To‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq



Download 460,99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.01.2020
Hajmi460,99 Kb.
#32181
Bog'liq
283-сон 25.07.2000


06.01.2020  283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…

https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002

1/13

Hujjat 28.08.2002 sanasi holatiga



 

Amaldagi versiyaga o‘tish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI


RASMIY DAVLAT HUJJATLARINI TAYYORLASH, HISOBGA OLISH, SAQLASH, TOPSHIRISH HAMDA

ULARDAN FOYDALANISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

Rasmiy  davlat  hujjatlarini  tayyorlash  uchun  buyurtma  berish,  ularni  tayyorlash,  hisobga  olish,  saqlash,  topshirish  tartibini

takomillashtirish hamda bunday hujjatlarni g‘ayriqonuniy tayyorlash va ulardan foydalanish hollarining oldini olish maqsadida Vazirlar

Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Rasmiy  davlat  hujjatlarini  tayyorlashga  buyurtma  berish,  ularni  tayyorlash,  hisobga  olish,  saqlash  va  topshirish  tartibi

to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi

to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish)

tartibi to‘g‘risida Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2.  Rasmiy  davlat  hujjatlarini  tayyorlashga  buyurtma  berish,  ularni  saqlash,  hisobga  olish  va  hisobdan  chiqarish  hamda

topshirish vakolatiga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bir oy muddatda tegishli hujjatlarini mazkur qaror

talablariga muvofiqlashtirsinlar.

3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  huzuridagi  “Davlat  belgisi”  ishlab  chiqarish  birlashmasi  rasmiy  davlat

hujjatlarini buyurtmalar asosida muhofazalangan maxsus qog‘ozlarda tayyorlab bersin.

4.  Barcha  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari,  idoralar  va  tashkilotlar  o‘z  xodimlarining  rasmiy  hujjatlari  qonuniyligi  ustidan

nazoratni kuchaytirsinlar.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rasmiy

hujjatlarni  g‘ayriqonuniy  tarzda  tayyorlash  va  ulardan  foydalanish  holatlarini  o‘z  vaqtida  aniqlab,  qonunbuzarlarga  nisbatan  jinoiy

javobgarlikkacha bo‘lgan choralarni ko‘rsinlar.

6.  Mazkur  qarorning  bajarilishini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  O‘.T.  Sultonov  zimmasiga

yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2000-yil 25-iyul,

283-son


Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi

283-son qaroriga 

1-ILOVA

Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi



to‘g‘risida

NIZOM


I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom rasmiy davlat hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda “rasmiy hujjatlar” deb ataladi)tayyorlashga buyurtma berish,

ularni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibini belgilaydi.

2.  Mazkur  Nizomning  amal  qilishi  rasmiy  hujjatlar  blankalari  asl  nusxalarini  ishlab  chiquvchi,  ularga  buyurtma  beruvchi,

ularni tayyorlovchi, hisobga oluvchi, saqlovchi, topshiruvchi va hisobdan chiqaruvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga

joriy etiladi.

3.  Rasmiy  hujjatlar  blankalari,  shu  jumladan  bunga  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  vakolat  berilgan  matbaa  korxonalari

(keyingi o‘rinlarda “matbaa korxonalari” deb ataladi) tomonidan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab

chiqarilgan, qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi elementlari bo‘lgan maxsus qog‘ozda tayyorlanadi.

4.  1992-yilning  1-yanvaridan  so‘ng  berilgan  xorijiy  davlatlarda  ta’lim  olganlik  to‘g‘risidagi  hujjatlarning  tan  olinganligini

tasdiqlovchi  rasmiy  hujjatlar  shakli  Davlat  test  markazi  tomonidan  ishlab  chiqiladi  va  uning  buyurtmasiga  asosan  O‘zbekiston

Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasida muhofazalangan qog‘ozlarda tayyorlanadi.

5. Rasmiy hujjatlar muayyan seriyaga va tartib raqamiga ega bo‘lgan qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi.

Rasmiy  hujjatlar  blankalarini  tayyorlashga  mo‘ljallangan  qog‘oz,  yarim  tayyor  mahsulotlar,  tayyor  bosma  va  quyma



06.01.2020  283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…

https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002

2/13

ashyolar qat’iy hisobda turadigan ashyolar jumlasiga kiradi.



II. Rasmiy hujjatlar tayyorlashga buyurtmalarni rasmiylashtirish

6.  Rasmiy  hujjatlar  blankalarini  tayyorlash  vakolatli  vazirliklar,  idoralar  va  boshqa  tashkilotlarning  (keyingi  o‘rinlarda

“buyurtmachilar” deb ataladi) yozma buyurtmanomalari asosida matbaa korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.

7.  Matbaa  korxonalari  tomonidan  rasmiy  hujjatlar  blankalari  tayyorlashga  buyurtmalarni  rasmiylashtirish  buyurtmachida

seriyalari va tartib raqamlari majburiy ravishda ko‘rsatilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalar mavjud bo‘lgan taqdirdagina

amalga oshiriladi.



Oldingi tahrirga qarang.

8. Rasmiy hujjatlarni tayyorlashga barcha buyurtmalar tartib raqami qo‘yilgan, ip o‘tkazib tikilgan, muhr bilan tasdiqlangan,

matbaa  korxonasi  va  O‘zbekiston  matbuot  va  axborot  agentligi  rahbarlari  tomonidan  imzolangan  alohida  “Buyurtmalar  daftari”da

ro‘yxatdan o‘tkaziladi.



(8-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2002-yil  28-avgustdagi  305-sonli  qarori  tahririda  —

O‘R QHT, 2002-y. 15-16-son, 125-modda)

III. Matbaa korxonalarida rasmiy hujjatlarni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibiga qo‘yiladigan

talablar

9. Matbaa korxonalarida qat’iy hisobda turadigan buyumlarning saqlanishi va tezkor hisobga olinishini ta’minlaydigan qat’iy

tartib o‘rnatiladi.

10. Tartib talablariga rioya etish matbaa korxonasi barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.

11. Matbaa korxonasida tartibning tashkil etilishi va holati uchun rahbar va tartib bo‘yicha mas’ul shaxs javob beradi.

Matbaa korxonasida tartibning holati uchun mas’ul shaxs bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi.

12.  Ishlab  chiqarish  va  omborxona  binolarida  tartibga  rioya  qilish  uchun  tegishli  bo‘linmalarning  rahbarlari,  ularning

o‘rinbosarlari, ustalar, katta omborchilar va omborchilar javob beradilar.

13.  Maxsus  qog‘oz,  yarim  tayyor  mahsulotlar,  rasmiy  hujjatlar  blankalarining  tayyor  bosma  va  quyma  mahsulotlari

qoldiqlarining buxgalteriya hisobi tashkil etilishi uchun matbaa korxonasining bosh (katta) buxgalteri javob beradi.

Ko‘rsatib  o‘tilgan  mahsulotlarning  tezkor  hisobi  o‘z  vaqtida  va  to‘g‘ri  yuritilishi  uchun  sexlar  (uchastkalar)  boshliqlari,

ularning o‘rinbosarlari, ustalar, omborchilar hamda qat’iy hisobda turadigan maxsus qog‘oz, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma

va quyma mahsulotlarga ishlov berish, ularni saqlash va hisobga olish bilan bog‘liq boshqa shaxslar javob beradilar.

14. Qat’iy hisobda turadigan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma mahsulotlarga ishlov berish, ularni saqlash

bilan bog‘liq shaxslar tartib buzilishining barcha hollari to‘g‘risida matbaa korxonasi rahbariyatiga yoki tartibning holati uchun mas’ul

shaxsga, buxgalteriya hisobi buzilishi to‘g‘risida esa, shuningdek bosh (katta) buxgalterga yozma shaklda axborot berishlari kerak.

15. Daftarlardagi va boshqa hisobga olish hujjatlaridagi yozuvlar operatsiyalar sodir etilgan paytda yuritiladi. Aniqlangan

xato bitta chiziq bilan o‘chiriladi va uning tepasiga to‘g‘ri yozuv yozib qo‘yiladi. O‘chirib yozish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

16.  Matbaa  korxonasi  rahbari,  shuningdek  tartibning  holati  uchun  mas’ul  shaxs  qat’iy  hisobda  turadigan  mahsulotlarga

ishlov  berish  va  ularni  saqlash  bilan  bog‘liq  barcha  xodimlar  bilan  belgilangan  tartibni  o‘rganishni  tashkil  etadilar  hamda  bir  yilda

kamida bir marta jurnalga tegishli shaklda belgi qo‘ygan holda ushbu tartib bo‘yicha bilimlarni tekshiradilar. Qat’iy hisobda turadigan

mahsulotlarga  ishlov  berishga  yangi  xodim  qo‘yilishi  oldidan  uning  tartib  bo‘yicha  bilimlari  jurnalga  belgi  qo‘yilgan  holda  albatta

tekshiriladi.

17.  Omborxona  uchun  javob  beruvchi  moddiy  javobgar  shaxs  almashtirilgan  taqdirda  uning  zimmasida  bo‘lgan  qat’iy

hisobda turadigan mahsulotlarni berish matbaa korxonasi rahbari tomonidan tayinlanadigan va tasdiqlanadigan komissiya ishtirokida

dalolatnoma bo‘yicha amalga oshiriladi. Dalolatnoma korxona bosh buxgalteriga beriladi.

Omborxona ichidagi uchastka uchun javob beruvchi moddiy javobgar shaxs almashgan taqdirda uning zimmasida bo‘lgan

qat’iy  hisobda  turadigan  mahsulotlarni  topshirish  sex  boshlig‘ining  farmoyishi  bo‘yicha  amalga  oshiriladi  hamda  katta  usta  va  usta

ishtirokida dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

18.  Qat’iy  hisobda  turadigan  mahsulotlarga  ishlov  berish  va  ularni  saqlash  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  sexlar  binolarini,

ustaxonalar, bo‘limlar, yuk saqlanadigan joylar va omborxonalarni ochish tegishli bo‘linmalarning boshliqlari, o‘rinbosarlari yoki katta

smena  ustalari,  qo‘riqlash  vakili  hamda  moddiy  javobgar  shaxslar  ishtirokida  amalga  oshiriladi.  Eshiklar  ochilishidan  oldin

muhrlarning butunligi puxta ko‘zdan kechiriladi, qulflarning sozligi tekshiriladi.

Ikkita  moddiy  javobgar  shaxs  birgalikda  ishlashi  nazarda  tutilgan  qat’iy  hisobda  turadigan  yukxonada  saqlanadigan

mahsulotlarni  ochish  va  yopish  ular  hozir  bo‘lgan  taqdirda  amalga  oshiriladi.  Moddiy  javobgar  shaxslardan  biri  hozir  bo‘lmagan

taqdirda yukxonalarni ochish va yopish korxonadagi tartib uchun javob beruvchi shaxs ishtirokida bajariladi.

19. Ish tamom bo‘lgandan keyin sex binolari, ustaxonalar, bo‘limlar, yukxonalar va qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarga

ishlov  berish  va  ularni  saqlash  bilan  bog‘liq  omborxonalar  yong‘indan  saqlash  nuqtai  nazaridan  tekshiriladi,  qulflanadi  hamda

qo‘riqlash vakili hozirligida tegishli boshliqlar, o‘rinbosarlar, katta smena masterlari tomonidan muhrlanadi.

Yopilgan va muhrlangan binoning kalitlari maxsus shaklda qo‘riqlashga obyektni qabul qilib olish daftaridagi dasxat bilan

mas’ul shaxsga saqlash uchun topshiriladi.

20. Sexlar, ustaxonalar, bo‘limlar, yukxonalar va omborxonalarni avariyalar paytida sex boshliqlari va moddiy javobgar



06.01.2020  283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…

https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002

3/13

shaxslar hozir bo‘lmaganda ochish faqat matbaa korxonasi rahbari, uning o‘rinbosari yoki korxona bo‘yicha mas’ul navbatchining



ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish binolari va yukxonalarni ochishning bunday har bir holati dalolatnoma bilan

rasmiylashtiriladi hamda keyingi kuni komissiya ishtirokida qat’iy hisobda turadigan mahsulotlar mavjudligi tekshiriladi.

Qat’iy  hisobda  turadigan  mahsulotlar  kamomadi  aniqlangan  taqdirda  tegishli  shakldagi  dalolatnoma  tuziladi,  u  tegishli

chora-tadbirlar ko‘rish uchun tuzilgan zahoti matbaa korxonasi rahbariga yoki tartibning holati uchun mas’ul shaxsga beriladi.

21.  Qat’iy  hisobda  turadigan  buyumlarni  matbaa  korxonasi  hududidan  olib  chiqib  ketish  ishonchnoma  asosida  berilgan,

matbaa  korxonasi  rahbari  va  bosh  buxgalteri  yoki  ularning  o‘rinbosarlari  tomonidan  imzolangan  ruxsatnomalar  bo‘yicha  amalga

oshiriladi.

22. Qat’iy hisobda turadigan mahsulot ishlab chiqaradigan ixtisoslashtirilgan bosmaxonalar yoki maxsus uchastkalar tegishli

alohida qo‘riqchi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

23.  Qat’iy  hisobda  turadigan  mahsulot  tayyorlovchi  maxsus  uchastkalarda  yoki  ixtisoslashtirilgan  bosmaxonalarda

ishlaydigan  shaxslarni  kiritish  maxsus  doimiy  ruxsatnomalar  bo‘yicha  amalga  oshiriladi  (ruxsatnomaning  old  tomonida  rekvizitlar:

xodimning  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  ruxsatnomaning  tartib  raqami,  3x4  sm  o‘lchamdagi  surat,  guvohnomaning  amal  qilish

muddati, rahbarning imzosi va korxona muhri bo‘ladi).

Ruxsatnomalar  nazorat-o‘tkazish  punkti  kartotekasida  saqlanadi.  Xodim  ishga  kelganda  o‘zining  tartib  raqamini  aytadi,

qo‘riqchi  kartotekadan  ushbu  tartib  raqamli  ruxsatnomani  oladi,  shaxsni  surati  bilan  solishtiradi  va  shundan  keyingina  uni  maxsus

uchastka hududiga kiritadi (ruxsatnoma ish smenasi tugagungacha xodimda bo‘ladi).

Ish  tugagach  nazorat  o‘tkazish  punktidan  o‘tayotganda  xodim  ruxsatnomani  qo‘riqchiga  ko‘rsatadi,  qo‘riqchi  uni

kartotekaga biriktirib qo‘yadi.

24.  Maxsus  uchastkaga  xizmat  ko‘rsatuvchi  xodimlar  (chilangarlar,  elektrchilar,  santexniklar)  korxonaga  ularda

ruxsatnomalar byurosi tomonidan katta usta (usta)ning oldindan berilgan, matbaa korxonasi rahbari yoki korxonadagi tartib uchun

mas’ul  shaxs  imzolagan  yozma  buyurtmanomasi  asosida  beriladigan  maxsus  shakldagi  vaqtinchalik  ruxsatnoma  mavjud  bo‘lgan

taqdirda kiritiladi.

25. Korxonaga keluvchilar (buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar, loyihalash va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, energiya, bug‘

qozonxonalari  nazorati  vakillari  va  shu  kabilar)  maxsus  uchastka  yoki  maxsus  bosmaxona  hududiga  ma’muriyat  ruxsati  bilan

ruxsatnomalar  byurosi  tomonidan  beriladigan  bir  martalik  ruxsatnomalar  bo‘yicha,  shaxsini  tasdiqlovchi  hujjat  mavjud  bo‘lgan

taqdirda  kiritiladilar.  Ruxsatnomalar  byurosi  bo‘lmaganda,  ruxsatnomalar  matbaa  korxonasi  rahbari  tomonidan  maxsus

tayinlanadigan shaxs tomonidan beriladi. Ruxsatnomada uning amal qilish muddati, keluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning

borayotgan  joyi,  ruxsatnoma  berishga  asos  bo‘lgan  hujjatning  nomi  va  tartib  raqami,  matbaa  korxonasining  muhri  bo‘ladi.

Ruxsatnomada nazorat koreshogi bo‘ladi. Unda ham yuqoridagi rekvizitlar ko‘rsatiladi.

Koreshokli  bir  martalik  ruxsatnoma  keluvchiga  beriladi,  uni  berishga  buyurtmanoma  koreshoklar  daftarining  ruxsatnoma

“yirtib olingan” joyiga yopishtirib qo‘yiladi.

Korxonaga  kirayotganda  keluvchi  bir  martalik  ruxsatnomani  pasporti  (shaxsini  tasdiqlovchi  guvohnoma)  bilan  birga

qo‘riqchiga  ko‘rsatadi,  qo‘riqchi  bir  martalik  ruxsatnoma  koreshogini  yirtib  oladi  va  alohida  kartochkada  saqlaydi.  Chiqib  ketish

chog‘ida usta keluvchining ruxsatnomasiga chiqib ketayotgani to‘g‘risida (vaqtini ko‘rsatgan holda) belgi qo‘yadi. Qo‘riqchiga belgi

qo‘yilgan  ruxsatnoma  va  shaxsini  tasdiqlovchi  hujjat  ko‘rsatilgan  taqdirda  keluvchi  korxonadan  chiqariladi,  ruxsatnoma  esa

qo‘riqchidagi alohida kartochkada qoladi.

Keluvchining  uncha  katta  bo‘lmagan  bosmaxonaning  maxsus  uchastkasi  hududida  bo‘lishiga  uning  ma’muriyati  vakili

ishtirokida yo‘l qo‘yilishi mumkin. Sexlarda ishlamaydigan va ularga xizmat ko‘rsatmaydigan, shuningdek ustki kiyim-boshdagi va

xo‘jalik sumkalari bo‘lgan xodimlarning ushbu sexlarga, ustaxonalarga, omborxonalarga kirishi qat’iyan taqiqlanadi.

26. Qat’iy hisobda turadigan mahsulotlar tayyorlanadigan va saqlanadigan ixtisoslashtirilgan bosmaxona binosi yoki maxsus

uchastka derazalari maxsus to‘siqlar va qoidaga ko‘ra, avtomatik signalizatsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

27.  Tartib-qoida  talablariga  rioya  etilmagan  holda  qat’iy  hisobda  turadigan  qog‘ozlar,  chala  tayyor  mahsulotlar,  tayyor

matbaa va shaklli buyumlarning yo‘qolishiga hamda o‘g‘irlanishiga olib kelgan aybdor shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq

javobgarlikka tortiladilar.

IV. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan

chiqarish tartibi

28.  Vazirliklar,  idoralar,  korxonalar  va  tashkilotlarda  rasmiy  hujjatlar  blankalarini  qabul  qilish,  hisobga  olish,  saqlash  va

topshirish (jo‘natish) bo‘yicha moddiy javobgar shaxslar tayinlanadi. Bundan tashqari, ushbu hujjatlarni matbaa korxonasidan tashib

ketish uchun avtotransport vositasi biriktirib qo‘yiladi.

Agar  rasmiy  hujjatlar  blankalarini  qabul  qilish,  hisobga  olish  va  topshirish  (jo‘natish)  uchun  mas’ul  shaxslar  vaqtinchalik

bo‘lmagan yoki boshqa ishga o‘tgan taqdirda guvohnomalar blankalari aynan shu maqsadda tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan

imzolangan dalolatnoma bo‘yicha ushbu vazifalarni vaqtinchalik bajarayotgan shaxslarga berilishi kerak.

29. Matbaa korxonasidan rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilib olish buning uchun maxsus vakil qilingan mas’ul shaxs

tomonidan  amalga  oshiriladi  va,  qoidaga  ko‘ra,  tegishli  vazirlik,  idora,  korxona  va  tashkilotga  qarashli  avtotransportda  tashib

ketiladi.

30. Rasmiy hujjatlar blankalarini olish chog‘ida blankalar paketlari, to‘g‘ri joylanganligini aniqlash maqsadida, mas’ul shaxs



06.01.2020  283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…

https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002

4/13

tomonidan majburiy tartibda ko‘zdan kechiriladi, olingan o‘ramlar sonining ularning ilova qilinayotgan hujjatlarda ko‘rsatilgan soniga



muvofiqligi tekshirib ko‘riladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi.

31.  Matbaa  korxonasidan  olingan  rasmiy  hujjatlar  blankalari  belgilangan  joyga  yetkazib  kelingan  kuniyoq  ularni  hisobga

olish va saqlash uchun mas’ul shaxslar tomonidan rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish daftarida darhol kirim qilinadi.

Rasmiy  hujjatlar  blankalarini  hisobga  olish  daftarlari  aniq,  tushunarli  holda  va  qisqartirishlarsiz  to‘ldiriladi.  Daftarlarda

o‘chirib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yilgan xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.

Rasmiy hujjatlar daftarlari ip o‘tkazib bog‘langan, ularning varaqlariga tartib raqamlari qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Daftardagi

jami varaqlar soni daftarlarni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.

32.  Qat’iy  hisobda  turadigan  hujjatlar  hisoblanadigan  rasmiy  hujjatlar  blankalari  po‘lat  sandiqlarda  yoxud  yonmaydigan

shkaflarda va maxsus jihozlangan xonalarda saqlanishi kerak.

Ishdan tashqari vaqtda rasmiy hujjatlar joylangan po‘lat sandiqlar, yonmaydigan shkaflar, shuningdek, blankalarni saqlash

uchun maxsus jihozlangan xonalar muhrlangan yoki so‘rg‘ichlangan bo‘lishi kerak. Muhr yoki so‘rg‘ich rasmiy hujjatlar blankalarini

hisobga olish va saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda saqlanadi.

Rasmiy  hujjatlar  blankalari  saqlanayotgan  xonaga  kirishga  ularni  hisobga  olish  va  saqlash  uchun  mas’ul  bo‘lgan  shaxslar

haqlidirlar.  Rasmiy  hujjatlar  blankalari  saqlanayotgan  xonaga  ulardan  tashqari,  biroq  ularning  ishtirokida,  ko‘rsatib  o‘tilgan

shaxslarning to‘g‘ridan to‘g‘riva yuqori turuvchi boshliqlari kiritilishi mumkin.

33. Blankalarning etishmasligi yoki nuqsoni borlari (himoya kataklarining, bosma matnning yo‘qligi yoki buzilganligi, tartib

raqamlarining  takroriyligi  yoxud  boshqa  seriyalar  yoki  tartib  raqamlari  bo‘lgan,  qiyshaygan  shriftli,  noto‘g‘ri  kesilgan  va  noto‘g‘ri

shaklli,  seriya  va  tartib  raqamlari  yo‘q  bo‘lgan  yoki  paketlardagi  matbaa  korxonasining  yopishtirilgan  varaqchalariga  boshqacha

tarzda  nomuvofiq  bo‘lgan  blankalar)  aniqlangan  taqdirda  maxsus  komissiya  tomonidan  zarur  nusxada  dalolatnoma  tuziladi.

Dalolatnomaning  birinchi  va  ikkinchi  nusxalari  matbaa  korxonasining  yopishtirilgan  varaqchalari  va  nuqsoni  bor  blankalar  hamda

ilova  xat  bilan  yuqori  turuvchi  tashkilotga  (u  mavjud  bo‘lsa)  jo‘natiladi.  Bu  holda  dalolatnomaning  birinchi  nusxasi  matbaa

korxonasining yopishtirilgan varaqchasi va nuqsoni bor blankalar bilan yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tegishli xat bilan matbaa

korxonasiga  jo‘natiladi,  ikkinchi  nusxasi  esa  yuqori  turuvchi  tashkilotda  qoladi.  Dalolatnomaning  uchinchi  nusxasi  yopishtirilgan

varaqcha kseronusxasi bilan bevosita vazirlikda (idora, korxona, tashkilotda) qoldiriladi.

34. To‘ldirish chog‘ida buzilgan blankalar, eskirgan, topib olingan yoki yozuvlariga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan

almashtirish uchun topshirilgan bekor qilingan rasmiy hujjatlar, blankalarni qabul qilib olish uchun tuzilgan komissiya tomonidan, ikki

nusxada  tuzilgan  dalolatnoma  bo‘yicha,  har  yili  bir  marta  yo‘q  qilinadi,  ulardan  bir  nusxasi  albatta  yuqori  turuvchi  tashkilotga

jo‘natiladi. Yo‘q qilish yondirib yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

35.  Vazirliklar,  idoralar,  korxonalar  va  tashkilotlarda  rasmiy  hujjatlarni  saqlash,  hisobga  olish,  topshirish  va  hisobdan

chiqarish  tartibi  xususiyatlari  vazirliklar,  idoralar,  korxonalar  va  tashkilotlar  tomonidan  qabul  qilinadigan  hamda  rasmiy  hujjatlarni

saqlash,  hisobga  olish,  topshirish  va  hisobdan  chiqarish  bo‘yicha  mazkur  Nizomda  belgilangan  talablardan  iborat  bo‘lgan  maxsus

me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

36.  Rasmiy  hujjatlar  yo‘qolishi  yoki  o‘g‘irlanishining  har  bir  holati  bo‘yicha  yuqori  turuvchi  tashkilot  tomonidan,

blankalarning  yo‘qolishida  aybdor  bo‘lgan  shaxslarni  aniqlash  maqsadida,  darhol  xizmat  tekshiruvi  o‘tkaziladi,  zudlik  bilan  taftish

qilinadi  va  mavjud  blankalar  qoldiqlari  olib  tashlanadi,  shuningdek,  ularning  saqlanishini  ta’minlash  bo‘yicha  barcha  zarur  chora-

tadbirlar ko‘riladi.

Zarur hollarda, blankalarning yo‘qolishida aybdor bo‘lgan shaxslar bo‘yicha hujjatlar tergov organlariga topshiriladi.

Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga

buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga

olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risida

Nizomga 

ILOVA


Rasmiy davlat hujjatlari

I. Davlat gerbli guvohnomalari:

1. Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma

2. Nikohdan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma

3. Nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risida guvohnoma

4. Vafot etganlik to‘g‘risida guvohnoma

II. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti

2. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasida yashashga ruxsatnoma

III. Harbiy hisobga olish hujjatlari:

1. Chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi

2. Harbiy bilet



06.01.2020  283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…

https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002

5/13

3. Ofitserning shaxsiy guvohnomasi



4. Zaxiradagi ofitserning shaxsiy guvohnomasi

IV. Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar:

1. To‘liqsiz o‘rta ma’lumot to‘g‘risida shahodatnoma

2. O‘rta ma’lumot to‘g‘risida attestat

3. O‘rta maxsus va kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risida diplom

4. Oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom

5. Fan nomzodi yoki doktori diplomi

V. Huquq beruvchi yoki majburiyatlardan ozod qiluvchi hujjatlar:

1. Mehnat daftarchasi

2. Haydovchilik guvohnomasi

3. Nogironlik guvohnomasi

4. Urush qatnashchisi guvohnomasi

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi

283-son qaroriga 

2-ILOVA

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish)



tartibi to‘g‘risida

NIZOM


Umumiy qoidalar

1.  Mazkur  Nizom  O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonuniga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  xorijiy

davlatlarda  ta’lim  olganlik  to‘g‘risidagi  1992-yil  1-yanvardan  so‘ng  berilgan  hujjatlarni  tan  olish  hamda  ularni  nostrifikatsiyalash

(ekvivalentligini qayd etish) tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizom umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim hujjatlariga tegishlidir.

3.  Xorijiy  davlatlarda  ta’lim  olganlik  to‘g‘risidagi  hujjatlarni  tan  olish  deganda  vakolatli  davlat  organlarining  O‘zbekiston

Respublikasining butun hududida ushbu hujjatlarning qonuniy kuchga ega ekanligiga roziligi tushuniladi.

4. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) deganda vakolatli

davlat  organlari  tomonidan  ushbu  hujjatlar  egalari  tayyorgarligi  darajasi  muvofiqligini  belgilash  va  ularga  O‘zbekiston

Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga ega bo‘lgan shaxslarga berilgani kabi akademik va (yoki) kasbiy huquqlar berilishi

tushuniladi.

5.  Xorijiy  davlatlarda  o‘rta  maxsus  va  oliy  ta’lim  olganlik  to‘g‘risidagi  hujjatlarni  tan  olish  va  nostrifikatsiyalash

(ekvivalentligini  qayd  etish)  hamda  tegishli  guvohnoma  berish  bevosita  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi

Davlat  test  markazi  tarkibidagi  Kadrlar  tayyorlash  sifatini  nazorat  qilish,  pedagog  kadrlar  va  ta’lim  muassasalari  attestatsiyasi

boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma) tomonidan amalga oshiriladi (1-ilova).

Keyingi tahrirga qarang.

6. Xorijiy davlatlarning umumiy o‘rta ta’lim va uning quyi bosqichlari hujjatlarini tan olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan

ariza  va  ma’lumot  to‘g‘risidagi  hujjatning  asl  nusxasi,  uning  notarial  tasdiqlangan  davlat  tilidagi  tarjimasi  asosida  murojaat  qilingan

kundan  boshlab  eng  ko‘pi  bilan  ikki  hafta  muddatda  amalga  oshiriladi.  Komissiya  xulosasi  Boshqarmaga  yuboriladi  va  uch  kun

muddat ichida tegishli qaror qabul qilishga asos bo‘ladi. Komissiyalar butun o‘quv yili davomida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z ishi haqida

Boshqarmaga hisobot beradi.

Keyingi tahrirga qarang.

7. Kooperatsiya va (yoki) maqsadli o‘qitish (“Umid” jamg‘armasi tavsiyasi bilan, davlatlararo bitimlar orqali va boshqalar)

asosida xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi olingan hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash to‘g‘ridan to‘g‘ritekshiruvsiz amalga

oshiriladi va tegishli hujjat rasmiylashtiriladi.



Keyingi tahrirga qarang.

8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat test markazi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tegishli xorijiy davlatlarning davlat

ro‘yxatida turgan (legalizatsiya qilingan) o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotni oldindan hozirlab qo‘yishlari

shart.  Buning  uchun  yuqorida  nomlari  qayd  etilgan  idoralar  belgilangan  tartibda  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligi

hamda elchixonalar va vakolatxonalarga murojaat qilishlari mumkin.

Keyingi tahrirga qarang.

9. Xorijiy davlatlarda o‘rta maxsus va oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va ularning ekvivalentligini qayd

etish haqidagi arizaga (2-ilovaga muvofiq) quyidagilar ilova qilinadi:


06.01.2020  283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…

https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002

6/13

ma’lumot  to‘g‘risidagi  hujjat  va  uning  ilovasining  asl  nusxasi  (o‘tilgan  o‘quv  kurslari  va  ularning  hajmi,  yakuniy  baholar,



amaliyot, kurs va bitiruv malaka ishlari ro‘yxati, o‘quv jarayonining boshqa bajarilgan talablari ko‘rsatilishi lozim);

ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat va uning ilovasining O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi.



Keyingi tahrirga qarang.

10.  Boshqarma  ta’lim  olganlik  to‘g‘risidagi  hujjatda  ko‘rsatilgan  o‘quv  yurtining  o‘sha  davlatda  tegishli  ro‘yxatda

(legalizatsiya  ro‘yxatida)  borligini  tekshirib,  hujjatning  ilovasida  ko‘rsatilgan  fanlar  va  maxsus  kurslar  O‘zbekiston  Respublikasida

ushbu  yoki  unga  turdosh  yo‘nalishdagi  mutaxassisliklar  bo‘yicha  tasdiqlangan  o‘quv  dasturiga  mos  kelish-kelmasligini  (asosan

mutaxassislik fanlari bo‘yicha) aniqlaydi va eng ko‘pi bilan bir oy muddatda tegishli qarorini chiqaradi. Boshqarma lozim bo‘lgan

hollarda tegishli o‘quv yurti, mahalliy va xorijiy tashkilotlardan aniqlashtiruvchi hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.



Keyingi tahrirga qarang.

11.  Ariza  beruvchi,  shuningdek  o‘z  tayyorgarligi  haqida  boshqa  hujjatlarni,  jumladan,  ta’lim  olishning  keyingi  darajalari,

kasbiy  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  mumkinligi,  amaliy  tajriba  haqida  hujjatlarni  ham  taqdim  etishga  haqlidir.  Tan  olish  va

ekvivalentligini qayd qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimalari bilan

taqdim etiladi.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish jarayoniga qo‘yiladigan talablar

12. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish jarayoni xalqaro bitimlar va tavsiyalar, O‘zbekiston

Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining davlat ta’lim standartlari, me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

13. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish uchun:

ta’lim  to‘g‘risidagi  hujjatni  bergan  ta’lim  muassasasi  o‘zi  joylashgan  davlatning  vakolatli  organlari  tomonidan  tan  olingan

bo‘lishi;

ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan davlatda tan olingan bo‘lishi;

ta’lim  to‘g‘risidagi  hujjatning  tan  olinishi  O‘zbekiston  Respublikasi  bilan  davlatlararo  bitimlarda  ko‘zda  tutilgan

(kooperatsiya usuli yoki maqsadli o‘qitish yo‘li bilan olingan ta’lim bundan mustasno) bo‘lishi zarur.



Keyingi tahrirga qarang.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalashga qo‘yiladigan talablar

14.  Xorijiy  davlatlarda  ta’lim  olganlik  to‘g‘risidagi  hujjatlarni  nostrifikatsiyalashda  ushbu  davlatlarning  ta’lim  to‘g‘risidagi

hujjatlari tan olingandan keyin ularning O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlariga mosligi aniqlanadi.

Ekvivalentlikni qayd etish jarayoni maxsus ekspertiza orqali o‘tkaziladi.

15. Maxsus ekspertiza quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:

o‘quv rejalari va dasturlarining mazmuni hamda muvofiqligi;

kirish sinovlarining mavjudligi;

imtihonlar va sinovlar tizimi;

ta’lim oluvchining o‘qish davridagi baholari (erishgan natijalari, reytingi, o‘zlashtirishi);

o‘zlashtirilgan fanlar hajmi (fanlarning nomi va soatlar miqdori);

amaliyotning mavjudligi va uning davomiyligi;

yakuniy malaka attestatsiyasining mavjudligi va darajasi;

bitiruv malaka ishining mavjudligi;

qo‘shimcha ta’limning mavjudligi.

Olingan  bilimlar  va  tajriba  yakuniy  tayyorgarlik  nuqtai  nazaridan  o‘quv  rejalari  va  ta’lim  uslubiyatida  bo‘lishi  mumkin

bo‘lgan farqlarni e’tirof etgan holda baholanadi.

16. Ekvivalentlik to‘g‘risidagi xulosa quyidagilar asosida qabul qilinadi:

ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish to‘g‘risidagi ijobiy xulosa;

O‘zbekiston  Respublikasi  va  ta’lim  to‘g‘risidagi  hujjat  berilgan  mamlakatdagi  ta’lim  tuzilmasiga  qo‘yilgan  umumiy

talablarning mosligi;

ta’lim mazmunining mosligi to‘g‘risidagi ekspertizaning ijobiy xulosasi.

Ta’lim  to‘g‘risidagi  hujjatlarning  ekvivalentligi  haqidagi  O‘zbekiston  Respublikasi  tomonidan  imzolangan  xalqaro  va

davlatlararo bitimlar va shartnomalar mavjud hollarda ekvivalentlik to‘g‘risidagi xulosa mazkur xalqaro bitimlar va shartnomalarga

muvofiq amalga oshiriladi.

17.  Xorijiy  davlatlarda  ta’lim  olganlik  to‘g‘risidagi  hujjatlarda  ko‘rsatib  o‘tilgan  tayyorgarlik  sohasi  O‘zbekiston

Respublikasida  amalda  bo‘lgan  umumiy  o‘rta,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  va  oliy  ta’lim  yo‘nalishlari  ro‘yxatiga  mos  kelmasa

(kooperatsiya yo‘li bilan yoki maqsadli ta’lim olgan ariza beruvchining hujjatlari bundan mustasno) yoki o‘qitish hamda tayyorlash

O‘zbekiston Respublikasida olib borilmaydigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va sohalarda amalga oshirilgan bo‘lsa, mazkur

xujjatlarning ekvivalentligini qayd etish masalasi ekspertlardan iborat maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

18. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning ekvivalentligi to‘g‘risidagi salbiy xulosa quyidagi hollarda

qabul qilinishi mumkin:



06.01.2020  283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…

https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002

7/13

Keyingi tahrirga qarang.

xorijiy  davlatlarda  professional  ma’lumot  to‘g‘risida  hujjat  beradigan  ta’limning  umumiy  me’yoriy  davri  (to‘liq  o‘rta

ma’lumot olingandan keyin) O‘zbekiston Respublikasi ta’lim standartlarida nazarda tutilgan davrdan bir yildan kam bo‘lsa;

ta’lim  to‘g‘risidagi  hujjat  berilgan  mamlakatda  uning  egasiga  O‘zbekistondagiga  qaraganda  kam  akademik  va  (yoki)

professional  huquqlar  berilgan  bo‘lsa  (masalan,  hujjat  egasi  oliy  o‘quv  yurtlariga,  magistratura  yoki  doktoranturaga  kirish,

professional faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega emasligi);

ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilmagan ta’lim shaklida olingan bo‘lsa.

Keyingi tahrirga qarang.

19.  Xorijiy  davlatlarda  ta’lim  olganlik  to‘g‘risidagi  hujjatlarni  ekvivalentligini  qayd  etish  jarayoni  xalqaro  bitimlar  va

tavsiyalar, O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining davlat ta’lim standartlari, me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Boshqarmaga taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqish tartibi

20.  Hujjat  egasi  yoki  manfaatdor  tashkilot  ariza  (ilovaga  muvofiq)  va  boshqa  hujjatlarni  ushbu  Nizomning  9-bandiga

muvofiq Boshqarmaga taqdim etadi.

21. Boshqarma tan olish va ekvivalentligini qayd etish jarayoni uchun barcha zarur hujjatlar mavjudligini aniqlaydi va ushbu

materiallarni  vakolatli  ekspert  komissiyasiga  yuboradi.  Tan  olish  yoki  ekvivalentligini  qayd  etish  jarayoni  uchun  talab  qilinadigan

materiallardan birining yo‘qligi aniqlangan taqdirda hujjatlar ariza beruvchiga qaytariladi.

22. Ekspert komissiyalari Boshqarma tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi

hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli ta’lim yo‘nalish (mutaxassislik)lari bo‘yicha tashkil etiladi.

Ushbu komissiyalar tarkibiga yetuk olimlar va mutaxassislar kiradi. Komissiyalar faoliyatiga Boshqarma rahbarlik qiladi.

23.  Ekspertiza  davlat  ta’lim  standartlari,  ta’lim  muassasasini  o‘zlari  joylashgan  davlatlarda  belgilangan  tartibda

akkreditatsiya  qilish  haqidagi  hujjat,  ko‘rsatib  o‘tilgan  ta’lim  yo‘nalish  (mutaxassislik)lari  bo‘yicha  o‘quv  rejalari,  o‘qitilgan  o‘quv

fanlarining dasturlari, malaka tavsifnomalari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

24. Ekspert komissiyasi zarur hollarda (ta’lim muassasasining salohiyati va nufuzini mavjud hujjatlar asosida aniqlash imkoni

bo‘lmasa,  fanlar  ro‘yxati  va  hajmidagi  farqlar  mavjudligi  hamda  boshqa  hollarda)  ayrim  ta’lim  fanlari  bo‘yicha  maxsus  sinovlar

o‘tkazish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Boshqarmaga taklif kiritishi mumkin.

25.  Ekspert  komissiyasi  xorijiy  davlatlarning  ta’lim  to‘g‘risidagi  hujjatlarini  o‘rganib  chiqib,  zarur  hollarda  mazkur

Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan sinovlarni o‘tkazib, tegishli xulosa tayyorlaydi va uni Boshqarmaga taqdim etadi.

26. Boshqarma ekspert komissiyasining xulosasi va taklifini ko‘rib chiqib, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni ekvivalentligi yoki

uni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

27.  Ma’lumot  to‘g‘risidagi  hujjatning  ekvivalent  ekanligini  qayd  etilganligi  haqidagi  qaror  hujjatning  egasiga  maxsus

guvohnoma  berish  to‘g‘risida  tegishli  buyruq  chiqarishga  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Hujjat  egasining  ma’lumot  to‘g‘risidagi  hujjati

guvohnoma bilan birgalikda taqdim etilganda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga ega bo‘ladi.

28.  Tugallanmagan  ma’lumot  to‘g‘risidagi  hujjatni  tan  olish  haqidagi  guvohnoma  uning  egasiga  O‘zbekiston

Respublikasining tegishli darajadagi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim muassasasiga imtihonlar, yakuniy baholar va sinovlarni

hisobga  olgan  holda  o‘qishni  davom  ettirish  huquqini  beradi.  Bunda  xorijiy  davlatlar  tomonidan  berilgan  tugallanmagan  ta’lim

to‘g‘risidagi hujjat akademik ma’lumotnoma sifatida qabul qilinadi.

29. Ariza beruvchining hujjatlarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddati barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan

boshlab bir oydan oshmasligi kerak.

30. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish yoki ekvivalentligini qayd etish haqidagi guvohnoma shaxsan ariza beruvchiga yoki

uning topshirig‘iga binoan kerakli hujjatlarga ega bo‘lgan qonuniy vakiliga beriladi.

31.  O‘quv  rejalaridagi  tafovutlarni  topshirish  yoki  maxsus  sinovlardan  o‘tish  muddati  ariza  beruvchining  roziligi  bilan

belgilanadi. Sinovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun talab etiladigan vaqt mazkur Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan muddatga

kirmaydi.

32.  O‘rta  maxsus  va  oliy  ta’lim  to‘g‘risidagi  hujjatlarni  tan  olish  va  ekvivalentligini  qayd  qilish  to‘lov-shartnoma  asosida

amalga oshiriladi. To‘lov miqdori amaldagi belgilangan eng kam ish haqi miqdorida belgilanadi.

33.  Diplom  va  ekvivalentligini  qayd  etish  to‘g‘risidagi  guvohnoma  uning  egasiga  O‘zbekiston  Respublikasidagi  ta’lim

muassasasida navbatdagi bosqichda o‘qishni davom ettirish yoki kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beradi.

34. Tan olish va ekvivalentligini qayd etish natijalari yuzasidan shikoyat va arizalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi

qonunchiligi asosida ko‘rib chiqiladi.



Keyingi tahrirga qarang.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi

hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash

tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 

1- ILOVA

Fuqarolarning chet mamlakatlarda olgan kasb-hunar va oliy ta’lim diplomlarini nostrifikatsiya qilish



06.01.2020  283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…

https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002

8/13

TARTIBI


Keyingi tahrirga qarang.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi

hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash

(ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida

Nizomga 

2-ILOVA


Mazmuni

Muddati


(kunlarda)

Bajarish uchun 

mas’ullar

1.

Fuqarolarning chet mamlakatlarda olgan



kasb-hunar va oliy ta’lim diplomlarini

nostrifikatsiyalash uchun ariza va tegishli

hujjatlar Boshqarmaga topshiriladi.

Fuqarolar

2.

Ariza va hujjatlar fuqarolardan Boshqarma



tomonidan qabul qilib olinadi.

Hujjatlar 

topshirilgan kuni.

Davlat test markazi tarkibidagi Boshqarma.

2a.

Boshqarma lozim bo‘lgan hollarda tegishli



o‘quv yurti, mahalliy va xorijiy

tashkilotlardan o‘rganilayotgan ishga tegishli

aniqlashtiruvchi hujjatlarni so‘rab olishi

mumkin.


Davlat test markazi tarkibidagi Boshqarma.

3.

Fuqarolardan qabul qilib olingan ariza va



hujjatlar Boshqarma tomonidan ko‘rib

chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

Ko‘pi bilan 

bir oy muddatda.

Davlat test markazi tarkibidagi Boshqarma.


06.01.2020  283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…

https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002

9/13

Keyingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi

283-son qaroriga 

3-ILOVA


Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd

etish) tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvargacha fuqarolarga berilgan fan doktori va



nomzodi  diplomlari,  professor,  dotsent  va  katta  ilmiy  xodim  shahodatnomalari  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  haqiqiy

hisoblanadi.

2.  Xorijiy  davlatlar  attestatsiya  organlari  tomonidan  1992-yil  1-yanvardan  keyin  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari

hamda  O‘zbekiston  Respublikasida  doimiy  yashab  va  ishlab  turgan  chet  el  fuqarolariga  berilgan  ilmiy  daraja  haqidagi  hujjatlar

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  attestatsiya  komissiyasi  tomonidan  nostrifikatsiyalanadi  (qayta  attestatsiyadan  o‘tkazish  asosida

tenglashtiriladi).



Keyingi tahrirga qarang.

3. Ilmiy daraja haqidagi diplomlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida nostrifikatsiyalangan fuqarolar

O‘zbekiston Respublikasida oliy malaka haqidagi hujjat egalari uchun amalda qo‘llanilayotgan huquq va imtiyozlardan foydalanishga

haqlidirlar. Nostrifikatsiyalanmagan oliy malaka hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqiy hisoblanmaydi.



Keyingi tahrirga qarang.

4.  Ilmiy  darajalar  diplomlarini  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  attestatsiya  komissiyasida  nostrifikatsiya  qilish  uchun  1-

ilovaga muvofiq, 2-ilovadagi tartibda hujjatlar taqdim etiladi.

Keyingi tahrirga qarang.

5. Nostrifikatsiya uchun hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.



Keyingi tahrirga qarang.

Taqdim  etilgan  hujjatlarni  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  attestatsiya  komissiyasining  tegishli  soha  bo‘yicha  ekspert

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Davlat test markazi 

Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, 

pedagog kadrlar ta’lim muassasalari 

attestatsiyasi boshqarmasiga

 

 



A R I Z A

________________________________________________________________ ga 

berilgan___________________________________________________________

__________________________________________________________________ 

______________________________________________________________ ning 

tan olinishini, ekvivalent ekanligini qayd etish (nostrifikatsiyalash)ni iltimos qilaman.

__________________________________________________________________ 

Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:

1.

2.

3.



Ariza beruvchi

________________________________

________________________________

(imzo)


(hujjat egasining familiyasi, ismi va otasining ismi)

 

(xorijiy davlatlar ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning nomi) 



(manzil, telefon, faks) 

(berilgan vaqti va joyi)

(sanasi va davlat nomi)

(sana)


06.01.2020  283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…

https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002

10/13

kengashi ko‘rib chiqib, o‘z xulosasini beradi.



O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Hay’ati ekspert kengashi xulosasi va ilmiy-attestatsiya bo‘limi fikri

asosida o‘z tavsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati muhokamasiga taqdim etadi.

Taqdim etilgan hujjatlar, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Hay’ati qarori bilan tegishli

ilmiy muassasa yoki ixtisoslashgan kengashga jamoaviy taqriz uchun yuborilishi mumkin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining oliy malaka haqidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash

to‘g‘risidagi  qarori  qabul  qilingan  kundan  e’tiboran  ushbu  hujjatlar  O‘zbekiston  hududida  kuchga  kiradi.  Hujjat  egalariga  Oliy

attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasining ilmiy darajalar diplomlari beriladi.

Keyingi tahrirga qarang.

7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida ilmiy daraja haqidagi diplomlarni nostrifikatsiyalash muddatlari

fan doktori ilmiy darajasi diplomi uchun 3 oydan, fan nomzodi ilmiy darajasi diplomi uchun 2 oydan oshmasligi kerak. Zarur hollarda

ushbu  hujjatlarni  ko‘rib  chiqish  muddati  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  attestatsiya  komissiyasi  Hay’ati  qarori  bilan  3  oygacha

uzaytirilishi mumkin.

Keyingi tahrirga qarang.

8.  Ilmiy  daraja  haqidagi  diplomlarni  tenglashtirish  masalalari  yuzasidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  attestatsiya

komissiyasi Rayosati chiqargan qarordan norozi bo‘lgan da’vogar qaror chiqqan kundan boshlab ikki oy mobaynida O‘zbekiston

Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.



Keyingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik

to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va

nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish)

tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 

1-ILOVA


Ilmiy daraja diplomini nostrifikatsiyalash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga

yuboriladigan attestatsiya ishi hujjatlarining

RO‘YXATI

1.  Da’vogar  ishlayotgan  tashkilot  rahbari  (agar  u  ishlayotgan  bo‘lsa)  imzolagan  yo‘llanma  xat  yoki  da’vogarning  imzosi

notarial  tasdiqlangan  arizasi  (1  nusxa).  Xatda  (arizada)  da’vogar  qachon  va  qaysi  davlatda  ilmiy  daraja  diplomini  olganligi,

dissertatsiya mavzui, qaysi ixtisoslik bo‘yicha himoya qilganligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

2.  Dissertatsiyani  xorijiy  davlatlarda  himoya  qilish  yuzasidan  ilmiy  ish  tayyorlangan  tashkilot  rahbarining  tegishli

ixtisoslashgan  kengashga  murojaatnomasi  (aspirant  va  doktorantlar  uchun  esa  —  ularni  chet  elda  aspirantura  va  doktoranturada

o‘qishga yuborish uchun buyruq) nusxasi hamda agar ilmiy ish O‘zbekistonda tayyorlangan bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasi Oliy

attestatsiya  komissiyasi  dissertatsiyaning  xorijiy  davlatlarda  himoya  qilinishiga  ruxsat  berib,  xorijiy  davlatlar  Oliy  attestatsiya

organlariga yuborgan yo‘llanma xatining nusxasi.

3. Ilmiy daraja diplomining notarial tasdiqlangan nusxasi.

4. Ish joyidan tasdiqlangan xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa (1 nusxa).

5.  Da’vogarning  familiyasi,  ismi  va  otasining  ismi  (pasport  bo‘yicha),  shuningdek,  dissertatsiya  himoyasi  o‘tgan

muassasaning  hamda  ixtisoslik  nomining  da’vogar  tomonidan  imzolangan  va  ilmiy  kotib  imzosi  bilan  tasdiqlangan  o‘zbekcha  va

inglizcha shakllari (1 nusxa).

6. Mehnat daftarchasidan ko‘chirma.

7. Da’vogar himoya qilgan dissertatsiya nusxasi va ikki nusxa avtoreferat.

8. Da’vogar ilmiy ishlarining da’vogar tomonidan imzolangan va ish joyidan tasdiqlangan ro‘yxati (1 nusxa).

9. Da’vogarning ilmiy jurnallarda e’lon qilingan maqolalari nusxalari.

10. Ro‘yxatdan o‘tkazish-hisobga olish varaqasi (1 nusxa).

11. Attestatsiya ishidagi hujjatlar ro‘yxati (1 nusxa).



Keyingi tahrirga qarang.

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik

to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va

nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish)

tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 

2-ILOVA


06.01.2020  283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…

https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002

11/13

Keyingi tahrirga qarang.


06.01.2020  283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…

https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002

12/13


06.01.2020  283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…

https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002



13/13

Download 460,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish