¤ТМИШГА НАЗАР | ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ | LOOK TO THE PAST
№4 | 2021
32
ma’noda, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga, Yoshlar ittifoqiga, Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markaziga, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga va boshqa
nodavlat, notijorat tashkilotlariga Fondning ustavdagi vazifalari amalga oshirilishini ta’minlashda
Fond bilan oʻzaro faol hamkorlik qilish tavsiya etildi.
2017 yil 18 iyulda Oʻzbekistonda aholining ehtiyojmand qatlamlarini himoya qilish tizimini
takomillashtirish maqsadida (ezgu maqsad) xalqaro xayriya jamoat fondiga asos solindi. Ushbu
xalqaro xayriya fondining vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi. Aholining himoyaga muxtoj
qatlamlari, avvalo, bemor va nogiron bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularga tibbiy yordam
koʻrsatish sifatini oshirishni ta’minlash, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni erta aniqlash, ularni
profilaktika qilish va davolash, nogironlikni reabilitatsiya qilish va oldini olish, jamiyatda sogʻlom
turmushtarzi madaniyatini rivojlantirish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etishga koʻmaklashish.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoki xavfli guruhga kiradigan guruhga
kiradigan bolalar, (mehribonlik), (muruvvat), (saxovat) uylari va iqtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalari tarbiyalanuvchilariga yordam berishga yoʻnaltirilgan komplekx chora-tadbirlarni
amalga oshirish, ularning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish; aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj
qatlamlari, koʻp farzandli oilalarni qoʻllab quvvatlash, mahallalarda ijtimoiy infrotuzilmani
rivojlantirish, sogʻlom va barkamol avlodni shakllantirish borasida fuqarolarning oʻzini oʻzi
boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 apreldagi 213-F-son farmoyishiga muvofiq, “Sahovat va
koʻmak” fondi tashkil qilindi. Tashkil etilgan ushbu jamgʻarma faoliyatini shaffofligini ta’minlash
maqsadida maxsus nizom ishlab chiqildi. Bu xujjat jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan
foydalanish; hisob hamda hisobotini yuritish tartibini belgilaydi. Jamgʻarma va uning hududiy
boʻlinmalari mablagʻlari homiylik va xayriya mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning, shu
jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari, mahalliy byudjetlar
daromadining rejadan ortiq bajarilishidan tushgan mablagʻlarning bir qismi, tegishli xalq deputatlari
mahalliy kengashlari qarorlari asosida va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar
hisobidan shakllantiriladi [7].
Agarki biz “Sahovat va koʻmak” fondi Nizomiga nazar tashlaydigan boʻlsak, jamgʻarma
mablagʻlari koronavirus pandemiyasi va karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, koʻp
bolali oilalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga va yolgʻiz keksalarga, oʻz daromadini yoʻqotgan
vaqtincha ishsiz boʻlgan jismoniy shaxslarga pul mablagʻlari, kundalik iste’mol tovarlari, dori
vositalari va boshqa maxsulotlar bilan ta’minlash uchun ishlatilashini koʻrishimiz mumkin.
Ijtimoiy fondlarning vakolati doirasida amalga oshirilayotgan bu kabi xayriya ishlariga
asoslanib, ular davlat ijtimoiy himoya tizimining asosiy boʻgʻini degan xulosaga kelish notoʻgʻri
albatta. Lekin, bu borada shu holatni ham inobatga olish kerakki, garchi ular, davlat siyosati ijtimoiy
himoya tizimida dolzarb ahamiyat kasb etmasada oʻzgalar parvarishiga, gʻamxoʻrligiga muxtoj
insonlarga yordam berishda ijobiy ta’sirga ega. Tushuntirmoqchi boʻlganimiz jamoat fondlari ham
ijtimoiy sohalardagi davlat boshqaruvida oʻziga xos oʻringa ega. Tuman va shaharlarda har bir sector
rahbari tegishli mahallalar bilan birgalikda mahallalardagi har bir oilaning, fuqarolarning moddiy
ahvolini oʻrgangan holda xaftalik yordam koʻrsatiladigan ehtiyojmand oilalar roʻyxati va ularga
berilishi kerak boʻladigan mablagʻlar, kundalik iste’mol tovarlari, dori vositalari va boshqa
maxsulotlar xajmini shakllantiradi va yigʻilgan ma’lumotlarni xalq deputatlari mahalliy
kengashlariga kiritadi. Jamgʻarma mablagʻlarini maqsadli va samarali ishlatilishi boʻyicha
Oʻzbekiston mahalla xayriya jamoat fondi, mahalla xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari, tuman va shaharlar boʻlinmalari hamda
tegishli hokimliklar, joylardagi sector rahbarlari mas’ul hisoblanadi. Jamgʻarma mablagʻlarining
maqsadli ishlatilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligining davlat moliyaviy
nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmasiga yuklatiladi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16
apreldagi “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-
5416-son Farmoni boʻyicha “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etildi. Fondga kelib tushgan
mablagʻlar masjidlar va diniy ta'lim muassasalarining binolarini qurish, ta'mirlash, rekonstruksiya
Do'stlaringiz bilan baham: |