libosida yurganlik uchun javobgarlik mavjud edi. Ammo yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda ibodat libosida yurganlik uchun belgilangan javobgarlik olib tashlandi.
Albatta biz yuqorida aytib o‘tgan dalillarning barchasi o‘rinli va to‘g‘ri. Ammo masalaning boshqa tomonlari ham bor. Tohirning fikrlariga quloq solar ekanmiz, uning ongi anchagina zaharlanganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Otasi unga biz yuqorida aytib o‘tgan dalillarni aytishi mumkin, ammo Tohir bunday gaplarga quloq solmasligi ehtimoli ancha yuqori. Bunday holatda boshqacha yo‘l bilan ya’ni Tohir o‘zi qiziqadigan tilde unga dalillar keltirilsa o‘rinli bo‘ladi. Ya’ni din tomonlama.
Barchamiz yaxshi bilamizki, zamonaviy dunyoda musulmon kishi mo‘tadillik sifatlariga ega bo‘lishi lozimligi aytib o‘tiladi. Buning sababi, dinning dunyoviylashuvidir. Musulmon kishi dinga juda berilib ketmasligi, diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlarni ham egallab, mo‘tadil musulmon bo‘lishi kerakligi ko‘p bora ta’kidlanadi. Yuqoridagi vaziyatda Tohirning otasi unga aynan shu mo‘tadillik xususiyatini aytgan holda, Islom dinining muqaddas kitobi bo‘lmish Qur’oni Karimdan oyatlarni keltirishi mumkin. Ya’ni “Alloh taolo musulmon ummatining sifati haqida Qur’oni Karimning Baqara sur’asida: “Ana shunday qilib, odamlar ustidan guvoh bo‘lishingiz va Rasul ustingizdan guvoh bo‘lishi uchun sizlarni o‘rta ummat qildik” degan (143-oyat)”2. Ushbu oyatdan ham ko‘rinib turibdiki Alloh taolo har bir musulmonni o‘rta ummat qilganligini e’lon qilmoqda. Tohirga ham otasi aynan shuni aytib, o‘g‘liga dinga juda berilmagan holatda o‘rta ummat bo‘lishi lozimligini aytib o‘tishi to‘g‘riroq bo‘lar edi.
Mo‘tadillik haqida ozroq fikr yuritsak. Yuqoridagi oyatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, mo‘tadillikni o‘rta ummat bo‘lishlik deb olishimiz mumkin. Bir qancha ulamolarimiz o‘rta ummatlik ko‘p va ulkan ma’nolarni anglatishishini batafsil bayon qilganlar. Islom diniga sig‘inuvchi ummat haqiqattan ham to‘la ma’noda o‘rta - mo‘tadil ummat hisoblanadi. Bu yerda o‘rta deganda, yaxshilik va afzallik ma’nosi ham, mo‘tadil va adolatli degan ma’no ham va nihoyat, xissiyotda o‘rtalik ma’nosi ham tushunilaveradi. Tohirning otasi xuddi shu so‘zlarni dalil sifatida keltirib, Tohirdan xissiyotlarga berilmasligi kerakligini so‘rasa o‘rinli bo‘lar edi.
Biz yuqorida keltirib o‘tgan dalillarning foydasi tegmasligi ham mumkin. Shuning uchun dalillar qancha ko‘p va asosli bo‘lsa, Tohirning fikrini o‘gartirish birmuncha osonlashadi. Shu o‘rinda yana bir dalilni keltirib o‘tishimiz mumkin bo‘ladi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Ochiq xat” nomli kitobida mo‘tadillik haqida quyidagi fikrlar keltirib o‘tilgan. Ya’ni:
“Islom ummati e’tiqod va tasavvurda o‘rta, adolatli va afzal ummat hisoblanadi. Boshqa ba’zi ummatlarga o‘xshab, ruhiy tarafga og‘ib ketmaydi. Yoki yana boshqalarga o‘xshab, faqat moddiy narsalargagina e’tiqod qilmaydi. Balki inson o‘z tabiatidagi xususiyatiga qarab, ham ruhiy, ham moddiy jihatga o‘rtacha, adolatli, mo‘tadil va eng afzal munosabatda bo‘ladi.”3. Shunday ekan, Tohir ham o‘ta darajada dinga berilmasligi va o‘zining o‘rta ummat ekanligini unutmasligi lozim nazarimizda.
Xulosa qilib aytganda, Tohirning fikrlari no‘to‘g‘ri. Chunki bugungi kunda yurtimizda diniy bag‘rikenglikka juda kata e’tibor berilmoqda. Tohir ko‘rsatayotgan vajlar o‘rinli emas nazarimda. Chunki yurtimizda ibodat liboslari taqiqlanmagan. Hech qancday diniy cheklovlar mavjud emas. Har kim ovzi xohlagan dinga e’tiqod qilishi kafolatlab qo‘yilgan. Tohir borishni xohlayotgan mamlakatda esa insonga nisbatan shavqatsiz munosabatda b‘linayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Aynan Suriyada dinni niqob qilgan holda, bir qator ekstremistik guruhlar o‘zlarining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun dindan foydalanmoqda. Tohir ham aynan ularning tuzog‘iga tusshib qolgan bo‘lishi mumkin. Biz yuqorida keltirib o‘tgan dalillar esa Tohirning otasiga o‘g‘lining bildirayotgan fikrlari no‘to‘g‘ri ekanligini isbotlashga yetarli darajada yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi.

  2. Shermuhammedov K. “Islom niqobi ostidagi ekstremistik va terroristik uyushmalar”. Toshkent: “Movarounnahr”, 2018. – 120 bet.

  3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Ochiq xat”. “Hilol” nashriyoti. 2021-yil. 240 bet.

  4. G‘oyibnazarov Sh. “Islom terrorizmga qarshi” , Toshkent: “O‘zbekiston” – 2021. 318 bet.

1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 31-modda. “Toshkent – 2019”.

2 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Ochiq xat”. “Hilol” nashriyoti 2021-yil. 64-bet.

3 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf . “Ochiq xat”. “Hilol” nashriyoti. 2021 –yil. 65-bet.

Download 25,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish