To`garak va uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o`rni



Download 62 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi62 Kb.
#458577
Bog'liq
To`garak va uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o`rni


To`garak va uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o`rni.
O`sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatni rivojlantirish, uning munosib ma’naviy olam egasi bo`lib kamolga yetkazish bugun jahon hamjamiyatidagi eng muhim va dolzarb muammolardan biri bo`lib turibdi. Bundagi asosiy maqsad har bir yoshdagi mavjud shaxsiy-ijodiy imkoniyatlarni mumkin bo`lgan darajada ijtimoiy foydali faoliyatning eng faol ko`rinishlari darajasiga yetkazishdan, uni yuksak ma’naviyatli shaxs darajasiga ko`tarish uchun o`z imkoniyatlari doirasida shart-sharoit yaratish va amaliy yordam berishdan iboratdir. «Ta’lim to`g`risi»dagi Qonunda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, «Harakatlar strategiyasi» da munosabati bilan qabul qilingan dasturlarda bu masalalar atroflicha yoritib berilgan.
Ta’lim va tarbiya jarayonlari o`quvchi-yoshlarimizning ongli faoliyatini to`la qamrab olishi zarur. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «...maktab, litsey va kollejlarda bolalarimiz ongini yuksaltirish, ularni ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar blan band qiladigan turli tashkilot va to`garaklar to`zish kerak. Ular o`g`il-qiizlarimizni o`zligini anglashga, mustaqil, ongli fikrlashga o`rgatishi, ularning tafakkurida bo`shliq vujudga kelishiga yo`l qo`ymasligi lozim».
Albatta, tarbiyaviy ishlar o`z-o`zicha amalga oshib qolmaydi. Bunda uzviylik uzluksizlik, muntazamlik asosiy tayanch nuqtalari bo`lib xizmat qiladi: «har qanday tarbiyada, hatto yuksak rivojlangan demokratik tarbiya tizimida ham ozmi, ko`pmi bajarilishi shart bo`lgan belgilar mavjud. Masalan, bolani go`dakligidan yuz-qo`lini yuvishga o`rgatmasangiz, kerak bo`lsa, majbur qilmasangiz, yuvuqsiz holda dasturxon atrofiga o`tirish unga odat bo`lib qoladi. Xalqimizga azaldan xos bo`lgan sharm-u xayo, andisha, ota-onaga hurmat, kattalarga izzat- ehtirom, kichiklarga shafqat kabi olijanob fazilatlar ham o`z-o`zidan shakllanib qolmaydi» . (I.A.Karnmov. «Ozod va obod vatan, erkin va farovon xdyot-pirovard maqsadimiz» 8-tom.- Toshkent: «O`zbekiston”- 2000 yil. 30-bet.)
Demak, tarbiyaviy ishlar rejali tarzda, kelajakni, aniq maqsad va vazifalarni ko`zlagan holda tashkil etilishi va amalga oshirilishi joiz bo`ladi. Buning uchun bir qator vazifalarni amalga oshirish taqazo etiladi. Ular orasida eng muhimlari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:

  • har bir bola, o`quvchi, talaba-yoshlarning individual-shaxsiy xususiyatlari, qiziqish va moyilliklarini aniqlash;

  • ularning o`z qiziqish va shaxsiy intilishlari negizida ijtimoiy-kasbiy yo`nalishdagi faol harakatlar bilan shug`ullanshiga imkoniyat yaratish;

  • bolalar, o`quvchilar, talabalarning mustaqil va ijodiy ishlarining mazmunan teran, shaklan xilma-xil bulishining tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratib berish;

  • mazkur jarayonlarga munosib tarzda rahbarlik qila oladigan professor-o`qituvchilarni topish, ularni bu ishlarni yaxshilash uchun safarbar qilish;

  • bunday ishlarni tashkil etishning metodik ta’minotini yaratish.

Ma’lumki, psixologiyada individ va shaxs degan tushunchalar bosh mavqega ega. Bu bejiz emas, xatto psixologlar o`rtasida inson individ bo`lib tutiladi, shaxs bo`lib shakllanadi, degan akida ham keng tarkalgan. Mana shu «shaxs bo`lib shakllanish» jarayoni juda katta muddatlarni, xatto insonning butun umrini qamrab olishi ham tabiiydir.
Insonning oila - ta’lim muassasasi - ijtimoiy hayot tizimidagi jarayon ichida bulishi uning individ darajasidan shaxs darajasiga usib utishining yaxlit manzarasini hosil qiladi. Ushbu jarayon davomida u olamni o`zlashtira boradi. Bu «o`zlashtirishning» darajasi esa har kimda har xil bo`ladi. Shuning uchun ham bir xil yoshdagi, bir ijtimoiy muxit va sharoitdagi har xil insonlarning turli darajadagi bilim, ko`nikma va malakalarga ega bulishi mutlako ajablanarli emas.
Bunday sharoitda iste’dodli yoshlarni topish va ularning shaxsiy-individual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, boshqa lardagi xuddi shunday xususiyatlarni shakllantirish va tarbiyalash vazifasi ham nihoyatda dolzarblik kasb etadi. Aslida jismonan soglom bo`lgan bolaning kandaydir tugma iste’dod va qobiliyat egasi bo`lmasligining o`zi mumkin bo`lmagan xoldir. Faqat bu qobiliyat anglangan yoki anglanmagan bo`lishi mumkin. Demak, hamma gap shu qobiliyatning o`sib kelayotgan yosh avlodning o`zi yoki uning atrofidagilari tomonidan payqalishi, seziishi va unga maxsus e’tibori berilishi bilan bog`liq ekan.
Buyuk mutafakkir adibimiz Alisher Navoiy iqtidorli yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik jamiyatning katta nuksoni bulishi mumkinligi xakida ogoxlantirib, shunday degan edilar: «Qobilga tarbiyat qilmamoq zulmdur va noqobilga tarbiyat — xayf. Ani adami tarbiyat (tarbiya qilmaslik) birla zoe’ qilma va munga tarbiyatingni zoe’ qilma».
Bugun - informatsiya va axborot texnologiyalari nihoyatda jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir sharoitda ta’lim muassasasining umumdavlat tomonidan kabul kilingan me’yor va mezonlardan tashqari shu o`quv muasasasining o`zi uchun xos bo`lgan xususiyatlardan kelib chikadigan talablar ham bulishi mumkin va kerak.
Masalan, maktabgacha tarbiya muassasalari o`z oldiga mutlaqo o`ziga xos maqsad va vazifalarni qo`yadi, umumiy o`rta ta’lim maktablarining maqsad va vazifalari akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlari oldidagi maqsad va vazifalar bilan bir xil emas.
Intellektual salohiyatni rivojlantirishning shakli, to`zilishi, ish turlari ta’lim muassasining yo`nalishi, o`ziga xos xususiyatlari, unga daxldor a’zolarning maqsad va vazifalari bilan belgilanadi. Bularning barchasi tegishli Nizomlarda, me’yoriy-huquqiy hujjatlarda o`z aksini toptan. Nizomning tarkibi, mazmuniga oid asosiy ko`rsatkichlar ta’lim muassasasining xususiyati, uning o`z oldiga qo`ygan maqsad i, vazifalari bilan chambarchas bog`liq holda shakllantriladi.
Barkamol avlodni tarbiyalashda faqat o`quv materiallarining o`zi, dars jarayonigina kifoya emas. Ularning darsdan tashqari bo`sh vaqtlarini oqilona tarzda taщkil etish ham nixoyatda muhim va alohida dolzarblikka ega. To`garaklar xuddi mana shu kemtikliknrt to`ldirishi bilan e’tiborlidir. To`garak ishlari bolalar, o`quvchilarga qo`shimcha ta’lim berishning shakllaridan biri bo`lib, turli yo`nalishlardagi to`garaklar, seksiyalar, klublarni tashkil etishni nazarda tutadi. To`garak ishlari darsdan tashqari vaqtlarda tashkil etiladi. Ular ta’lim muassasaslari (maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o`quv yurtlari)da, shuningdek, qo`shimcha ta’lim muassassalarida (bolalarning ijodiy uylari, madaniyat uylari, klublar v.b.) tashkil etilishi mumkin. To`garaklarning rang-barang shakl va ko`rinishlari mavjud. Ularni asosan fan (ta’lim dasturlariga ko`ra: ona tili, adabiyot, matematika, geografiya...), badiiy-estetik (tasviriy san’at, rang tasvir, rassomchilik, musiqa, xor, xoreografik, raqs, badiiy ijodkorlik v.b), texnik (o`quvchilarning texnik ijodkorligi soxalari bo`yicha), tabiatshunoslik (yosh tabiatshunoslar), turistik-o`lkashunoslik, sport-sog`lomlashtirish (ular, odatda, seksiyalar deb yuritiladi), havaskorlik (qiziqishlariga ko`ra) va boshqa to`garaklarga ajratish mumkin.
Buning uchun quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim bo`ladi:

  • maktabagacha ta’lim, umumiy o`rta ta’lim, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim tizimidagi mavjud ilmiy, ijodiy, badiiy, amaliy to`garaklarning ish tajribasini o`rganish;

  • ular bilan bog`liq bo`lgan me’yoriy hujjatlarini qiyosiy tarzda o`rganish va tahlil qilish;

  • eng yaxshi ish tajribalarini o`rganish, ularni ommalashtirish;

  • me’yoriy hujjatlar (nizom, ish rejasi, hisobot ko`rinishlari, a’zolarni ro`yxatga olish tartibi) ning namunaviy nusxalarini tayyorlash va muhokamasini tashkil qilish;

  • ularning tegishli tarzda rasmiylashtirilishi va amalga kiritish tartiblarini ishlab chiqish.

  • to`garaklarning samaradorlik darajasini aniqlashning me’yor va mezonlarni ishlab chiqish.

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish