`tkazilgan sana



Download 1,34 Mb.
bet1/2
Sana13.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#792130
  1   2
Bog'liq
Diniy ekstremizm


Shayxontohur tumani kasb hunar maktabida “Diniy ekstremizm yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida davra suhbati
BAYONNOMASI:

O`tkazilgan sana: 25.01.2022 yil




O`tkazilgan joy: Shayxontohur tuma kasb-hunar maktabi


Qatnashganlar: Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi
YoBIBDO` U.I.Yuldasheva,
Yoshlar yetakchisi S.Turdiyeva,
Ijtimoiy fan o`qituvchisi
X.Boymirzayeva,N.Tursunov,
“Umum ta’lim fanlar”kafedrasi mudiri
N.Po`latova,Psixolog N.Fayziyeva
YoBIBDO` U.I.Yuldasheva so`zga chiqib: «Ekstremistik» so‘zi «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish» ma’nolarini bildiradi.Jamiyatda qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga zid qarashlarni ilgari surish, keskin qarashlar va choralarga moyillik ekstremizmning asosiy xususiyati haqida tushuncha berdi.
X.Boymirzayeva so`zga chiqib: Ekstremistik harakatlarning eng quyi tabaqasi ko‘pincha siyosiy tusga ega bo‘lmagan, mayda zo‘rlik va jinoyatlar sodir etadigan unsurlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday zo‘rlikning siyosiylashtirilishi terrorizm tomon qo‘yilgan birinchi qadam bo‘ladi. O‘z doirasiga yangi kimsalarni tortar ekan, ekstremistik guruh yoki uning rahbariyati so‘zsiz bo‘ysunishni va «ish»ga mutaassibona sadoqatni talab qiladi. Keyinroq esa yollanuvchilar «hamma narsani biluvchi» va ularga yo‘lboshchilik qiluvchi sarbonga duch keladilar.
Hozirgi davrda eng avvalo axborot chegaralarining barham topishida o‘zligini namoyon qilayotgan globallashuv sharoitida va bir paytlar xalqaro munosabatlar mazmunini belgilagan ikki qarama-qarshi kuch – sotsializm va kapitalizm o‘rtasidagi o‘zaro kurashning barham topishi natijasida ekstremizm va undan o‘sib chiqqan terrorizm mamlakatlar, mintaqalar va umuman dunyo xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida birinchi o‘ringa chiqdi. Qo‘poruvchilik faoliyatining turli ko‘rinishlarini o‘z ichiga olgan infrastrukturani shakllantirgan va rivojlantirgan mazkur ikki dunyoqarash o‘rtasidagi kurash hozirda turli xil kuchlarni birlashtirgan ko‘p qutbli dunyoning mazkur infrastrukturaga qarshi kurashidek shakl-shamoyil kasb etmoqda.
Bugun ekstremizm anarxizm va fashizmning arxaik shakllari bilan qorishmasi hisoblangan va ommaning keng qatlamlari bilan bog‘lovchi xalqa sifatida islom shiorlaridan ustalik bilan foydalanadigan, aslida esa xalq bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini mohirona yashira oladigan holat kasb etdi. O‘z vaqtida, XX asrning 70-yillarida, ekstremistlar xalq bilan birgalikni ko‘rsatish va uning nomidan harakat qilish uchun kommunizm shiorlari ostida faoliyat yuritishi va shu yo‘l bilan mablag‘ to‘plashi qulayroq edi. O‘sha yillarda Lotin Amerikasida ekstremistik ruhdagi kommunistparast tuzilmalarning jangarilari jamiyatda parokandalikni yuzaga keltirish va tartibsizlik to‘lqinida kommunistlarning hokimiyatni qo‘lga olishiga sharoit yaratishga qaratilgan ko‘plab terrorchilik xurujlarini sodir etardilar. Biroq aksariyat hollarda, ular hokimiyatni qo‘lga olish niyatlariga erisha olmadilar va jamiyat a’zolari diqqatini jalb qilish maqsadini ko‘zlagan shov-shuvli terrorchilik xurujlarini amalga oshirish bilan qanoatlanishga majbur bo‘ldilar.
Ekstremistik tuzilmalarning asosiy maqsadi aslida jamiyatni qo‘rquv va vahimada tutib turish va shu yo‘l bilan omma ongida noilojlik, ertangi kunga ishonchsizlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan edi. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy hayotning turli jabhalarida barqarorlikka erishishni va jamiyat taraqqiyotini jiddiy qiyinlashtirar edi.
Bugungi kunda kommunistik shiorlar unchalik ham mashhur emas, ekstremistik tuzilmalarni «qizil rangi» uchun yirik mablag‘lar bilan qo‘llab-quvvatlagan SSSR ham yo‘q. O‘z navbatida, AQSh va uning sheriklariga ham, shunga o‘xshash tuzilmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yirik mablag‘larni sovurishiga hech qanday zarurat qolmadi. Biroq yangi sharoitda har xil turdagi buzg‘unchilik, beqarorlikni keltirib chiqarishga qaratilgan vositalar bugun ham ana shu maqsadlarga aksariyat hollarda islom shiorlari ostida yo‘naltirilayapti, xolos.
Shu bilan birgalikda, kuzatuvchilar shuni ta’kidlaydilarki, ba’zi holatlarda, ma’lum bir ekstremistik tashkilotlar va alohida davlatlarning strategik hamda taktik maqsadlari o‘zaro bir biriga mos kelganida, o‘sha davlatlar ekstremistik tashkilotlarga “homiy”lik qilishi va beqarorlikdan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinishlari mumkin.

Bayonlashtirdi: X.Boymirzayeva



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish