2. Parrakli burg‘ilar - Hozirgi paytda ikki parrakli (2l) va uch parrakli (3l) yuqori qismi qulf rezbali burg‘ilar, burg‘ilash quvurlarining birikmasi yoki tub dvigateli bilan biriktiriluvchi, pastki qismidagi ikki va uch parraklar bir-biri bilan 180 va 120 burchak ostida joylashtirilgan bо‘ladi.
- Ikki parrakli (2l) burg‘i bir-butun, uch parrakli (3l) burg‘i esa payvandlangan holda tayyorlanadi. Shtampali parraklar yaxlit korpusga tо‘liq tegib turish konturi bо‘yicha payvandlanadi. Parrakli burg‘ilarning zamonaviy konstruksiyasiga ikkita va uchta yuvuvchi teshiklar о‘rnatiladi, burg‘ilash quvurlarining birikmasi orqali yо‘naltirilgan yuvuvchi eritmalarni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri quduq tubiga yetkazib beradi. Burg‘ilarning teshiklari oralig‘i 2/3 R kattalikda parmalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |