Toʻgʻonlar yordamida suvni yigʻish va saklash uchun quriladigan sunʼiy suv havzasi



Download 22,73 Kb.
bet1/2
Sana01.06.2022
Hajmi22,73 Kb.
#628239
  1   2
Bog'liq
Suv ombori


Suv ombori — toʻgʻonlar yordamida suvni yigʻish va saklash uchun quriladigan sunʼiy suv havzasi. Kompleks foydalanishga moʻljallangan Suv ombori xalq xoʻjaligidagi bir qancha tarmoqlar (sugʻorish, suv taʼminoti, elektr energiyasi, kemachilik, baliqchilik, toshqinlarga qarshi kurashish va boshqalar) ehtiyojini qondiradi. Yil davomida daryo oqimlarining oʻzgarib turishi va uning hudud boʻylab notekis taqsimlanganligi Suv ombori barpo etishga zarurat tugʻdiradi. Suv ombori oqimni fasllar va yillar boʻyicha tartibga soladi, kanal va boshqa suv oʻtkazish inshootlari bilan birga hududlar boʻylab qayta taqsimlashga imkoniyat yaratadi.
Suv ombori katta xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgani sababli 20-asr oxiriga qadar Yevropa, Osiyo, Afrika, Shim. va Jan. Amerika, Avstraliya va Okeaniyada 130 dan ortiq juda yirik suv omborlari barpo etilgan. Tanzaniyadagi OuyenFols (hajmi 250 km³, suv yuzasi maydoni 69000 km²), Kanadadagi Daniel Jonson (tegishlicha 142, 1940); Rossiyadagi Bratsk (169; 5500) Suv ombori jahondagi eng yirik suv omborlari hisoblanadi.
Oʻrta Osiyo hududida suv omborlari, asosan, ekinzorlarni sug'orish, energetika va suv taʼminotini yaxshilash uchun quriladi. Oʻrta Osiyo hududida 75 ta Co. mavjud (2004). Ularning yalpi umumiy hajmi qariyb 50 mlrd. m³. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yirik suv omborlari (Toʻxtagʻul, Qayroqqum, Chordara, Chorvoq, Norak, Tuyamoʻyin va boshqalar) qurilgan. Suv omborlari qurilishi natijasida Oʻzbekistonda 4,3 mln.ga dan ortiq yerda sugʻorma dehqonchilik qilish, suv resurelaridan gidroenergetika va baliqchilik maqsadlarida yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
Suv xoʻjaligi maqsadlarida barpo etiladigan Suv omborining toʻliq hajmi Z qismdan: foydalanib boʻlmaydigan (ishlatilmaydigan), foydali va rezerv (jadal boʻshatiladigan) hajmdan iborat. Foydalanib boʻlmaydigan hajm toʻliq hajmning bir qismi boʻlib, normal ish sharoitlarida oqimni tartibga solish uchun ishlatilmaydi; uning balandligi foydalanib boʻlmaydigan sath hajmi deyiladi. Bu satxdan yuqoridagi suv foydali hajm (yoki quyilish prizmasi)ni hosil qiladi. Foydali hajmga mos keladigan suv sathi normal sath deyiladi. Normal satxdan yuqorisi rezerv suv hajmi hisoblanadi, suv tashlagich inshootlari orqali toshqin suvlarini oʻtkazib yuborishga xizmat qiladi. So. daryo oqimini mavsumiy va koʻp yillik tartibga soladigan turlarga boʻlinadi. Mavsumiy tartibga soladigan Co. aniq yillik toʻlish va sarflanish sikliga ega. Oqimni koʻp yillik tartibga soluvchi So. sersuvlik yillarida ortiqcha suvni yigʻib, suv kam boʻlgan yillarda esa yigʻilgan suvdan foydalanishga imkon beradi. Oʻrta Osiyo hududidagi So. dan sugʻorish mavsumida suv foydalanib boʻlmaydigan hajm darajasigacha olinadi. Koʻpincha vegetatsiya davrida mavsumiy tartibga solinadigan Suv omborining foydali hajmi toʻla ishlatiladi.
Havzaning joylashishiga qarab daryo oʻzanidagi (toʻgʻon oʻzanni va vodiydagi oqimning bir qismini toʻsadi) va toʻldiril ad i gan Suv omboriga (oʻzandan chetdagi tabiiy yoki sunʼiy havzadan foydalaniladi) boʻlinadi. Suv omboridagi asosiy inshootlar — toʻgʻon (suvni toʻsuvchi), suv chiqargich (suvdan foydalanuvchilarga suv berish) va ehtiyot tashlama (ortiqcha suvni chiqarib yuborishni taʼminlaydi). Toʻldiriladigan Suv omborida, bulardan tashqari, havzani chegaralovchi dambalar, suv keltirgich va chiqargich kanallar ham boʻladi.

Download 22,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish