To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi omborxonaning bo‘yi 24 m, eni 13 m va hajmi 3432 m3 . Uning balandligini toping.
11 m B) 12 m C) 13 m D) 14 m
Atirsovunning o‘lchamlari 8 sm, 4 sm va 2 sm. Sovun ishlatilganda har kuni uning hajmi 4 sm3 ga kamayib boradi. Sovundan necha kun foydalanish mumkin?
14 kun B) 15 kun C) 16 kun D) 17 kun
Yog‘och taxtaning bo‘yi 6 m, eni 2 dm va qalinligi 25 sm. 1 dm3 taxtaning massasi 650 g ekani ma’lum bo‘lsa, taxtaning massasini toping.
19500 g B) 195 kg C) 1950 kg D) 19050 g
Aluminiydan o‘lchamlari 7 sm, 10 sm va 12 sm bo‘lgan, to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi detal tayyorlandi. 10 sm3 hajmdagi aluminiy parchasining massasi 27 g bo‘lsa, detalning massasini toping.
226800 g B) 22680 g C) 226 kg D) 2268 g
Kvadratning tomonlari 31 dm bo‘lsa, perimetri va yuzini toping.
124; 311 B) 120; 441 C) 124; 961 D) 310; 961
To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi tomorqaning eni 70 m va bo‘yi 80 m. Uning yuzini toping va arda ifodalang.
5600 ar B) 56 ar C) 5,6 ar D)0,56 ar
O‘lchamlari 6 dm, 12 dm va 17 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzini hisoblang.
756 dm2 B) 378 dm2 C) 512 dm2 D) 324 dm2
To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi, bo‘yi 21 m, eni 13 m va chuqurligi 3 m bo‘lgan o‘ra qazish kerak. Buning uchun qancha hajmdagi tuproqni qazib chiqarish kerak bo‘ladi?
102 B) 216 C) 819 D) 945
Devorning balandligi 3 m, uzunligi 30 m va qalinligi 40 sm. G‘ishtning o‘lchamlari: 30 sm, 15 sm, 10 sm. Devorni qurishga nechta g‘isht kerak bo‘ladi?
4000 B) 5500 C) 7200 D) 8000
Qirrasi 6 dm bo‘lgan kub sirtining yuzi va hajmini toping.
216; 216 B) 18; 512 C) 36; 576 D) 96; 600
Fermer xo‘jaligida 270 t paxta hosilining 7/9 qismi terildi. Qancha paxta terilgan?
60 t B) 210 t C) 240 t D) 255 t
15 ning 3/5 qismini toping.
25 B) 6 C) 9 D) 3
Aziza 320 betlik kitobning sakkizdan uch qismini o‘qidi. U kitobning hecha betini o‘qigan? Kitobning yana necha beti hali o‘qilmagan?
120; 200 B) 150; 170 C) 160; 160 D) 180; 140
Ozoda xola 20 ta quymoq pishirdi. Aziza quymoqlarning o‘ndan uch qismini, Nargiza o‘ndan to‘rt qismini, Dilnoza o‘ndan bir qismini yedi. Qancha quymoq qoldi?
7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
323 ning 5/17 qismini toping.
85 B) 95 C) 105 D) 115
3/5 qismi 315 ga teng bo’lgan sonni toping.
505 B) 515 C) 525 D) 535
Ishchi 24 ta detal tayyorladi. Bu kunlik rejaning 3/8 qismini tashkil qiladi. Ishchi bir kunda reja bo‘yicha nechta detal tayyorlashi kerak?
9 B) 40 C) 56 D) 64
c ning qanday qiymatlarida c/13 kasr 4/13 kasrdan katta, lekin 10/13 kasrdan kichik bo‘ladi?
5,6,7,8,9 B) 4,5,6,7,8,9 C) 5,6,7,8,9,10 D) 4,5,6,7,8,9,10,11,12
Sayyoh 27 km yo‘l bosdi. Bu butun yo‘lning 3/5 qismini tashkil qiladi. Sayyoh manzilga yetib borishi uchun yana necha kilometr yo‘l bosishi kerak?
45 B) 18 C) 27 D) 36
To‘g‘ri to‘rtburchakning eni 48 sm bo‘lib, u perimetrining 3/16 qismini tashkil qiladi. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yini toping.
256 B) 128 C) 110 D) 80
Massasi 4/15 kg bo‘lgan pomidorga 7/15 kg bodring va 2/15 kg piyoz qo‘shib salat tayyorlandi. Salatning massasini toping?
9/15 B) 11/15 C) 13/15 D) 15/15
Ishchilar birinchi kuni buyurtmaning 4/9 qismini, ikkinchi kuni esa 3/9 qismini bajarishdi. Ikki kunda ishchilar buyurtmaning qancha qismini bajardilar?
7/9 B) 2/9 C) 5/9 D) 9/9
Begzod pulining 4/7 qismiga kitob va 2/7 qismiga daftar xarid qildi. Begzodda pulning qancha qismi qoldi?
6/7 B) 3/7 C) 2/7 D) 1/7
Malika 14 kunlik qishki ta’tilning 5 kunini buvisinikida, qolgan qismini uyida o‘tkazdi. U ta’tilning qanday qismini uyda o‘tkazgan?
5/14 B) 9/14 C) 7/14 D) 3/14
Agar 1 kg pistaning 1/5 qismini yog‘ tashkil qilsa, 20 kg pista yog‘i olish uchun necha kilogramm pista kerak bo‘ladi?
100 B) 4 C) 25 D) 500
Ekilgan 150 ta pomidor ko‘chatining 120 tasi unib chiqdi. Ko‘chatning qanday qismi unib chiqmagan?
1/10 B) 1/5 C) 1/15 D) 1/25
Qaymoqning 1/5 qismini yog‘ tashkil qiladi. 20 kg qaymoqda qancha yog‘ bor?
100 B) 25 C) 4 D) 10
Yanvar oyida 11 kun qor, 6 kun yomg‘ir yog‘di. Oyning qanday qismida havo ochiq bo‘lgan?
17/31 B) 16/31 C) 15/31 D) 14/31
Bir haftada oila 18 ta non iste’mol qildi. Bir kunda oila iste’mol qilgan nonni kasr ko‘rinishida ifodalang.
7/18 B18/7 C) 18/5 D) 11/18
Halima 35 minutda 2 km yurdi. U 1 minutda yurgan yo‘lni kasr ko‘rinishida ifodalang.
2000/35 B) 35/2 C) 2/35 D) 25/35
Do'stlaringiz bilan baham: |