¤тмишга назар


¤ТМИШГА НАЗАР | ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ | LOOK TO THE PAST



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana23.02.2023
Hajmi0,64 Mb.
#914060
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2933-Текст статьи-5902-1-10-20211008

¤ТМИШГА НАЗАР | ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ | LOOK TO THE PAST
№10 | 2021
 
 
50
 
 
Afg‘onistonda talab yuqori bo‘lgan kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashish maqsadida Termiz 
shahrida o‘zbek-afg‘on "ta’lim markazi" tashkil etilib, unda o‘zbek filologiyasi, temir yo‘l 
transporti, qishloq xo‘jaligi va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha 200 nafarga yaqin afg‘on yoshlari 
tahsil olmoqda. Shu bilan birga, ta’lim xarajatlarining yarmini afg‘on tomoni to‘laydi, qolgan 
qismini O‘zbekiston tomon qoplaydi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yevropa Ittifoqi va 
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonalari o‘qitish uchun ta’lim grantlarini 
oladigan 
afg‘on 
ayollarining 
iqtisodiy 
imkoniyatlarini 
qo‘llab-quvvatlashga 
qaratilgan 
transchegaraviy tashabbusni e’lon qilishdi. Yevropa Ittifoqi ushbu tashabbusni moliyalashtirish 
uchun 2 million yevro miqdorida grant ajratdi. Ushbu grant 2025 yilgacha BMTTD tomonidan 
amalga oshiriladi. Mazkur grant doirasida afg‘onistonlik yosh ayollar Toshkent agrar universiteti 
ko‘magida qishloq xo‘jaligi sohasida bilim olishadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti 
Afg‘onistonda maxsus Xalqaro ta’limni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish tashabbusi 
bilan chiqdi. Jamg‘armaning asosiy maqsadi yoshlarni zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha 
o‘qitish, iqtidorli talabalar va yosh olimlarga stipendiya va grantlar berishdir[11]. 
Ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari. O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo-iqtisodiy va 
sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor va nafaqat savdo sohasida, 
balki sarmoyaviy sohada ham iqtisodiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini izlashga intilmoqda. 
Transport va energetika hamkorlikning strategik yo‘nalishlari bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonlik 
mutaxassislar va investitsiyalar ishtirokida Afg‘onistondagi 5 ta to‘qimachilik va 3 ta yog‘-moy 
korxonalarini tiklash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishi sifatida 
O‘zbekiston korxonalarining Afg‘oniston Islom Respublikasi hududida yo‘llarni rekonstruksiya 
qilish va suv inshootlarini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarda ishtirok etishi ham 
bo‘lishi mumkin. 
Qishloq xo‘jaligi ham hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Afg‘oniston qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, ko‘plab tovar turlari bo‘yicha 
o‘zbeklarga o‘xshash. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘lga 
qo‘yilganligini hisobga olsak, bu kooperatsiya aloqalari, qo‘shma korxonalar va ishlab chiqarish 
zanjirlarini shakllantirish uchun imkoniyatlar ochadi. O‘z navbatida, afg‘on mutaxassislari 
Surxondaryo viloyatida dorivor o‘tlar (15 gektar) va do‘lana (yiliga 100 tonna) yetishtirish bo‘yicha 
loyihalarga sarmoya kiritishga qiziqish bildirishgan. 
Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarning hozirgi rivojlanish darajasini hisobga olgan 
holda, savdo-iqtisodiy aloqalarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani kengaytirish maqsadga 
muvofiqdir. Xususan, o‘zbek mahsulotlarini Afg‘oniston bozoriga eksport qilish hajmini 
ko‘paytirish va turlarini kengaytirish uchun Afg‘oniston bilan imtiyozli savdo to‘g‘risida shartnoma 
tuzish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, O‘zbekistonda ishlab 
chiqarilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini Afg‘onistonda 
tan olish to‘g‘risida kelishuvlarga erishish Afg‘onistonga mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini 
yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirar edi, unga bo‘lgan talab koronavirus pandemiyasi 
sharoitida faqat oshib boradi.
2020-yil 12-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Afg’oniston Islom Respublikasi bilan 
iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida qarori 
chiqdi[12]. Ushbu qarordan so’ng Afg’oniston bilan hamkorlik masalalari bilan shug’ullanuvchi 
maxsus guruh tuzildi. 2017-yil 4-dekabrida Afroniston Prezideiti Ashraf G’anining O’zbekistonga 
davlat tashrifi bo’lib o’tdi. Bu tashrif Afg’oniston Prezidentining so’nggi 16 yil ichidagi birinchi 
marta qilingan davlat tashrifi edi. Tashrif doirasida ikki mamlakat o’rtasida 20 ta ikki tomonlama 
bitim tuzildi[13]. Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’ani 2017-yil dekabrda Buxoro davlat universiteti 
professor-o’qituvchilari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda shunday deb ta'kidlagan edi: ”Jahon fani va 
islom madaniyati rivojlanishida muhim o’rin egallagan Buxoroga kelishni orzu qilganman. 
O’zbekiston zamini ko’plab buyuk allomalarni yetishtirgan, ular orasida Imom Buxoriy va Imom 
Termiziylar bor. Bu yerda ta'lim olayotgan yoshlar o’z ajdodlarining munosib vorislari bo’lib 
yetishmokda”[14]. Darhaqiqat, keyingi uch yilda Afg’onistonning kelgusida tinch rivojlanishiga 
maqbul va ijobiy yondashuv shakllanmoqda. Madaniy-gumanitar sohada hamkorlik samarali 



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish