¤ТМИШГА НАЗАР | ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ | LOOK TO THE PAST
№4 | 2021
33
qilish, diniy ta'lim muassasalari professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va oʻquvchi-
talabalarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari,
shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma'naviy qoʻllab-quvvatlash kabi bir
qator ishlar uchun sarflanadi. Mablagʻlar muhtojlar, bemorlar, uysizlar, qarovchisi yoʻq yoshi
ulugʻlarga, koʻzi ojizlar va nogironlar jamiyatiga naqd pul yoki plastik karta orqali berildi.
Shu oʻrinda jamoat fondlarining faoliyat mazmunini tashkil etayotgan xayriya tushunchasini
ijtimoiy-huquqiy jihatdan tahlil qilsak. Bizning fikrimizga koʻra, bu tushuncha milliy an’ana va
qadriyatlarimizning negizida shakllangan hamda xalqimiz manaviyatiga xos xususiyatdir. Ijtimoiy
ogʻir ahvolga tushib qolgan, yordamga muhtoj insonlarni qoʻllab quvvatlash, ularga mehr-shavqat
koʻrsatish jamiyatimizga xos boʻlgan eng oily jihatdir. Boshqa mamlakatlar ijtimoiy muhitiga koʻra,
xayriya ishlari mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda hayotiy zarurat sifatida baholanadi. Shunga
asosan, bu boradagi yondashuvlar ham xilma xillik kasb etadi. A.Sokolovning aytishicha, “xayriya -
bu moddiy yordam berish bilan bogʻliq boʻlgan ixtiyoriy ijtimoiy faoliyatdir. E.Fominning
ta’kidlashicha, “xayriya - bu biron bir sababga koʻra toʻliq ishlashi uchun oʻz mablagʻlariga etarlicha
ega boʻlmagan shaxslarni yoki tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy sohadagi
nodavlat, ixtiyoriy, qaytarib berilmaydigan faoliyatdir”[8].
Shuningdek, P.Pavlenok xayriya tadbirlarini tor va keng ma'noda ko'rib chiqishni taklif qiladi.
Tor ma'noda, bu shaxslar va tashkilotlar tomonidan muhtojlarga yoki ijtimoiy guruhlarga begʻaraz
yordam berishdir. Keng ma'noda, bu qiyin hayotga tushib qolgan inson, ijtimoiy guruhlar, qatlam,
jamoatning dolzarb ehtiyojlarini qondirish uchun moliyaviy, moddiy, ma'naviy qadriyatlarni yaratish
va oʻtkazish uchun bepul faoliyatdir [9].
P.Nesherentiy “xayriya ishlarini ijtimoiy hodisa sifatida baholaydi. Bu ijtimoiy hodisani oʻz
oʻzini moddiy tomondan ta’minlay olmaydigan shaxslarga nisbatan maqsadli e’tiborning namayon
boʻlishi deb qaraydi”[10].
Bu masalada Evropa mamlakatlarida ham oʻziga xos tajriba boʻlib, bu tajribalarni ilmiy-
amaliy nuqtai nazardan tadqiq qilish fikrimizcha maqsadli hisoblanadi. Yevropada jamoat fondlari
faoliyat doirasini aniq belgilash amaliyoti yaxshi shakllangan. Ya’ni, har bir xayriya tashkiloti faqat
nizomida koʻrsatilgan yoʻnalishlarda ish olib boradi. Ularning oʻz faoliyatlarida maxsus dastur
asosida ishlashlari koʻzlangan maqsadning natijadorligi kafolati boʻlib xizmat qiladi. Jahon
mamlakatlarida iqtisodiy oʻsish dinamikasining turfaxillik kasb etishi evropa va amerika davlatlarida
ham turli ijtimoiy muammolarni keltirib chiqardi. Yuzaga kelgan bir qator ijtimoiy masalalarni hal
etishda davlat organlari bilan birgalikda xususiy sektorlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat
fondlerining ishtiroki zarurati paydo boʻldi. Negaki, Evropa jamiyatida sohalar oʻzgarishidagi oʻziga
xos ta’sirlar iqtisodiy holati mustahkam boʻlmagan, ijtimoiy jihatdan yaxshi ta’minlanmagan aholi
qatlamlarini moddiy kam daromadlilik darajasiga tushirib qoʻydi. Bunday jarayonlarda tabiiyki aholi
orasida iqtisodiy barqarorlik yoʻqolib qonunchilik asoslarining zamonaviy yangi mexanizmlarini
ishlab chiqish talab etiladi. Aynan mana shunday ijobiy oʻzgarishlar negizida jamoat fondlarining
mavqei, jamiyatdagi oʻrni yanada mustahkamlandi. Ularning davlat islohotlarini amalga oshirishdagi
faolliklari kuzatila boshlandi. Bu faolliklar oʻz ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini mustaqil qanoatlantira
olmaydigan alohida toifali shaxslarni qoʻllab quvvatlash, ularning qonuniy manfaatlarini roʻyobga
chiqarishda qoʻshimcha chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etishda yaqqol namayon boʻldi.
E’tiborlisi shundaki, jamoat fondlari oʻz xayriya ishlarini bitta imkoniyati cheklangan shaxslarni
qoʻllab quvvatlashda emas, balki koʻplab jabhalarda olib borishmoqda. Masalan: favqulodda
vaziyatlarda insonlarga bepul yordam koʻrsatish; fan, ta’lim sohalarini rivojlantirishda oʻz hissasini
qoʻshish; tabiiy sogʻlom ekologik muhitni ta’minlash va hakazo…
Oʻylashimizcha, jamoat fondlarining qonuniy va samarali faoliyat yuritishida quyidagi
omillar muhim rol oʻynaydi.
1. Fond faoliyatining aniq maqsadiniʻ belgilab olish; bu erda xayriya tashkilotining tashkil
etilishidan koʻzlangan aniq maqsad va vazifalar rasman e’lon qilinishi zarur. Ya’ni tashkilotning
faoliyat yoʻnalishlari nizom asosida bayon etilishi oʻrinli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |