1862 –yilda Fuko yorug’lik tezligini aniqlashning g’oyasini oldin (1838 y) Agaro bergan ikkinchi metodini amalga oshirdi; Agaro bu g’oyani yorug’likning havodagi tezligini uning boshqa muhitlardagi (suvdagi) tezligini solishtirish maqsqdida bergan edi. Bu metod juda kichik vaqt oraliqlarini aylanuvchi ko’zgu vositasida juda sinchiklab o’lchashga asoslanadi.
Rasmda tasvirlangan S manbadan kelayotgan yorug’lik aylanayotgan R ko’zguga L obektiv yordamida yuboriladi ,undan ikkinchi ko’zguga tomon yo’nalishda qaytadi va keyin orqaga ketib , 2CR=2D masofani vaqt ichida bosib o’tadi. Bu vaqt aylanish tezligi aniq ma’lum bo’lgan R ko’zguning burilish burchagiga qarab baholanadi; burilish burchagi esa qaytib kelgan yorug’likdan tushgan yorug’ dog’ siljishini o’lchashdan topiladi. Miqdorlar E okulyar va yarim shaffof M plastinka vasitasida o’lchanadi; M plastinkaning vazifasi xuddi oldingi metoddagidek bo’ladi; -yorug’ dog’ning R ko’zgu qimirlamay turgan holdagi vaziyati ,-o’sha dog’ning ko’zgu aylanayotgan holidagi vaziyati .
Fuko qurilmasining muhim xususiyati shuki ,unda C ko’zgu sifatida sferik ko’zgu ishlatilgan bo’lib , bu ko’zguning egrilik markazi R ko’zguning aylanish o’qiga yotadi. Shu tufayli R dan C ga tomon qaytgan yorug’lik hamisha R ga qaytib tushadi; yassi C ko’zgu ishlatilgan holda esa R dan qaytgan yorug’lik yana R ga qaytib tushishi uchun R bilan C bir –biriga nisbatan ma’lum bir vaziyatda turishi kerak , bu holda qaytgan nurlar konusning o’qi C ku’zguga normal ravishda yunalgan bo’lishi kerak.

Aylanuvchi ko’zgu metodi bilan o’tkazilgan o’lchash natijalari mana bunday:
Aylanuvchi ko’zgu metodi bilan o’tkazilgan o’lchash natijalari mana bunday: