Tjbt” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi xasanova Gulruh Djumanazarovna


-BO‘LIM. KURS ISHINI TAYYORLASH JARAYONI



Download 187,73 Kb.
bet4/7
Sana06.04.2023
Hajmi187,73 Kb.
#925418
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Иктисодиёт. Курс иши лотин

3-BO‘LIM. KURS ISHINI TAYYORLASH JARAYONI
Kurs ishining rahbari tomondan mavzuga asoslanib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan va ishning bajarilish muddati ko‘rsatilgan holda topshiriq belgilangan shaklda to‘ldiriladi va talabaga beriladi. (2 ilovada keltirilgan).
SHu bilan bir qatorda, raxbar kurs ishni bajarish uchun maxsus adabiyotlarni tanlashda va aniq ma’lumotlarni yig‘ishda kerakli maslahatlarni beradi.
Talaba kurs ishi mavzusining rejasini tuzishda, adabiyotlarni tanlashda va boshqa kerakli manbalarni ajratib olishda rahbar bilan kelishilgan holda ish tutadi.
Topshiriqda chizma ma’lumotlar tartibi va ishning alohida bosqichlarini bajarish muddati va navbati bo‘yicha kalendar rejasi aks etgiriladi. Kalendar reja albatga bajarilishi shart. Ushbu kalendar reja bo‘yicha rahbar kurs ishining bajarilishining darajasini qayd etib boradi.


4-BO‘LIM. KURS ISHINING BAJARILISHI VA UNI HIMOYAGA
TAYYORLASH
Talaba kurs ishini yozishda mustaqil va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi uchun rahbar vazifalar echimini aniq yo‘nalishini belgalab berishi lozim. Kurs ishini yozish jarayonida talaba quyidagi ishlarni bajarishi shart:
- ishning nomi, uning bo‘limlari va paragraflari mavzuning mazmuniga muvofiq kelishini ta’minlash;
- mavzuning rejasi bo‘yicha yoritishda birin-ketinlik, bo‘limlar va paragraflar o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik qat’iy ravishda ta’minlanishi;
- kurs ishini adabiy tilda, ifodali, aniq va ravshan yozilishini ta’minlash;
- kurs ishining matnida chizma, diagramma, jadvallar, rasm va sxemalardan keng foydalanish va ko‘rsatilgan materiallarni diqqat bilan rasmiylashtirilishi;
- kurs ishini belgilangan talablarga asoslanib rasmiylashtirilishi. (3 ilovada keltirilgan)
Kurs ishi matnida o‘zga jumlalardan ko‘p foydalanish so‘zlarini qisqartirib yozish man ztiladi.
Kurs ishi tugallangan, diqqat bilan tekshirilgan va tahrirdan o‘tgan holda raxbarga tekshirish uchun talaba tomonidan topshiriladi.
Ish tekshirilgandan va belgalangan yo‘nalishlarga mos deb topilgandan keyin, talaba tomonidan qo‘lyozma shaklida standart oq qog‘ozga ko‘chiriladi.
Kurs ishining oxirgi varianti raxbar tomonidan ko‘rib chiqilgandan keyin raxbar unga taqriz beradi va o‘z imzosi bilan rasmiylashtiradi. Taqrizda rahbar kurs ishining yutuqlari va kamchiliklarini ko‘rsatadi va unga baho beradi.
4 — ilovada kurs ishi rahbarining taxminiy taqrizini shakli berilgan.
Himoyaga qo‘yiladigan kurs ishida rahbar tomondan berilgan, imzolangan taqriz va topshiriq bo‘lishi kerak.
Salbiy taqriz berilgan kurs ishi esa himoyaga qabul qilinmaydi. Ushbu holatda talaba kurs ishini qayta ko‘rib chiqishi yoki yangi mavzuni tanlashi zarur.
O‘quv rejasiga asoslanib, “Iqtisodiyot” kafedrasi kurs ishini bajarish va himoya muddatini belgilaydi. Kurs ishining bajarilishi va himoyasi 3 boskichga bo‘lingan.
I - bosqichda 1- oraliq nazorat
II - boskiqda 2- oraliq nazorat
III - bosqichda yakuniy nazorat
I bosqichning oxirida kurs ishining I va II bo‘limi bo‘lishi shart.
II bosqichning oxirida III va IV bo‘limlarni va adabiyotlar ro‘yxatini yozib tugatilishi kerak.
Ishning natijasi tugatilib yakuniy nazoratda tayyor kurs ishi himoyalanadi va talaba reyting bo‘yicha alohida belgilangan ball yig‘adi.
Talaba kurs ishining himoyasi chog‘ida ishning qisqacha asosiy mazmunini, takliflarini va xulosasini asoslab berishi zarur.
Keyin kurs ishini qabul qilishi komissiyasi a’zolari tomonidan talabaga savollar beriladi. Eng yaxshi baholangan kurs ishlari ilmiy-texnik, nazariy-amaliy konferensiyalarida ma’ruza qilish uchun tavsiya etiladi. Kafedraning professor-o‘qituvchilari rahbarligida ushbu tadqiqot mavzularini davom ettirshp nazoratga olinadi.



Download 187,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish