Charmitan konidagi zarba xavfi vujutga kelishning asosiy asosiy tabiy omillari quydagilar;
-zo’riqishning notekis bo’shashishi va massiv cheka qismining zo’riqish xarakterini o’zgarishiga sabab bo’lgan turli defarmatsiyalanish –shilliqlik xossalari bilan jinslar va rudalarning tutashishlari;
-zo’riqishning ta’sir zonasida to’planishga sabab bo’luvchi, ayrim xollarda dinamik siljishlarni yuzaga keltiruvchi tektonik o’zgarishlar;
-massivning notekis deformatsiyalanishi keltirib chiqaruvchi turli orentatsiyalardagi va egiluvchanlik tektonik yoriqlar;
-bir jinsli bo’lmagan zo’riqish maydonlarini va cheka qisimdagi turli yuklanganlik sharoitlarni keltirib chiqaruvchi uyumlar kengligini keskin uzgarishi;
-tarkibida nosanoat foydali kompanitlari bo’lgan, ruda qatlamida tartibsiz joylashgan, rejali qazib olishga to’sqinlik qiladigan majburan seliklar ko’rinishida qoldirilgan, noruda va rudalarning mavjudligi;
Zarbaga xavflilikni shakillantirishning kon-texnik omillari quydagilar;
-tayanch bosim doirasi yuklanganligi xisobiga ruda massivining chiqib turgan qismining zo’riqishiga olib keluvchi tozalash ishlarining notekis pasayib ketishi;
-zarbaga xavfli shakildagi, shu jumladan qisqarayotgan seliklarning paydo bo’lishi;
-ruda massivining chiqish gorizonti va oraliq qavatlari tayorlashda oldindagi laximlar qazilishi xisobiga o’nqir –cho’nqir bo’lib qolishi;
-texnologik laximlarning va tutashmalarning yuqori bosimli zonalarda, seliklar tagida, tabiy zo’riqishlar to’plagichi ta’sir zonasida joylashishi;
Charmitan koni sharoitida mintaqaviy pragnoz zarur xollarda zo’riqishi va zarbaga xavfliligi taxlillariga asosan blokning tuzilishi va qazib olish tizimini xisobga olgan xolda, prognoz kartalarini tuzish orqali amalga oshiriladi;
Geomexanik usul Deomitiri 59va 76 mm bo’lgan shpurlarni qazishda qavariq botiq disiklarning chiqishi kerinning diskalanishi bo’yicha baxolanadi.
Zo’riqishning maksimal to’planish doirasi joylashishi X1 tegishli qalinlikdagi qavariq botiq disiklarning eng kattasoniga qarab aniqlanadi. Shpurlarning chuqurligi uni qayta burug’lash sharti bilan zo’riqishning maksimal to’planish doirasi joylashish bo’yicha aniqlanadi. Shpurlarning eng minimal chuqurligi laximning balandligiga teng, ammo 3 m kame mas.
Zarbaga xavflilik toifasi akustik aparat yordamida aniqlanadi.
Zo’riqish xolatlarini ko’z bilan kuzatish asosida baxolash usuli massivda zo’riqish konturlarida yuqori va buzilishlarni keltirib chiqarish uchun yetarli bo’lgan vaqtlarda qo’llanishi mumkin. Laximlar konturidagi buzilishlar va ularning bir jinsli massivdagi kesma shakli tog’ jinslar massivida xarakatda bo’lgan zo’riqishlar bilan belgilanadi. Bu asosiy zo’riqishlar kattaligini va xarakat yunalishini laximlardagi va shpurlardagi kuzatishlar natijalariga ko’ra taxminan baxolash imkonini beradi. Zo’riqish xarakati yunalishini baqxolash yoriqlar va qatlamlarning joylashgan joyini taxlil qilish natijalariga asosan konturda tog’ kompisi va rulitka yordamida o’tkaziladi. Zo’riqishning taxminiy o’lchamlari bir o’qdagi siqilish chegarasi qiymati bo’yicha baxolanadi.
Birinchi o’rinda barcha mustaxkamlanmagan, maydonda xar xil joylashgan laximlar tekshiriladi. Bo’nda laximlar konturidagi buzilishlar joyi yozilib quyiladi, shuningdek shpurlar konturining buzilish uchastkalari jinslar va rudalarning siqilgan xolatdagi mustaxkamlik chegarasiga yetgan asosiy siquvchi zuriqishlar xarakatiga parallel deb faraz qilinadi.
Gorizontal eng kata siquvchi zo’riqishda buzilishlar gorizontal laximlarning ustki qatlami va tog’ jinsida shuningdek tik laximlar devorlarida, maksimal zo’riqishning xarakat yunalishiga peripendikuliyar bo’lgan tekislikda xosil bo’ladi. Gorizontal laximlardagi ustki qatlam va tog’ jinslari buzilishi bilan massivdagi jinslar va rudalarning eng kata zo’riqishi o’lchamlarini taxminan baxolash mumkin bo’nda elastiklik koifsenti kata axamiyatga ega bo’ladi