Yer qobig‘i oralig‘ida seysmik tasniflanishi bo‘yicha uchta asosiy qatlam ajratiladi.
Ularning yuqori qismida bo‘ylama egiluvchan to‘lqinlarning tarqalish tezligi 2,0÷5,0 km/s oraliqda bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslari joylashadi. Odatda ularning eng yuqori qalinligi 10÷15 km dan oshmaydi (ba’zi joylarda 25 km gacha etishi mumkin).
Keyingi qatlamda bo‘ylama egiluvchan to‘lqinlarning tarqalish tezligi granitga mos ravishda 5,5÷6,0 km/s bo‘lgan, shartli ravishda granit qatlami deb ataladigan qatlam joylashadi. Granit qatlamining eng yuqori qalinligi 30÷40 km ni tashkil etadi.
Yer qobig‘ining ichki qatlamida bo‘ylama egiluvchan to‘lqinlarning tarqalish tezligi 6,5÷7,4 km/s bo‘lgan, shartli ravishda bazalt qatlami deb ataladigan qatlam joylashadi. Tezlikning bu ko‘rsatkichlari bazalt tog‘ jinslarinikiga mos keladi. Bazalt qatlamining qalinligi 15÷20 km ni tashkil etadi.
Granit va bazalt qatlamlari Konrada yuzasi bilan ajralib turadi. Bu ikki qatlam orasi seysmik chegarasida bo‘ylama egiluvchan to‘lqinlarning tarqalish tezligi o‘zgaradi.
Takomillashgan geofizik tadqiqotlar ma’lumotlariga asosan tashqi mantiya oralig‘ida yuqori va quyida yotgan qatlam munosabatlari bo‘yicha yuqori plastik va harakatlanuvchi bir nechta qatlam mavjud bo‘ladi. Bu qatlamda ko‘ndalang tarqaladigan to‘lqinlar tezligi jiddiy ravishda kamayadi, ushbu qatlam chegarasidagi mahsulot yonma-yon joylashgan qatlamlar bilan solishtirganda zichligi juda kichikligi tufayli bo‘ylama tarqaladigan to‘lqinlar tezligi esa chuqurlik bo‘yicha ortmaydi. Bu qatlam astenosfera deb ataladi. Matyeriklar ostida u 100 km dan 250 km gacha bo‘lgan chuqurlik oralig‘ida uchraydi. Astenosfyeraning qovushqoqligi mantiyaga yonma-yon hududlarga nisbatan 2÷3 barobar kichik bo‘ladi va 1020 puaz (1 puaz = 0,0101972 kgs.s/m2) ni tashkil etadi.
Asosan akademik O.YU. SHmidt farazlariga muvofiq tarzda yulduzlar shakllanishi jarayonini o‘rganishda zamonaviy kosmologiya chang-gaz tumanlarining borligi yulduz va planetalar shakllanishiga xizmat qiladi degan xulosaga kelishdi. Yer bunday sovugan chang-gaz bulutlari paydo bo‘lishi va keyinchalik radioaktiv elementlardan issiqlik ajralishi hamda katta tanalarning zarbidan qizishi orqali gravitatsion zichlashish bilan bog‘liq ravishda qiziydi.
Yerning mutloq yoshi 5,0÷5,5 mlrd. yil deb baholanadi. Yer qobig‘ining shakllanishi 4,5÷4,7 mlrd. yil oldin boshlangan. Yerning qobig‘i va ichki po‘stloqning shakllanish jarayoni bir qator bosqichlardan iborat bo‘lgan. Bu jarayonlar mobaynida shakllangan birlamchi yer qobig‘i yadro va mantiyaga ajralgan. Tashqi granit va cho‘kindi qatlamlar esa so‘nggi 3,5 mlrd yil mobaynida yuzalardagi chuqurlashish jarayonlari ta’siri sharoitida faol shakllangan.
Odatda geotektonikada tashkil etgan tog‘ jinsi tarkibi va tektonik tuzulishi juda murakkab hisoblanishi bo‘yicha astenosfyera chegarasigacha bo‘lgan yer qobig‘i va tashqi mantiyaning bir qismi litosfera deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |