Bunda matn kiritish maydonlarida tegishli yordamchi so'zlar joy
lashgan bo'ladi, masalan,
Заголовок слайды, Подзаголовок слайды.
Agar matnni shablonda ko'zda tutilgan maydondan tashqariga
kiritmoqchi bo'lsangiz, u holda matn maydonini yarating:
— Buning uchun uskunalar panelidan
Надпись
tugmasini bosing;
— Slayddan matn joylashtirilishi kerak bo'lgan joyga bosing;
— Paydo bo'lgan maydonga talab qilingan matnni kiriting, ma
salan, Birinchi taqdimot;
— Belgilashni bekor qilish uchun maydondan tashqariga bosing.
Matn obyekti
M atn obyektlarini belgilashning 2 turi mavjud — bular shtrixli va
nuqtali ramka turlaridir:
— Shtrixli ramka — matnni belgilash va o'zgartirish uchun xizmat
qiladi. Shtrixli ramka matn bosilganda paydo bo'ladi;
— Nuqtali ramka — obyektlarning xususiyatlarini o'zgartirishga
xizmat qiladi. Nuqtali ramka shtrixli ramka bosilganda paydo bo'ladi.
Slayddagi matn obyekti o'rnini o'zgartirish uchun quyidagi amal-
lam i bajaring:
Matn obyektni nuqtali ramka ko'rinishida belgilang;
— «Sichqoncha» ko'rsatkichini ramkaga olib boring va u kesishgan
ko'rsatkichlar shaklini oladi;
— «Sichqoncha»ning chap tugmasini bosgan holda obyektni yangi
joyga o'tkazing va qo'yib yuboring.
M atnli obyekt nuqtali ramka bilan belgilangan vaqtda uning
o'lchamlarini ham o'zgartirish mumkin. Buning uchun obyekt marker-
laridan birini tuting va uni siljiting.
160
Agar obyekt o'lchami kichiklashtirilsa, undagi matn shrifti o'lchami
ham avtomat ravishda ramka kengligiga mos ravishda kichiklashtiriladi
va bir necha satrlarga joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |