TO’G’RI GEOMETRIK SHAKLDAGI JISMLARNING ZICHLIGINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: har xil geometrik shakldagi jismlarning massasini elektron tarozi yordamida o’lchab va hajmini ularning chiziqli o’lchamli orqali aniqlab, moddalarning zichligini topishdan iborat.
Kerakli asbob va materiallar: turli geometrik shakldagi jismlar, shtangenserkul, mikrometr, elektron tarozi.
NAZARIY QISM
Zichlik deb, moddaning birlik hajmiga to’g’ri kelgan massasiga aytiladi. Zichlik (ro) harfi bilan belgilanadi. Moddaning zichligi uning massasini tarozi yordamida tortish va hajmini geometrik o’lchash usuli bilan aniqlash bu kattaliklarning qiymatlarini
formulaga keltirib qo’yib hisoblash mumkin yo’li bilan topish mumkin. Agar jism biror oddiy geometrik shaklga ega bo’lsa, jismning hajmi uning chiziqli o’lchamlarini o’lchash orqali aniqlanadi. Bu ishda aniq geometrik shaklga ega bo’lgan moddalarning zichligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |