To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi omborxonaning bo‘yi 24 m, eni 13 m va hajmi 3432 m



Download 50 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi50 Kb.
#571308
Bog'liq
5-SINF TEST 2-QISM


  1. To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi omborxonaning bo‘yi 24 m, eni 13 m va hajmi 3432 m3 . Uning balandligini toping.

  1. 11 m B) 12 m C) 13 m D) 14 m

  1. Atirsovunning o‘lchamlari 8 sm, 4 sm va 2 sm. Sovun ishlatilganda har kuni uning hajmi 4 sm3 ga kamayib boradi. Sovundan necha kun foydalanish mumkin?

  1. 14 kun B) 15 kun C) 16 kun D) 17 kun

  1. Yog‘och taxtaning bo‘yi 6 m, eni 2 dm va qalinligi 25 sm. 1 dm3 taxtaning massasi 650 g ekani ma’lum bo‘lsa, taxtaning massasini toping.

  1. 19500 g B) 195 kg C) 1950 kg D) 19050 g

  1. Aluminiydan o‘lchamlari 7 sm, 10 sm va 12 sm bo‘lgan, to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi detal tayyorlandi. 10 sm3 hajmdagi aluminiy parchasining massasi 27 g bo‘lsa, detalning massasini toping.

  1. 226800 g B) 22680 g C) 226 kg D) 2268 g

  1. Kvadratning tomonlari 31 dm bo‘lsa, perimetri va yuzini toping.

  1. 124; 311 B) 120; 441 C) 124; 961 D) 310; 961

  1. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi tomorqaning eni 70 m va bo‘yi 80 m. Uning yuzini toping va arda ifodalang.

  1. 5600 ar B) 56 ar C) 5,6 ar D)0,56 ar

  1. O‘lchamlari 6 dm, 12 dm va 17 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzini hisoblang.

  1. 756 dm2 B) 378 dm2 C) 512 dm2 D) 324 dm2

  1. To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi, bo‘yi 21 m, eni 13 m va chuqurligi 3 m bo‘lgan o‘ra qazish kerak. Buning uchun qancha hajmdagi tuproqni qazib chiqarish kerak bo‘ladi?

  1. 102 B) 216 C) 819 D) 945

  1. Devorning balandligi 3 m, uzunligi 30 m va qalinligi 40 sm. G‘ishtning o‘lchamlari: 30 sm, 15 sm, 10 sm. Devorni qurishga nechta g‘isht kerak bo‘ladi?

  1. 4000 B) 5500 C) 7200 D) 8000

  1. Qirrasi 6 dm bo‘lgan kub sirtining yuzi va hajmini toping.

  1. 216; 216 B) 18; 512 C) 36; 576 D) 96; 600

  1. Fermer xo‘jaligida 270 t paxta hosilining 7/9 qismi terildi. Qancha paxta terilgan?

  1. 60 t B) 210 t C) 240 t D) 255 t

  1. 15 ning 3/5 qismini toping.

  1. 25 B) 6 C) 9 D) 3

  1. Aziza 320 betlik kitobning sakkizdan uch qismini o‘qidi. U kitobning hecha betini o‘qigan? Kitobning yana necha beti hali o‘qilmagan?

  1. 120; 200 B) 150; 170 C) 160; 160 D) 180; 140

  1. Ozoda xola 20 ta quymoq pishirdi. Aziza quymoqlarning o‘ndan uch qismini, Nargiza o‘ndan to‘rt qismini, Dilnoza o‘ndan bir qismini yedi. Qancha quymoq qoldi?

  1. 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta

  1. 323 ning 5/17 qismini toping.

  1. 85 B) 95 C) 105 D) 115

  1. 3/5 qismi 315 ga teng bo’lgan sonni toping.

  1. 505 B) 515 C) 525 D) 535

  1. Ishchi 24 ta detal tayyorladi. Bu kunlik rejaning 3/8 qismini tashkil qiladi. Ishchi bir kunda reja bo‘yicha nechta detal tayyorlashi kerak?

  1. 9 B) 40 C) 56 D) 64

  1. c ning qanday qiymatlarida c/13 kasr 4/13 kasrdan katta, lekin 10/13 kasrdan kichik bo‘ladi?

  1. 5,6,7,8,9 B) 4,5,6,7,8,9 C) 5,6,7,8,9,10 D) 4,5,6,7,8,9,10,11,12

  1. Sayyoh 27 km yo‘l bosdi. Bu butun yo‘lning 3/5 qismini tashkil qiladi. Sayyoh manzilga yetib borishi uchun yana necha kilometr yo‘l bosishi kerak?

  1. 45 B) 18 C) 27 D) 36

  1. To‘g‘ri to‘rtburchakning eni 48 sm bo‘lib, u perimetrining 3/16 qismini tashkil qiladi. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yini toping.

  1. 256 B) 128 C) 110 D) 80

  1. Massasi 4/15 kg bo‘lgan pomidorga 7/15 kg bodring va 2/15 kg piyoz qo‘shib salat tayyorlandi. Salatning massasini toping?

  1. 9/15 B) 11/15 C) 13/15 D) 15/15

  1. Ishchilar birinchi kuni buyurtmaning 4/9 qismini, ikkinchi kuni esa 3/9 qismini bajarishdi. Ikki kunda ishchilar buyurtmaning qancha qismini bajardilar?

  1. 7/9 B) 2/9 C) 5/9 D) 9/9

  1. Begzod pulining 4/7 qismiga kitob va 2/7 qismiga daftar xarid qildi. Begzodda pulning qancha qismi qoldi?

  1. 6/7 B) 3/7 C) 2/7 D) 1/7

  1. Malika 14 kunlik qishki ta’tilning 5 kunini buvisinikida, qolgan qismini uyida o‘tkazdi. U ta’tilning qanday qismini uyda o‘tkazgan?

  1. 5/14 B) 9/14 C) 7/14 D) 3/14

  1. Agar 1 kg pistaning 1/5 qismini yog‘ tashkil qilsa, 20 kg pista yog‘i olish uchun necha kilogramm pista kerak bo‘ladi?

  1. 100 B) 4 C) 25 D) 500

  1. Ekilgan 150 ta pomidor ko‘chatining 120 tasi unib chiqdi. Ko‘chatning qanday qismi unib chiqmagan?

  1. 1/10 B) 1/5 C) 1/15 D) 1/25

  1. Qaymoqning 1/5 qismini yog‘ tashkil qiladi. 20 kg qaymoqda qancha yog‘ bor?

  1. 100 B) 25 C) 4 D) 10

  1. Yanvar oyida 11 kun qor, 6 kun yomg‘ir yog‘di. Oyning qanday qismida havo ochiq bo‘lgan?

  1. 17/31 B) 16/31 C) 15/31 D) 14/31

  1. Bir haftada oila 18 ta non iste’mol qildi. Bir kunda oila iste’mol qilgan nonni kasr ko‘rinishida ifodalang.

  1. 7/18 B18/7 C) 18/5 D) 11/18

  1. Halima 35 minutda 2 km yurdi. U 1 minutda yurgan yo‘lni kasr ko‘rinishida ifodalang.

  1. 2000/35 B) 35/2 C) 2/35 D) 25/35

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish