Reptiliyalar nima? Reptiliyalar (sudralib yuruvchilar) — sovuq qonli mavjudot, aksariyatining terisi muguzsimon tangachalar bilan qoplangan. Ular o’pkasi yordamida nafas oladi, tana harorati o’zgarib turadi. Tuxum qo’yib ko’payadi. Reptiliyalarning to’rt turi bor: toshbaqalar (dengiz va quruqlikdagi), timsohlar, gatteriylar (tumshuqboshlar) va kaltakesak hamda ilonlar (tangachali). Sudraluvchilarning eng yirigi Janubiy Amerikada yashaydigan anakonda ilonidir. Uning o’rtacha uzunligi 7-8 metr, hatto 10 metr keladiganlari ham uchraydi. Timsoh eng ta’sirchan va «ko’rkam» reptiliyadir. U Afrika, Osiyo va Avstraliyada yashaydi. Reptiliyalarning ayrim turlari favqulodda zaharli va xavfli. Masalan, zaharli ilonlarni Yevropa janubidagi tog’u toshlarda ham uchratish mumkin. Rossiyadagi eng zaharli ilon kulrang gadyukadir, u chaqsa nobud qiladi. Zaharsiz suvilon dunyo bo’yicha keng tarqalgan bo’lib, uni gadyukadan ajratish oson, boshi tuxumsimon cho’zinchoqh (gadyukaniki uchburchaktob), terisining surati oddiy.
Reptiliyalar sinfining umumiy tavsifi. Sudralib yuruvchilar qushlar va sut emizuvchilar singari quruqlikda hayot kechiradi. Ayrim vakillari ikkilamchi suvda yashashga o’tgan. Bu 3 ta sinf vakillarining tuxumi ichki urug’lanadi va quruqlikda ko’payadi. Faqat ayrim sut emizuvchilar suvda rivojlanadi. Ularning embrional rivojlanishida murtak parda paydo bo’ladi.
Sudralib yuruvchilar – yuqori tabaqali umurtqalilarning yoki aminotalarning birinchi tuban sinfidir. Gavdasida yaxshi ajralib turgan bo’yin bo’limi bor. Aksariyat ko’pchiligida yaxshi rivojlangan besh barmoqli oyoqlari bo’ladi. Terisi quruq bo’lib, epidermisi kuchli shoxlangan. Terisi shox tangachalar, qalqonchalar yoki pantsir bilan qoplangan. Skeleti to’liq suyakdan tashkil topgan. Bosh skeletining ensa qismida bitta ensa bo’rtmasi bor.
Tana umurtqalaridan qobirg’alar chiqib, ularning oldingi uchlari bilan qorin tomonda qo’shiladi va ko’krak qafasini xosil qiladi. Oldingi miya yarim sharlari yaxshi rivojlangan va ularning qopqog’ida kulrang modda bo’ladi. Nafas olish organi bo’lib, umrbod o’pka xizmat qiladi va nafas olish akti ko’krak qafasining kengayishi xamda torayishi natijasida yuzaga keladi.
Yuraklari uch kamerali lekin ko’pchiligining yurak qorinchasi to’liq bo’lmagan parda bilan bo’lingan bo’ladi. Vena sinusi va arterial konuslari yo’q. Ajratish organi bo’lib chanoq buyragi metanefros xizmat qiladi. Urug’lanish ichki, taraqqiyoti metamorfossiz o’tadi. Yurak qorinchasida aralash qon bo’lganligi sababli sudralib yuruvchilarning gavda temperaturasi o’zgaruvchan bo’lib, tashqi muxit temperaturasiga bog’liq bo’ladi.
Sudralib yuruvchilarning tuzilishi tez kaltakesak – Lacerta agilis misolida ko’rib chiqamiz.
Teri qoplag’ichlari. Amfibiyalarning teri qoplag’ichlaridan keskin farq qiladi va xavo muxitida yashashga moslashgan belgilarga ega. Epidermisining tashqi qavati shox tuzilmalar-tangacha va qalqonchalar bilan qoplangan. Bularning shakli, soni va joylashishi sudralib yuruvchilarni aniqlashda katta ro’l o’ynaydi.
Kaltakesaklarning terisi tanaga yopishib turadi. Terida bezlar yo’q. Faqat kaltakesakrlarning sonlarini ichki tomonida qator joylashgan son teshikchalar bo’ladi. Bu teshikchalardan ko’payish vaqtida ipsimon moddalar eshilib chiqadi. Skeleti deyarli to’liq suyakdan tashkil topgan bo’lib, umurtqa pog’onasi skeletiga, bosh skeletiga, erkin oyoqlar skeletiga va ularning kamar skeletlariga bo’linadi.
Umurtqa pog’onasi to’rtta bo’limga bo’linadi: bo’yin, ko’krak, bel dumg’aza va dum. Umurtqalarning tanasi oldingi tomonda botiq, keyingi tomonida bo’rtib chiqqan (protsel) bo’ladi.
Kaltakesaklarning bo’yin bo’limida 8 ta umurtqa bo’lib, ulardan birinchi 2ta umurtqasi xamma amniotalardagi singari o’ziga xos tuzilgan. Birinchi bo’yin umurtqasi atlas yoki atlant deb ataladi. Atlasi suyak xalqa shaklida bo’lib, yupqa pay bilan ustki va pastki qismiga bo’lib turadi. Ustki teshikdan orqa miya o’tsa, pastki teshikdan ikkinchi bo’yin umurtqasi – epistrofeyning tishsimon o’simtasi atrofida aylanadi.
Kaltakesakning ko’krak-bel bo’limlari 22 ta umurtqadan iborat. Ularning xammasi qobirg’alar bilan tutashadi. Kaltakesakning to’shi tog’aydan tuzilgan.
Dumg’aza bo’limi ikkita umurtqadan iborat bo’lib, bularning ko’ndalang o’simtalariga chanoq kamarining yonbosh suyaklari birikib turadi.
Dum bo’limi bir qancha umurtqalardan tashkil topgan. Dum umurtqalari dumning uchiga borgan sari o’simtalarni yo’qotib, kalta-kalta suyakchalarga aylanadi. Dum umurtqalarning tanasi yupqa pay bilan oldingi va keyingi bo’limlarga ajralib turadi. Kaltakesaklar xaf tug’ilganda (dumdan ushlanganda yoki dumi bosilganda) dumlarini shu joyidan uzib tashlab ketadi va qaytadan dum tikalanadi.
Bosh skeleti koplovchi suyaklarning ko’pligi bilan xarakterlanadi va suyaklar bosh skeletining yoni, tagi va ustini tashkil qiladi. Ensa teshigi atrofida to’rtta ensa suyak, ikkita yon, bitta ustki va bitta asosiy ensa bo’rtmasi bor. Asosiy ensa suyagiga oldingi tomondan asosiy ponasimon suyak qo’shilib turadi. Bu suyak xamma aminotalardagi singari miya qutisining tagini, asosini tashkil qiladi. Parasfenoid suyagi esa rudiment-qoldiq xolda bo’ladi. Eshitish organi atrofida faqat bitta oldingi quloq suyagi bor. Miya qutisining ustidan tepa, peshona va burun suyaklari, yon tomonidan jag’aro, ustki jag’, manglay oldi, yosh, ko’z usti, ko’z orqa suyagi, tangacha, chakka, yonoq suyaklari qoplab turadi.
Tanglay kvadrat tog’ayining elementlaridan kvadrat suyagi xosil bo’ladi. Qoplovchi suyaklardan tanglay, qanotsimon pog’onasimon suyaklar va sudralib yuruvchilarga xarakterli bo’lgan ko’ndalang suyaklar bo’ladi. Pastki jag’ tishsimon burchak va qo’shilish suyaklaridan tashkil topadi.
Erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeleti amfibiyalarning shu skeletlaridan unchalik printsipial farq qilmaydi, faqat tish suyagining ustida tish usti suyagi bo’ladi.
Muskul sistemasi. Muskul sistemasi yaxshi takomillashgan bo’lib, muskullarning metamer joylashishi yo’qolib ketadi. Xamma amniotalardagi singari qobirg’alararo muskul yuzaga keladi va bu muskul nafas olish mexanizmida katta rol o’ynaydi.
Nerv sistemasi va sezuv organlari amfibiyalarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Oldingi miya yarim sharlari nisbatan katta va qopqog’ida kul rang modda bor.
Oraliq miya ustki tomonidan ko’rinmaydi. Kaltakesakda yaxshi rivojlangan va tuzilishi jixatidan ko’zga o’xshagan tepa organi bo’ladi. Bu organ yoruqlikni sezadi. Miyacha kuchli rivojlangan.
Xid bilish organi o’rta qismida xidlov organi bo’limlariga bo’linganligi xarakterlidir.
Eshituv organi ichki va o’rta quloqdan iborat. Ko’zlarida xarakatchan qovoqlar bo’ladi. Ko’zning oldingi burchagida o’rta qovoq xam bor.
Ovqat xazm qilish organlari. Kaltakesaklarning ovqat xazm qilish yo’li og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Og’iz bo’shlig’ining tagida xarakatchan muskulli til joylashadi. Og’iz bo’shlig’i nisbatan uzungina qizilo’ngachga va oshqozonga ochiladi. Oshqozondan boshlangan ichak ingichka va yo’g’on ichaklarga bo’linadi. Bularning chegarasida qo’richak kurtagi bor. Jigarning ut suyuqligi va oshqozon osti bezlarining chiqarish yo’llari ingichka ichak bo’shlig’iga ochiladi.
Nafas olish organlari. Nafas olish yo’llari ko’proq takomillashganligi bilan amfibiyalarning nafas olish yo’llaridan farq qiladi. Xiqildoq teshigi traxeyaga ochiladi. Traxeya talaygina tog’ay xalqalaridan iborat bo’lib, oxirida ikkita bronxga bo’linadi. Bronxlar xaltasimon o’pkalarga kiradi. Nafas olish akti ko’krak qafasining kengayishi va torayishi yo’li bilan sodir bo’ladi, bu qovurg’alarning xarakati tufayli yuzaga keladi.
Sudralib yuruvchilarda boshqa amniotalardagi singari teri orqali nafas olish bo’lmaydi.
Qon aylanish organlari. Yuragi uch kamerali yurak qorinchasi o’rtasidan parda bilan ikki qismga bo’linadi. Lekin parda bo’lma va qorincha orasidagi to’siqqa yetib bormaydi.
Arterial sistemasida o’zgarishlar yuz beradi. Avvalo yurak qorinchasidan mustaqil xolda uchta qon tomir chiqadi. Yurak qorinchasining chap qismidan o’ng aorta yoyi chiqadi. O’ng aorta yoyidan uyqu va o’mrov osti arteriyalari chiqadi. Yurak qorinchasining o’rta qismidan chap aorta yoyi chiqib, yurakning pastida o’ng aorta yoyi bilan qo’shiladi va orqa aortani xosil qiladi. Nixoyat, yurak qorinchasining o’ng qismidan o’pka arteriyasi chiqadi va venoz qonni o’pkalarga olib boradi.
Gavdaning keyingi qismidan venoz qon dum, chanoq va son venalariga yig’iladi. Bularning bir qismi buyraklarga kirib, buyrak sitemasini xosil qiladi. Qolgan venoz qon qorin venasiga yig’iladi, jigarda jigar qopqa venasini xosil qiladi. Jigardan venoz qon keyingi kovak venaga quyiladi. Keyingi kovak vena o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi.
Gavdaning bosh qismidan venoz qon juft bo’yinturuq venaga yig’iladi va oldingi oyoqlardan o’mrov osti venalariga to’planadi. Bular qo’shilib, juft oldingi kovak venani xosil qiladi. Oldingi kovak venalar xam o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi.
Ajratish organi bo’lib juft chanoq buyragi-metanefros xizmat qiladi. CHanoq buyraklaridan bir juft siydik yo’llari chiqadi. Siydik yo’llari orqa tomonidan kloaqaga ochiladi. Qorin tomondan kloaqaga siydik pufagi ochiladi.
Ko’payish organlari. Jinsiy bezlari tana bo’shlig’iga umurtqa pog’onasining yon tomonidan joylashadi. Erkaklarning ko’payish organi oval tangacha shaklida bo’ladigan juft urug’donlardan iborat. Urug’donlardan kanalchalar chiqib: urug’don xosil qiladi. Bu urug’ yo’liga aylanadi. Kaltakesaklarning kloakasining orqa devori bo’rtib, kopulyativ organ xosil qiladi.
Urg’ochi kaltakesakning tuxumdonlari bel umurtqalarining ostida joylashadi. Tuxum yo’lining oldingi uchi tana bo’shlig’iga, keyingi uchi esa kloakaga ochiladi.
Urug’langan tuxum oq moddasining yo’qligi bilan qushlar tuxumidan farq qiladi. Tuxumda qattiq po’stloq xam bo’lmaydi. Tuxum terisimon parda bilan qoplangan. Urug’lanishi ichki.
Kaltakesaklarning embrionlarini atrofini o’rab oladigan xamda embrion ustida bir biriga qo’shilib ketadigan amnion bilan seroz pardasi va allantoius pufagi xosil bo’ladi. Bu burma keyingi qarab o’sadi va zarodishni o’rab oladi. Natijada: amnioning ichida amnion bo’shlig’i va amnion suyuqligi xosil bo’ladi. Amnion bo’shlig’i zarodish uchun muxit bo’lib xizmat qiladi. Amnion bilan bir vaqtda allantoius xam xosil bo’ladi. Allantoius zarodish uchun xam nafas olish xam siydik pufagi bo’lib xizmat qiladi. Bu qobiqlar tuxumni mexanik ta’surotlardan qurib qolishdan saqlaydi.
Kaltakesaklar kenja turkumi – Lacertilia. Bularning tashqi ko’rinishi xilma-xildir. Ko’pchilik tangachalilarning oyoqlari bo’lsa, ularning ichida oyoqsizlari ham bor. Lekin oyoqsiz kaltakesaklarda ilonlardagiga qarshi o’laroq to’sh suyagi, oyoq kamari, harakatchan ko’z qovoqlari va nog’ora pardasi bo’ladi.
Kaltakesaklarning ko’pchiligi Rossiyaning janubiy rayonlarida yashasa, tirik tug’uvchi kaltakesak bilan tez kaltakesak o’rta va shimoliy mintaqalarda tarqalgan. O’rta Osiyo cho’llarida har xil to’garak boshlilar, kechasi aktiv hayot kechiradigan gekkonlar, kulrang echkemar, agamalar va boshqalar yashaydi.