TKTI YOBKTI Fakulteti 25-19 Guruh talabasi panjiyev komilning “kasbiy faoliyat psixalogiyasi ” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: - Sharq mutafakkirlarining oila
- Xususida psixologik va pedagogik qarashlari
Reja: 1. Buyuk allomalar va donishmandlar oila xususida. 2.Qadimgi nikoh, oila munosabatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi. 3.Taraqqiyotning keyingi formatsiyalarida nikoh, oila munosabatlarining rivojlanishi. 4.Islomda oilaviy munosabatlar to’g’risida Tayanch so’zlar va iboralar - Oila, nikoh, oilaviy muhosabatlar,
- Sharq mutafakkirlari , jamiyat, farzand tarbiyasi, er va xotin, munosabat
- Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan bo’lib kelgan. Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruny, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshqariy, Kaykovus, Alishr Navoiy, Bobur, Muqumiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdulla Avloniy kabi ko’plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o’zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga ham alohida e’tibor berilgan.
- Sharq mutafakkirlarining barchasini g’oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo’lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo’yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o’rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo’naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e’tibor berganlar. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo’lgan sifatlar – halollik, poklik, mardlik, mehribonlik, haqgo’ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo’yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda nomoyon bo’lgan yuksak fazilatlar, avvalo, ota-onadan bolaga o’tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko’rsatmalarni o’z falsafiy-axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar.
- Abu Nasr Forobiyning inson kamoloti, baxti, ta’lim va tarbiyasi, umuman axloqi, dinga munosabati haqidagi qarashlari umumfalsafiy qarashlar va tushuntirishlardan iborat o’g’it bo’lib, axloq nazariyasini boyitdi. Uning ta’limotlarida keltirilishicha, haqiqiy baxt biro damning boshqasiga nisbatan g’ayirligi, zulmi yo’qolgandagina bo’ladi, oila a’zolarining bir-biriga samimiy munosabatlari, mehr-u oqibatlari esa ana shu oiladagi odamlarning baxtini tashkil qiladi.
- Oilaviy munosabatlar va bu sohaga oid qarashlar tizimida Sharq mutaffakkirlaridan biri, butun Yevropa xalqlari ham uning qomusiy bilimdonligini tan olgan alloma Abu Ali ibn Sinodir (980-1037). Buyuk olim sifatida u barcha hodisalarning ilmiy mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. Ibn Sinoning pedagogic va psixologik qarashlari ijtimoiy asosda qurilgan bo’lib, u bola tarbiyasida umuminsoniy tamoyilining qo’llanilishini yo’qlab chiqqan va tarbiyachi ota-onalarga bolan qattiq tana jazosidan ko’ra, shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash ma’qulligini uqtirgan. Axloqiy tarbiya masalalarida alloma oilaning o’rnini alohida ta’kidlangan. Oila va oilaviy munosabatlar masalasi uning “Tadbiri manzil” asarida o’ziga xos tarzda bayon etilgan.
- Ibn Sinoning bola tarbiyasi, tarbiya psixologiyasi va rahbarlarga qo’ygan ushbu talablari o’sha davrda qanchalik taraqqiyparvar va zarur bo’lsa, bizning bugungi kunimizda ham u o’z kuchini yo’qotgani yo’q.
Динимиз Ислом таълимотида оилавий ҳаёт муқаддас нарса ҳисобланади. Чунки, оила жамият биносининг ғишти, бир бўлагидир. Агар бинонинг ғиштлари соғлом бўлса, бино ҳам мустаҳкам бўлади, акс ҳолда бундай бино емирилиш ва қулаш хавфи остида қолади.
Хотиннинг эр зиммасидаги ҳаққи эрнинг ўзига ҳам, молига ҳам тегишлидир. Хотиннинг эри зиммасидаги маҳр ва нафақа сингари молиявий ва шахсий ҳақлари бор. Улар қуйидагилар:
1. Хотиннинг эр зиммасидаги ҳақларидан биринчиси эр томонидан унга яхши ва адолатли муомала қилинишидир. Зеро, Аллоҳ таоло Ўз китобида: “وَعَاشِرُوهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ” яъни “аёллар билан яхшилик билан умргузаронлик қилинглар!”, дея амр этган (Нисо сураси: 19-оят). Бу буйруқ эрнинг хотинга яхши муомалада бўлишини, табиатидаги айрим ноқисликларга сабр қилишни, баъзи хатоларига кўз юмишни тақозо этади. Шунингдек, бу буйруқ аёлни тарбиялаш ҳамда унга дунёю охиратда фойдаси тегадиган нарсаларни ўргатиб, таълим беришни ҳам лозим тутади. Набий соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг бир ҳадисларида: “мўмин эр мўмина хотиндан нафратланмасин, агар унинг бир хулқини ёмон кўрса, бошқа хулқи туфайли ундан рози бўлиб кетаверади”,
1. Хотиннинг эрига нисбатан энг биринчи бурчи, ёхуд эрнинг ўз аёли устидаги энг биринчи ҳаққи бу – аёл кишининг эрига итоаткор бўлишидир 2. Эрнинг аёли устидаги иккинчи ҳаққи шуки, аёл киши асосий вақтини уйда ўтказиб, фақат эрининг розилиги билангина кўчага чиқиши лозимлигидир 3. Хотин эрининг ҳаққини ўз ҳаққидан ва ҳамма яқинларининг ҳаққидан ҳам устун қўйиши керак. Хотин уйига эрининг рухсатисиз ҳеч кимни қўймаслиги, эрининг уйидан унинг ижозатисиз бирор нарсани ўзининг яқинларига ҳам бериши керак эмас. Агар берса, хотинга гуноҳ, эрга савоб бўлади. 5. Шунингдек, эрнинг аёли устидаги ҳақларидан бири Хотин киши Аллоҳ таоло берган насибага рози бўлиши, эрига инжиқлик қилмаслиги керак. 7. Хотин гўзаллиги билан эрига фахрланмаслиги, эри хунук бўлса, ёмон кўрмаслиги, агар бой бўлса, эри олдида моли билан ғурурланмаслиги керак. 8. Хотин фарзандларига раҳм қилиши, уларни ҳурмат қилиши, фарзандларни уришиб лаънатлашдан тийилиши лозим. 6. Хотин эрининг дўстига нотанишдек бўлиши лозим.
Do'stlaringiz bilan baham: |