Tizimli yondashuvning pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishdagi oʻrni. Tadqiqot manbaiga mos maʼlumotlarni qayta ishlash algoritmi



Download 181,15 Kb.
bet16/17
Sana13.04.2022
Hajmi181,15 Kb.
#549252
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
5, Amaliy mashg`ulot

Tizim (Sistema) – yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit, ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmui.
Tizim- bu o’zaro uzviy bog’liq, tarkibiy va tashkiliy jihatdan bir butun bo’lgan elementlar majmuasidir.
Tizim o’z navbatida qism tizim va qism elementlaridan tashkil topgan bo’lib, ichki va tashqi aloqadorliklar bilan bog’liq o’zining bosqichli rivojlanishi tuzulmasiga strukturasiga ega.
Tizim elamenti – bu uning ichki funktsional tarkibiga taalluqli, lekin masaalani hal qilishda qismlarga ajratilmaydigan bir bo’lagiga aytiladi.
Aloqadorlik – bu muhit, tizim va elementlari orasidagi moddiy, energetik, iqtisodiy va axborotlar almashinuvidir.
Muhit – bu tizimni o’rab turgan faoliyat ko’rsatishiga ta’sir ko’rsatadigan narsadir.
Pedagogika qonuniyatlari.
Ta’lim-tarbiyaning jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga bog’liqligi.
Ta’lim-tarbiyada shakllanish, rivojlanish va jtimoiylashishning yaxlitligi.
Tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalashning birligi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida muloqotning ustuvorligi.
Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olish.
Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o’zaro aloqadorligi.
Pedagogik jarayon vazifasi, shakl va metodlarning o’zaro aloqadorlogi.
Ta’limda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.
Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi. yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda 0‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi - barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat bo‘lib, 0‘zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlashni ko‘zlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsad-natijasi barkamol avlodni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, o‘quvchi shaxsning o‘zi tomoni­dan faollik ko‘rsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi, chunki, u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlar va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tadbiq etadi.
0‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya ko‘p omilli xarakterga ega, ya’ni bola shaxsining qaror topishiga oila, maktab, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Tarbiyaning natijalari bir xil tavsifda bo‘lmaydi. Bu o‘quvchilarning psixologik (individual-tipologik), fiziologik va jismoniy xususiyatlariga, ularning hayotiy va ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy jihatlariga bog‘liq. Tarbiya odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tar­biyalash, bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va shaxs xususi- yatlarini shakllantirish bilan qo‘shib olib boriladi. 0‘z-o‘zini tarbiya­lash shaxsning o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo'lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf ettirishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi. 0‘z-o‘zini qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlarni, zararli sifatlarni yo’qotishga, bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat mazmunidir. Bola xulqidagi nosog’lom muhit, ota-onaning tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolari, 0‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulq, hosil qilingan zararli sifatlar o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab, oila, ota-onaning hamkorligi lozim bo’ladi. Demak, qayta tarbiyalash o‘quvchining o'zigagina emas, balki uning ota-onasiga ham qaratilishi lozim.
Sharq mutafakkirlari ta’limni hech qachon tarbiyadan ajratib qarashmagan. Hozirgi kunda ta’lim jarayoni o‘qituvchilar tomonidan bilim, iqtidor va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratiladi. Tarbiya esa shaxs tarbiyalanganligining mezoni sifatida shaxsiy xislatlarni shakllanti­rish bilan bog’liq bo‘lib, bugungi kunda bu xislatlarni ma’naviy qadriyatlar asosida shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir. Umumiy ta’lim maktabining yuqori sinflarida ma’naviy qadriyatlarning mohiyatini o‘rganish, tarbiyaviy imkoniyatlardan keng foydalanish, asosan dars jarayonini tashkil etish, uning asosiy qismlariga qo‘yiladigan talablarga ijodiy yondashishga bog‘liq.
Tarbiya nazariyasidagi asosiy muammolarni aniqlash uchun quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
-tarbiyaviy ish ma’nosini aniqlash;
tarbiya istaklarini tasniflash;
o‘quvchilarning ma’naviy ehtiyoji va talabi;
o‘quvchilarning yoshi, sinfning umumiy saviyasiga mosligini inobatga olish;
o‘quvchi bilim saviyasi, mantiqiy fikr doirasining o‘sishi, tarbiyasiga ta’sirini aniqlash;
o‘qituvchining shaxsiy xislatlarini shakllantirish, olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni tadqiq etish.

Download 181,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish