Nisbiy indeksli adreslash.
Ba’zi mashinalarda adreslashda adres ikkita registr qiymati va ko’chirishni yig’indisidan olinadi. Bunday yondashuv nisbiy indeksli adreslash deyiladi. 1-registr baza, 2-registr indeks. Uning qulayligi sikldan tashqarida R5 registrida A elementi adresini saqlab, R6 da B elementini saqlab, LOOP siklining dastlabki 2 komandasini quyidagicha o’zgartirisimiz mumkin
LOOP: MOV R4,(R2+R5)
AND R4,(R2+R6)
Stekli adreslash.
Yuqorida aytilganidek, mashina komandalarini iloji boricha qisqa yozish kerak. Uning oxirgi chegarasi adressiz yozilgan komandadir. Adrsssiz komandalarstekbo’lganda ishlatish mumkin.
Teskari yozuvni matematik yozuvga o’zgartirish oson. Buning uchun teskari yozuvni chapdan o’qib borish va har bir operanddan keyin bir amal belgisini qo’yib borish lozim. Agar kelgan simvol konstanta yoki o’zgaruvchi bo’lsa, uni stekka joylashtirish lozim. Agar simvol arifmetik amal bo’lsa, stekning yuqorigi 2 elementi bilan shu amalni bajarish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |