O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
Akademik yozuv fanidan
Mustaqil ishi
Guruhi: 730-21 guruh
Bajardi: Ro’zimboyev Muxriddin
Tekshirdi: Hayitboyeva Nazokat
"Falak" qissasiga
Taqriz
Tohir Malik ijodidagi dastlabki asarlardan biri boʻlib, unda olis oʻtmish va zamonaviy ilm-fan texnika vositalari oʻzaro uygʻunlikda tasvirlanadi. Asar bosh qahramoni - biofizik olim Jahongir Aliyev. U dastlab doʻsti arxeolog Sultonning Andijon viloyati Buloqboshi tumanidan topgan toshtobut bilan qiziqib qoladi. Qizigʻi shundaki, bu tobutga ikki kishi ustma-ust dafn etilgan edi.
Asarning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, ilmiy-fantastika kundalik hayotdagi voqealar hamda olis oʻtmishda yuz bergan ayanchli taqdirlar qismatiga uygʻun holda tasvirlanadi.
Tobutdan murdalari chiqqanlar ikki sevishgan: Shamsibek va Mahfuzaning jasadlari edi. Biofizik olim Jahongir Aliyev "elalloma" deb ataladigan maxsus asbob yordamida ularning taqdiri bundan 5 asr muqaddam nima bilan tugagani bilishni istaydi va shu maqsadda murda ustida tajriba oʻtkazadi. Tajribalar shuni koʻrsatadiki, Shamsibek XV asrda Mirzo Ulugʻbek zamonida yashagan bir alkimyogar olim boʻlib chiqadi. Uning qarashlari oʻsha davr hayoti, ayniqsa, diniy ulamolar va mutaassib qalandar hamda eshonlar uchun shakkoklik ekanligi tufayli Shamsibek nohaq oʻldiriladi.
Asarda XV asrda yashagan Shamsibekka yaqindan yordam bergan shohning xos navkari Qamariddin, polvon yigit Gʻanimurod kabi ijobiy obrazlar hamda xato yoʻldan ketgan boyning oʻgʻli, sobiq tolibi ilm Mulla Abdulvahob kabi salbiy obrazlar bor.
Asarda tarixiy shaxslardan ulugʻ alloma va shahriyori zamon Mirzo Ulugʻbek, uning shogirdi Alouddin Ali Qushchi, Qozizoda Rumiyning nabirasi Miram Chalabiy ham qisman ishtirok etadilar. Ular Shamsibekning temirni oltinga aylantirish mumkinligi gʻoyasini maʼqullaydilar, bu ilmda katta kashfiyot boʻlishi mumkin, deb hisoblaydilar.
Asarning "Falak" deb atalishiga sabab Shamsibekning rafiqasi Mahfuza tikkan ajoyib mato xuddi Mirzo Ulugʻbek oʻrganayotgan sayyoralar va yulduzlar toʻla osmonni eslatgani uchun hamda shu kichik detal vositasida butun qissaning asosy mazmuni boʻlgan ilmni ulugʻlash ochib berilgani uchun ham shunda ataladi.
Yoshlarni zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan bahramand boʻlishga chorlash, ularni ulugʻ allomalarimiz qoldirgan boy ilmiy meros bilan tanishtirish, ilm olish yoʻlidagi mashaqqatlarni sabr bilan yengib oʻtishga chorlash, tarixdan toʻgʻri xulosa chiqarishga oʻrgatish asarning asosiy gʻoyasidir.
Erkin mavzu bo’yicha tezis yozish
Robototexnika
Anatatsiya: Ushbu Robototexnika insonlar tomonidan yaratilgan boʻlib , ular insonlar hayotini yaxshilashga , insonlarga qulaylik yaratish maqsadida yaratilgan.Bu esa odamlar hayotida juda asqotadi va yordam beradi.Robototexnika elektr qismlardan tuzilgan boʻlib , ma'lum bir vazifa asosida ishlaydigan maxsus qurulma desa ham boʻladi.
Kalit soʻzlar: Robototexnika , robotika , elektr qismlar
Robototexniaka ( muhandislik ) – bu robotlarni qurish , ulardan foydalanish, shuningdek ularni boshqarish, ma’lumotlani qayta ishlash shug’ullanidigan mexanika. Bugungi kunda robotlar uy sharoitida , biznesda va armiyada qo’llaniladi . Ko’pgina robotlar odamlarga bevosita ta’sir ko’rsatadigan vaziyatlarda xizmat qiladi. Birinchi bo’lib “robotika” so’zi 1941-yilda Ishoq Azimovning “Yolg’nchi “ ilmiy – fantastik hikoyasida ishlatilgan.”Robort” so’zi birinchi martda 1920-yilda chex yzuvchisi Karel apapek tomonidan ixtiro qilingan.Har bir robort elektr qisimlardan iborat. Ushbu qisimlar robort tizimlarini to’liq boshqaradi.Xozirgi kunga kelib robototexnika rivojlanib borayotgan sohalardan biri bo’lib kelmoqda.Bizga kelajakda robototexnika koʻp yordam beradi.Biz ulardan ya'ni robototexnikalardan koʻplab sohalarda foydalanishimiz , koʻplab sohalarga qoʻyllashimiz mumkin.Robototexnikalar bizni hayotimizni osonlashtiradi va koʻplab insonlarga juda koʻp foydasi tegadi.
Tezischi: Roʻzimboyev Muxriddin
Foydalanilgan adabiyot va saytlar:
Tohir Malikning "Falak" qissasi
www.robototexnika.com
Do'stlaringiz bilan baham: |