Togʻ jinslari
tuzilishi
Togʻ jinslari tuzilishi - mineral va mineral agregatlaridan iborat togʻ jinslarining tuzilish tavsifi.
"Togʻ jinslari tuzilishit." umumlashma termin boʻlib, togʻ jinslarining strukturasi va teksturasi
tushunchasini oʻz ichiga oladi. Struktura minerallarning oʻlchami, shakli va oʻzaro joylanishi
bilan aniklanadi; tekstura togʻ jinslarining yirikroq tarkibiy qismi (mineral agregatlar)ning
umumiy hamda boʻshliqsa joylashish xususiyatlari bilan aniklanadi.
Magmatik togʻ jinslarining tuzilishi. Magmatik togʻ jinslarining strukturam magmaning tarkibi
va uning sovish sharoitlariga bogʻliq. Otqindi, tomir va effuziv jinslarda ular turlicha boʻladi.
Otqindi jinslar uchun toʻliq kristalli strukturalar xos boʻlib, unda jinslarning barcha moddalari
qayta kristallanadi. Magma tarkibida uchuvchi komponentlarning boʻlishi kristallanish trasini
pasaytiradi va magmaning qayishqokligini kamaytiradi, bular esa kristallizatsiya jarayonini
toʻliq boʻlishiga sabab boʻladi. Shuning uchun, nordon magmaning chuqur sharoitda, uchuvchi
komponentlarni saqlagan holda sekin sovishi toʻliq kristallangan donador jinslar (mas.,
granit) hosil boʻlishiga olib keladi. Idiomorfizmning turli darajadagi jins hosil qiluvchi
minerallar yigʻindisi boʻlgan strukturalar — gipidiomorf donadorli (granit, siyenit va dioritlar)
deyiladi. Eritmadan bir vaqtning oʻzida dala shpati va kvarsning ajralishi pegmatitsimon yoki
grafiksimon strukturalarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Kristallarning nisbiy oʻlchamiga
qarab, tekis donador va notekis donador boʻladi. Notekis donadorlari porfirli va porfir
koʻrinishli boʻladi. Porfir koʻrinishli strukturalarda togʻ jinsining massasi mayda va oʻrta donali
boʻlib, aloxida minerallarning yirik porfirli boʻlakchalaridan tashkil topadi. Otqindi jinslardagi
teksturalar orasida eng avvalo massivli yoki bir jinsli teksturalar boʻlib, ularda barcha
minerallar jins boʻylab bir tekisda tarqalgan va hamma maydo nlarda taxminan bir xil tarkib va
strukturaga ega boʻladi. Har xil jinsli taksitli teksturalar ham keng tarqalgan. Yoʻlyoʻl va
flyuidal teksturalar minerallarning oriyentirli joylashuvi bilan kristallanayotgan magmaning
harakatlari vaqtida vujudga keladi. Tomirli va effuziv togʻ jinslariga porfirli struktura xos boʻlib,
u magmaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yoʻqolishiga bogʻliq boʻlgan tez
kristallanishini ifodalaydi; baʼzan bu struktura otkdndi jismlarning chekka qismlarida
kuzatiladi, tog jinslarining asosini tashkil qiluvchi zich (afanitli) massasida minerallarning yirik
xolxol ajratmalari borligi bilan bogʻliq. Xolxolligi boʻlmagan effuziv jinslarning strukturalari
afanitli deb ataladi. Asosiy massaning strukturalari orasida shisha va kris. tallar (mikrolitlar)
nisbatiga qarab shishali yoki vitrofirli, yarim kristalli va mikrolitli strukturalar fark, qilinadi.
Effuziv jinslarning kristallanish darajasi magmaning tarkibi va uning kristallanish geologik
sharoitiga bogʻliq. Yer yuzasida lavaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yoʻqolishi
birgalikda tez sodir boʻladi. Nordon va oʻrtacha lavalar (liparitli, andezitli) yarim kristallangan
va asosiy massalarida ingichka (mm ning oʻndan va yuzdan bir kismi) mikrolitlar boʻlgan
shishasimon jinslar (obsidian, pemza) hosil qiladi. Asosiy va suyuqroq lavalar Yer yuzasida
yarim kristallangan jinslar koʻrinishida soviydi. Effuziv jinslarning teksturalari orasida:
massivli, flyuidal, yoʻlyoʻl flyuidallilar boʻlib, ular turli rangdagi vulkanik shisha, xolxollilik va
mikrolitlar parallel chiziqchali joylashuvi bilan bogʻliq boʻladi. Lavadagi gazli pufakchalarning
miqdoriga qarab gʻovakli, pufakchali va pemzali teksturalar farq qiladi. Boʻshliqlar ikkilamchi
minerallar (kvars, opal, seolit, karbonatlar va boshqalar) bilan toʻldirilganda bodomtoshli
teksturalar hosil boʻladi.
Choʻkindi togʻ jinslarining tuzilishi bilan genezisi orasidagi aloqa otqindi jinslarnikiga
qaraganda yanada yaqqolroq koʻrinadi. Chaqiq togʻ jinslari donalarining oʻzaro joylashishi
bilan anikdanadigan teksturasi 3 xil asosiy tipda; tartibsiz, katlamli va flyuidalli boʻladi. Chaqiq
toshlar sementlangan (kvars, opal, kaltsit) yoki oʻzaro bogʻlanmagan boʻlishi mumkin.
Organogen togʻ jinslarining tuzilishi, ayniqsa, keng tarqalgan karbonat jinslar (ohaktosh,
dolomit) da xilmaxil boʻladi. Bu jinslar tarkib topgan organik qoldiklar yaxshi saqlanganda,
struktura butkul shu organizmlarning tavsifi bilan aniqlanadi: bu strukturalar biomorfli va
yaxlit chigʻanokli deb ataladi. Biogen jinslar uchun qayta kristallanish va metasomatizm
strukturalari xos. Xemogen togʻ jinslarining tuzilishi turli oʻlchamdagi kristall donalarining
oʻsishi bilan tavsiflanadi. Xemogen togʻ jinslarining teksturasi orasida oolitli, massivli va
katlamlilari koʻp tarqalgan.
Metamorfik togʻ jinslarining tuzilishi. Metamorfik togʻ jinslarining struktura va teksturasi
birlamchi choʻkindi va magmatik togʻ jinslarining qattiq holatda katta chuqurlikda litostatik
bosim taʼsiri ostida, tralar va eritmalar (flyuidlar) taʼsirida koʻpincha deformatsiya vaziyatida
qayta kristallanishi mobaynida mineral donalarining maʼlum yoʻnalishda yotishi, gneysli va
slanetsli teksturalarga qonuniyatli tarzda olib keladi. Metamorfik togʻ jinslari strukturalari
qattiq yoki egiluvchan muhitda minerallarning oʻsishi natijasida paydo boʻlsa, kristalloblastli
deyiladi. Tekis donali va notekis donali strukturalar boʻlib, ular mayda donali jinslar massasi
orasida minerallarning yirik kristallari koʻpligi bilan tavsiflanadi. Mineral donalarining shakliga
qarab metamorfik jinslar orasida granoblastli yoki donali (kvarsitlar, marmarlar),
leGʻshdoblastli yoki bargsimon shaklga ega boʻlgan mineral donalaridan tarkib topgan
(slyudali slanetslar, fillitlar) bargli, lepidogranoblastli yoki dona barglilar farq qilinadi. Agar
metamorfik togʻ jinslari boshlangʻich strukturasining relikti saklangan boʻlsa, strukturaning
nomi birlamchi struktura nomiga blast soʻzi qoʻshilib (blastporfirli, blastpeammitli va
boshqalar) aytiladi. Metamorfik togʻ jinslari dastlabki jinslar teksturasining relikti ham
saklanib qolishi mumkin.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Tog%C
A%BB_jinslari_tuzilishi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Tog
ʻ
_jinslari_tuzilishi&old
id=2390495
" dan olindi