Uy ishi
Tog’ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi 5 sm, katetlaridan birining gipotenuzadagi proeksiyasi 1,8 sm. Ushbu uchburchakka ichki chizilgan aylananing radiusi necha sm?
Tog’ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi 10 sm ga, gipotenuzaga tushirilgan balandlik ajratgan kesmalarning biri 3,6 sm ga teng. Uchburchakka ichki chizilgan aylananing radiusini toping.
) Muntazam uchburchakning bissektrisasi 21 ga teng. Bu uchburchakka ichki chizilgan aylana radiusini toping.
Tog’ri burchakli uchburchakka ichki chizilgan aylananing urinish nuqtasi gepotenuzadan uzunliklari 3 va 10 ga teng kesmalar ajratadi.Uchburchakning yuzini toping.
Katetlari 40 va 30 ga teng bo’lgan to’g’ri burchakli uchhburchakka ichki chizilgan aylananing radiusini toping.
Uchburchak uchlaridan unga ichki chizilgan aylananing urinish nuqtalarigacha bo’lgan masofalar mos ravishda 2; 3 va 5 ga teng. Shu uchburchakning perimetrini toping.
To’g’ri burchakli uchburchakka ichki chizilgan aylananing urinish nuqtasi gipotenuzani 7 va 3 ga teng kesmalarga ajratadi. Uchburchakning yuzini toping.
Muntazam uchburchakning medianasi 24 ga teng. Unga ichki chizilgan doiraning yuzini toping.
Aylananing O markazi to’g’ri burchakli ABC uchburchakning AC gepotunuzasida yotadi. Uchburchakning katetlari aylanaga urinadi. Agar OC kesmaning uzunligi 4 ga, C nuqtadan CB katetning aylana bilan urinish nuqtasigacha bo’lgan masofa 3 ga teng bo’lsa, CB ni toping.
Teng yonli uchburchakning balandligi 20, asosining yon tomoniga nisbati esa 4
: 3 kabi. Shu uchburchakka ichki chizilgan aylananing radiusini toping
Radiusi 4 ga teng bo’lgan doiraga gipotenuzasi 26 ga teng to’g’ri burchakli uchburchak tashqi chizilgan. Shu uchburchakning perimetrini toping
To’g’ri burchakli uchburchakka ichki chizilgan aylana urinish nuqtasida katetlardan birini to’g’ri burchak uchidan boshlab hisoblaganda 6 va 10 ga teng kesmalarga ajratadi. Uchburchakning perimetrini toping
To’g’ri burchakli uchburchakka ichki chizilgan aylananing markazidan gipotenuza uchlarigacha bo’lgan masofalar √ 5 va √ 10 ga teng. Gipotenuzaning uzunligini toping
ABC uchburchakning AB, BC va AC tomonlari mos ravishda 4; 5 va 6 ga teng. AB va BC tomonlarga urinadigan aylananing markazi AC tomonda yotadi. Aylananing markazi AC tomondan ajratgan kesimlarning uzunliklari ko’paytmasini toping
Uchburchak tomonlarining uzunliklari arifmetik progressiyani tashkil etadi. Kattaligi bo’yicha o’rtacha tomonga tushirilgan balandlik 10 ga teng bo’lsa, ichki chizilgan doiraning radiusi qancha?
To’g’ri burchakli uchburchakka ichki chizilgan aylana urinish nuqtasida katetlardan birini to’g’ri burchak uchidan boshlab hisoblaganda 6 va 10 ga teng kesmalarga ajratadi. Uchburchakning perimetrini toping.
To’g’ri burchakli uchburchakning to’g’ri burchagi uchidan tushurilgan balandlik va mediana to’g’ri burchakni uchta teng qismga ajratadi. To’g’ri burchakning uchi hamda balandlik va mediananing gipotenuza bilan kesishgan nuqtalardan hosil bo’lgan uchburchakning yuzi 2√ 3 ga teng. Berilgan uchburchakka ichki chizilgan doiraning yuzini toping.