Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati Tayyorladi: smmt-89 guruh talabasi Ostonov O’ktam O’tkirovich



Download 31,59 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi31,59 Kb.
#814359
Bog'liq
Tizimli menejment


Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati


Tayyorladi: SMMT-89 guruh talabasi
Ostonov O’ktam O’tkirovich

XX asrning 60-80-yillarida G’arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlandi. G’arb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish maqsadida:


-tizimli yondoshuv asoslarini ishlab chiqishdi;
-yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko’rib chiqishdi;
-bir qancha o’zgaruvchi omillarning boshqaruvga ta’sirini o’rganishdi.
Bu maktab namoyandalari (amerikalik CH. Barnard, G. Saymon) zamonaviy menejmentda quyidagi to’rt yondoshuvni asoslab beradi:



Boshqarishga yondoshuv turlari

Izoh


Tizimli yondoshuv

-Tizim-bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan qismlar majmuidir. Har bir qism yaxlit tizimning o’zgarishiga o’z hissasini qo’shadi. Tashkilot-bu yaxlit ochiq tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga bog’liq. Tashkilotni boshqarishga tizimli yondoshuvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy, ilmiy-t yexnik, ijtimoiy -siyosiy), e’tibor beriladi.


Vaziyatli yondoshuv

-Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topolsak-da, bu o’rinda qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali degan savol ko’ndalang turmaydi.
-Yaxlitning qaysi bir qismi o’ta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o’zgarishlar tashqi muhitning ta’siri bilan bog’lab o’rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi.


Funktsional yondoshuv

-Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo’llarini ishlab chiqish imkonini beradi. SHu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
-rejalashtirish;
-tashkillishtirish;
-rahbarlik qilish;
-muvofiqlashtirish;
-nazorat qilish va hk.


Miqdorli yondoshuv

-Bunday yondoshuvda asosan:
-menejmentning operatsion printsipiga;
-qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga;
-matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e’tibor qaratiladi.
Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat matematik; statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan sotsiologiya birga ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham keng foydalaniladi.

Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini elektron hisoblash texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qo’llagan holda tadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta’minlashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.








Sarkori xossa va saltanat ishlarini yurituvchi vazir

-Podshohga qarashli yer-suv va mol-mulk, shuningdek davlat muassasalarining faoliyatini nazorat qilib turgan.


Qozikalon

-Adliya muassasalarini boshqargan.


Jalol ul-islom

-Podshohning favqulodda huquqlarga ega bo’lgan nazoratchisi.


Vaziri devoni insho

-Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar devonining boshlig’i.

Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib kelgan boshqaruv nazariyasi faqat u davlatdagina emas, balki boshqa o’lkalarda ham davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qo’llanila boshlandi.


Boshqaruv subyektining boshqaruvni amalga oshirish imkoniyati, birinchidan tashkiliy-texnik jihatlari bilan xodimlarda aloqa va axborotlarni uzatishning kerakli kanallari, boshqaruvning talab qilishidagi texnikasining mavjudligi bilan, ikkinchidan, boshqaruv subyektida boshqaruv obyektiga ta’sir kо‘rsatishning, uning yordamida buyruqlarni bajarishga undovchi dastaklarning mavjudligi bilan, ya’ni boshqaruv obyektining boshqaruv buyruqlarini bajarishga imkoniyati va tayyorligi bilan asoslanadi. Menejment tizim sifatida. Boshqaruv faoliyatining barcha tomonlari obyektiv tarzda о‘zaro bog‘langan. Shuning uchun qandaydir kichik tizimdagi har qanday о‘zgarishlar barcha boshqa kichik tizimlardagi tegishli о‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Masalan, personalda zarur ishchanlik xususiyatlarining mavjud emasligi funksiyalarning sifatsiz bajarilishiga, samarasiz usullarning qо‘llanilishiga, oqilona boshqaruv tamoyillariga amal qilinmaslikka olib keladi. Natijada, maqsadlar ma’lum ma’noda amalga oshmay qoladi. Huddi shuningdek, menejment tizimining har qanday tarkibiy qismi umumiy tizim doirasida ishlaydi. Tizimli yondashuv turlicha obyektlarni shakllantirish, о‘rganish va о‘zgartirishning umum qabul qilingan metodologik va ilmiy-amaliy uslubidir. Boshqaruv faoliyati, yoki boshqaruv, menejment turli tizimosti unsurlardan tarkib topgan murakkab tizim sifatida qaraladi. Boshqaruv subyekti ham tizim yoki tizimosti, obyekti esa boshqariladigan bо‘ladi. Firma, kompaniya, shuningdek korxona ham boshqaruv subyekti – boshqaruv ma’muriyatidan, hamda boshqaruv obyekti ishlab chiqarish bо‘linmalaridan tashkil topadi. Har qanday firma, kompaniya, shuningdek korxona ham bir qancha, xususan ma’muriy, iqtisodiy, moliyaviy, ishlab chiqarish, texnikaviy, texnologik, ta’minot va sotish, ijtimoiy, demografik kabi tizimosti unsurlaridan tashkil topgan tizimdir. Mazkur tizimosti unsurlari о‘zaro bir-biriga ta’sir kо‘rsatadi, shuningdek tizimning samarali faoliyat yuritishiga ham ta’sir etadi. Demak, tashkilot tizimlarning tizimi hisoblanadi.
Boshqaruv ishi murakkab, kо‘p qirrali, kо‘p mehnat talab qiladigan ish. Jahon hamjamiyatidagi rivojlangan mamlakatlar mehnatga layoqatli aholisining о‘ndan bir qismiga yaqinigina mazkur sohada band. Boshqaruvni malakali va samarali tarzda amalga oshirish uchun uni obyektiv qonunlarga tayangan holda, tashkil etish zarur. Mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish zarurligi inson faoliyati samaradorligining asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Aynan mazkur qoida boshqaruv nazariyasi va amaliyotida «funksiya» tushunchasi paydo bо‘lishining sababini aniqlaydi. Shunday qilib, boshqaruv funksiyalari – bu boshqaruv faoliyatining ixtisoslashtirilgan turlaridir. Boshqaruv ishlarini bajarishning vaqtga kо‘ra izchilligi umumiy, universal yoki asosiy deb nomlanuvchi funksiyalarda mustahkamlangan. Umumiy funksiyalar asosiy faoliyatining xususiyati, qaysi 40 tarmoqqa tegishliligi, kattaligi va hokazolardan qat’iy nazar boshqaruvning har qanday obyektiga xosdir. Boshqaruv asosiy funksiyalarinshg tavsifi. “Maqsadni qо‘yish” umumiy funksiyasi faoliyatning strategik, joriy va tezkor maqsadlarini ishlab chiqishni о‘z ichiga oladi. Boshqaruv personalining mazkur ishi о‘ta muhim ahamiyatga ega bо‘lib, bu hol maqsadlarning boshqaruv tizimini shakllantirishdagi roli bilan belgilanadi. Bunda, ishlab chiqiladigan maqsadlarning realligi va amalga oshirish mumkinligiga, tashkilot faoliyat kо‘rsatishining jadal о‘zgarib turuvchi ichki va tashqi sharoitlarini, maqsadlarning kelgusida mehnat, moliya, xomashyo, butlovchi mahsulotlar, ishlar, xizmatlar bozorining holatini hisobga olgan holda о‘zgarishi istiqbollarini belgilashga alohida e’tibor qaratilishi kerak. Boshqaruvning beshta umumiy funksiyalarini ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: - rejalashtirish (maqsadlar va ularga erishish bо‘yicha harakatlar rejasini tanlash); - tashkil qilish (vazifalarni bо‘linmalar yoki xodimlar о‘rtasida taqsimlash va ular о‘rtasida о‘zaro hamkorlikni о‘rnatish); - motivatsiya (ijrochilarni rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish va qо‘yilgan maqsadlarga erishishga rag‘batlantirish); - muvofiqlashtirish (ratsional aloqalarni о‘rnatish yо‘li bilan boshqarilayotgan tizimning har xil qismlari о‘rtasida moslik va muvofiqlikni ta’minlaydi); - nazorat (haqiqiy erishish mumkin bо‘lgan yoki erishilgan natijalarni rejalashtirilganlar bilan taqqoslash). Boshqaruvning bu umumiy funksiyalari kommunikatsiyalar va qarorlar qabul qilishning bog‘lovchi jarayonlari bilan birlashtirilganlar. Bu vazifalar о‘rtasidagi о‘zaro aloqa boshqaruvning har qanday jarayoni mazmunini kо‘rsatib beruvchi doiraviy diagramma orqali tasvirlash mumkin. Diagrammadagi о‘qlarning kо‘rsatishicha, rejalashtirishdan nazoratga faqat jarayonni tashkil qilish va ishlovchilarni undash bilan bog‘liq ishlarni bajarish yо‘li bilan harakatlanish mumkin. Diagrammaning markazida barcha qolganlarning 41 muvofiqligi va о‘zaro hamkorligini ta’minlovchi muvofiqlashtirish funksiyasi turadi.
Download 31,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish