yo‘qoladi, agar ma’lumot bilan hech nima qilmasangiz,
bir sutkadan keyin
miyangizda undan 33-35 %dan ortiq qolmaydi.
Ebbinhaus tadqiqotlariga asoslangan holda shunday xulosa qilish mumkin:
agar xotirangizda nimanidir uzoqroq saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz – takrorlang.
Takrorlashning eng oddiy va eng yaxshi usullaridan biri – amaliyotda qo‘llash.
O‘qidingiz va qandaydir yangi va
foydali narsani o‘rgandingiz –
ma’lumotni yodlashni o‘zingizning
tajribangiz orqali yodlang va yodda
saqlab qolishning rejasini tuzing.
Agar
yangi
o‘rgangan
bilimlaringizni amaliyotda qo‘llay
olmasangiz,
lekin
shu
bilan
birgalikda siz o‘sha ma’lumotni
yodlab
qolmoqchi
bo‘lsangiz
oraliqli takrorlash ususulidan foydalaning (OTU).
Psixologlar Ebbinhaus unutish yoyiga asoslangan holda quyidagi takrorlash
algoritmini taklif etishadi.
•
Birinchi takrorlash ma’lumotni yodlashingiz bilanoq amalga oshiriladi.
•
Ikkinchisi – birinchi takrorlashdan so‘ng 20 daqiqa o‘tib.
•
Uchinchisi – Ikkinchi takrorlashdan so‘ng 1 kun o‘tib.
•
To‘rtinchisi – uchinchi takrorlashdan so‘ng 2-3 hafta o‘tib.
•
Beshinchisi – to‘rtinchi takrorlashdan so‘ng 2-3 oy o‘tib.
Bundan ko’rinib
turibdiki, ma’lumot o’rganilgandan keyin qanchalik ko’p
vaqt o’tsa, shuncha kam qismi esda qoladi. Ebinhaus tadqiqotidan shunday xulosa
olishimiz mumkin. Ma’lumotni birdaniga ko’p takrorlash emas, kam-kam, lekin tez-
tez takrorlash eslab qolishga osonroq. Agar chakalakzordan bir marta o’tib, qayta
o’tmasangiz yurgan izingiz yo’qolib ketadi. Lekin qayta-qayta o’taversangiz, yurgan
izingiz kattalashib, yo’lakcha hosil bo’ladi va uzoq muddat yo’qolib ketmaydi.
Miyamiz bilan ham huddi shunday jarayon sodir bo’ladi. Ma’lumotni qanchalik ko’p
takrorlasangiz (albatta OTU bilan), shunchalik mustahkamlanadi.
Albatta bu ma’lumotlardan biroz kayfiyatingiz tushgan bo’lsa kerak.
Shoshilmang, bizda sizni xursand qiladigan yangilik ham bor.
Unutish yoyini
qisman yengish mumkin. Qanday qilib deysizmi? Quyida unutish yoyini yengish va
qanday qilib kamroq takrorlash orqali ma’lumotlarni eslab qolish mumkinligini
ko’rib chiqamiz. Tony Buzanning fikriga ko’ra, kognitiv psixologiyada quyidagi 7
xil holatda ma’lumotlar uzoqroq esda saqlanar ekan:
1. Eng birinchi ma’lumotlar yaxshiroq esda qoladi.
2. Eng oxiridagi ma’lumotlar ham oson esda qoladi.
3. Siz oldingi bilgan ma’lumotlaringiz bilan assotsiatsiya bo’lganlar.
4. Fon Restorf effekti. Urg’u berilgan va ajralib turgan ma’lumotlar.
5. Qiziqish ta’siri. Sizni qiziqtirgan ma’lumotlar.
6. Besh hissiyotga yaqin bo’lgan ma’lumotlar. Bizda qandaydir hissiyot uyg’ota
olgan ma’lumotlar uzoq vaqt xotiramizda qoladi.
7. Ma’noli va mantiqiy qismlari.
TOG usuli bilan yodlangan ma’lumotlar
ham Ebinhaus unutish yoyiga
bo’ysunmaydi. Chunki, TOG usulida assotsiatsiya,
tasavvur, emotsiya ishlatiladi.
Bular so’zlarni uzoq muddat esda qolishiga sabab bo’ladi. Ammo, bu bir martada
esda qoladi degani emas. Umuman olganda, TOG usuli bilan yodlangan so’zlarni
qancha vaqt esda qolishi, so’zni qanday yodlaganingizga bog’liq. Agar
assotsiatsiyani kuchli, noodatiy va yaxshi tasavvur qilgan bo’lsangiz,
bitta
urinishning o’zida so’zni esdan chiqmaydigan qilib yodlashingiz mumkin. Agar
yaxshi tasavvur bilan assotsiatsiya qilmagan bo’lsangiz, yoki juda oddiy bo’lib
qolgan bo’lsa, bir necha kundan so’ng esingizdan chiqib qolishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: