Planetalarning vujudga kelish jarayoni
Koinot — fazo, olamning astronomik taʼrifi; koʻpincha fazoviy apparatlar, Yer sunʼiy yoʻldoshlari va sayyoralararo stansiyalar orqali oʻrganiladigan yaqin koinot nazarda tutiladi. Bugungi kunda koinotning sarhadlari toʻla toʻkis oʻrganila olingan emas. Koinotdagi borliqning asosini vodorod tashkil etadi. Vodorodning turli omillar natijasida qayta ishlanishi (yuqori harorat va gravitatsiya (tortishish kuchi)) natijasida turli koʻrinishdagi galaktikalar va ularning tarkibida yulduz (quyosh sistemalari) vujudga keladi. Koinotning qariyb ~85 foiz massasi qora teshiklar va Ulkan qora teshiklarga toʻgʻri keladi.
Koinot — makon va zamonda bepoyon borliq, cheksiz moddiy olam. Har xil alohida jismlarni, ularning sistemalarini, moddalarning harakati jarayonida vujudga keladigan kosmik obʼyektlarni (Yerga Qaraganda bir necha mln. marta katta) oʻz ichiga oladi. Olamda sodir boʻladigan turli hodisalar oʻzaro bogʻliq va bir-birini taqazo etadi. Ular fazo va vaqtga bogʻliq holda rivojlanadi. Bu aloqalarga boʻysunadigan qonuniyatlarni oʻrganish tabiatshunoslikning asosiy vazifasidir. Moddaning K.da makon va zamonda taqsimlanishi, turli kosmik jismlar va ularning tizimlari astronomiyada, K.ning umumiy tuzilishi, oʻtmishi va kelajagiga oid masalalar kosmologiyada oʻrganiladi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat K.ning biror chegarasini oʻrgana olgan. Koinot usullari va astronomik asboblar takomillashgan sari, K.ni kuzatish chegaralari kengayib, tadqiqotlar yanada chuqurroq, insoniyat bilimi haqiqatga yanada yaqinroq boʻlib borgan. Dastlab, inson oʻzi yashab turgan joy va uning yaqin atrofini, osmonda koʻzga tashlanib turadigan jismlarni birgalikda K. deb tushungan. Yerning sharsimonligi maʼlum boʻlgandan keyin markazda Yer va uning atrofida aylanuvchi gʻoyat katta osmon gumbazi K. hisoblangan. Beruniy, Ulugʻbek, N. Kopernik, J. Bruno, G. Galiley, I. Kepler, I. Nyuton va boshqalarning ishlari K. haqida tasavvur hosil qilishda haqiqiy inqilob boʻldi hamda Yerning K.dagi vaziyati haqidagi, sayyoralarning harakat qonunlari haqidagi va boshqa fanlarga asos solindi. Quyosh sistemasi haqida haqiqatga birmuncha yaqin tasavvur vujudga keldi. 19-asrda rus astronomi V. Ya. Struve, nemis astronomi F. Bessel va boshqa olimlar K.ni tadqiq etishda yangilik — yaqin yulduzlargacha boʻlgan masofani aniqlaydigan yangi sahifani ochdilar. Yulduzlarning sayyoralarga qaraganda koʻp marta uzoqligi aniqlandi. Galaktika haqida tushuncha paydo boʻddi. Faqat 20-asr 30-yillaridagina uning oʻlchamlari va tuzilishi haqida umumiy maʼlumotlar olindi. Bu davrda osmondagi tumansimon spiral va elliptik obʼyektlarning Galaktikadan tashqarida joylashganligi, ularning har biri Galaktikaga oʻxshash bir necha oʻn milliard yulduzdan tashkil topgan mustaqil galaktikalar ekanligi isbotlandi. K.ni kuzatishdagi yangi texnik vositalar (kosmik zondlar, kosmik apparat) ning paydo boʻlishi yangi kashfiyotlarning yaratilishiga olib keldi. Mas, Yer, Oy, Venera, Mars, Merkuriy, Yupiter va ularni qurshab olgan fazolar haqida koʻpgina yangi maʼlumotlar olindi. Yer sunʼiy yuldoshlarishn foydalanish natijasida fanning amaliy tarmoqlari, xususan, kosmik yershunoslik — tabiiy muhit, yer resurslari, geogr., geol., okeanshunoslik va boshqa masalalarni oʻrganuvchi fanlar majmui vujudga keldi. Navbatda ularning birgalikda olingan sistemasi — Metagalaktikank oʻrganish muammosi turadi. Astronomik asboblar bizdan bir necha mlrd. yorugʻlik yili uzoqlikdagi obʼyektlarni kuzatish imkonini beradi. 1963 yilda kashf qilingan kvazarlar bundan ham uzoqda joylashgan. K.ning oʻrganilayotgan qismi chegaralanganligi uning makon va zamonda cheksizligiga zid boʻlmay, fan va texnikaning ayni paytdagi taraqqiyot chegarasini belgilaydi.
K.dagi moddalarning asosiy tarkibi plazmadan iborat. Biroq, K.da oʻta zich tabiatli ("qora oʻra"), shuningdek, asosan, aynigan gazlardan iborat boʻlgan obʼyektlar (neytron yulduzlar) ham bor. Yulduzlar va galaktikalarning oʻziga xos xususiyatlari uning sirtida portlashlar va moddalarning otilishi vaqtida yuqori faollik mavjudligi hisoblanadi (yangi yulduzlar, chaqnaydigan yulduzlar, yadrosi faol galaktikalar).
Yer materik jismlarining yoshi zamonaviy hisoblashlarga koʻra, oʻrtacha 4,6 mlrd. yilni, Quyoshniki — 5 mlrd. yildan ortiqni, Galaktikalarniki — 10 mlrd. yilni tashkil etadi.
Astronomiya fani Quyosh sistemasi, yulduzlar va galaktikalar olamidagi fizik qonuniyatlar va evolyusiya qonunlari hamda sabablarini oʻrganmoqda. Koʻpgina kosmik jismlar va ular sistemalarining tarkib topish jarayonlari juda sekin — millionlab va milliardlab yil davomida boradi. Quyosh sistemasining kosmogoniyayechni oʻrgana borib, uning tuzilishi va jismlarning hosil boʻlish tarkibi haqidagi maʼlumotlarga asoslanish mumkin.
Ilgari, Koinotdagi barcha jismlar massasi, asosan, yulduzlarda toʻplangan, sayyoralar va mayda jismlar (kometa, meteor jism, gaz, chang va boshqalar) uning ozgina qismini tashkil etadi deb faraz qilinar edi. Endilikda yulduzlarning paydo boʻlishi va taraqqiyotida galaktikalar yadrosi faol ahamiyati aniqlandi, noyob kvazarlar gravitatsion linzalar kashf qilindi K. massasining asosiy qismi galaktikada toʻplangan deyish mumkin. Galaktikalarning oʻzaro uzoqlashishi galaktikalar kachonlardir bir joyda toʻplangan oʻta zich jiyemdan iborat boʻlganligidan dalolat beradi.
Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Ye.da hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Birok hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Ye.ni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Ye.dagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi (qarang Yerdan tashkaridagi sivilizatsiyalar).
Hoz. zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Ye. Quyosh atrofidagi fazoda gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi (birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 mlrd. yil muqaddam paydo boʻlgan. Ye. tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga Ye.ning ichki qismi asta-sekin qizib, Ye. moddasining differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Ye.ning konsentrik joylashgan turli qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Ye. ichki qismining tuzilishi, seysmik toʻlqinlarning yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning Ye. ichki qismini tashkil etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. Bu zamonaviy metodlar asosida Ye. ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni berdi.
Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 5500 km li chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |